1-Mavzu: Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot usullari
Download 0.93 Mb.
|
1-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot usullari
3. Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot usullari.
“Mintaqaviy iqtisodiyot” fani olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarning maqsadi hududiy tuzilmani takomillashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish masalalariga qaratilgan. Mintaqaviy iqtisodiyot texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimiga tayanadi, ishlab chiqarish kuchlarini hududiy rivojlantirishda iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullarini keng qo’llaydi, ishlab chiqarishni joylashtirishning iqtisodiy boshqarish mexanizmini o’rganadi. Shuning uchun mintaqaviy iqtisodiyotda ko’pgina iqtisodiy omillarni chuqur tahlil etiladi va shular asosida ushbu fan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. Mintaqaviy iqtisodiyot faninihg o’rganish usullari quyida keltirilgan (1rasm). Dialektik usul tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganishga asoslangan. Dialektik usulda rivojlanish quyidan yuqoriga, bilish esa oddiydan murakkabga tomon rivojlanadi. Dialektika induktsiya va deduktsiya usullaridan tarkib topgan. 1-rasm. Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot usullari Induktsiyada yakka fakt olinib, umumiy xulosa chiqariladi. Deduktsiyada esa aksincha. Ilmiy abstraktsiya usulida mavhum ob’ekt ilmga tayangan holda o’rganiladi va uning faqat asosiga e’tibor qaratiladi. Makro darajada o’rganishda nazariy masalalarni keng ko’lamda, mikro darajada esa kichik bir ko’lamda o’rganish tushuniladi. Taqqoslash usulida o’rganilayotgan ob’ekt davrlar bo’yicha yoki boshqa bir ob’ekt bilan taqqoslanadi. Statistik usulda tadqiqot sonli ko’rsatkichlarga, jadval ma’lumotlariga asoslanadi. Jadval ma’lumotlarini chizmalarda aks ettirish grafik usul mohiyatini ochib beradi. Tizimli tahlil usuli bosqichlilik tamoyiliga asoslanadi (maqsad qo’yish, vazifani aniqlash, ilmiy taxminni bayon etish, tarmoqlarni joylashtirish xususiyatlarini har tomonlama o’rganish); u tarmoqlar tuzilmasi, ularning o’zaro aloqadorligini o’rganish imkonini beradigan ilmiy bilish uslubidir. Tadqiqot jarayonida tizimlash o’rganilayotgan hodisalarni alohida belgilariga ko’ra guruhlarga ajratish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda tasniflash, turlash, umumlashtirish va boshqa usullar qo’llaniladi. Balans uslubida iqtisodiy tahlillar tarmoq va hududiy balanslar yordamida Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling