1-Mavzu: Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Reja


Download 0.93 Mb.
bet1/4
Sana08.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1463323
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu (1)


1-Mavzu: Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:

  1. Mintaqa tushunchasi, mintaqalarning milliy iqtisodiyotni rivojlanishdagi roli

  2. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining fanlar tizimida tutgan o’rni.

  3. Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot usullari.

Tayanch so’z va iboralar: Mintaqa, hudud, iqtisodiy hudud, iqtisodiy rayon, dialektik usul, taqqoslash, tahlil qilish, sintez qilish, ilmiy abstraktsiya, statistik usul.
1.Mintaqa tushunchasi, mintaqalarning milliy iqtisodiyotni rivojlanishdagi roli
Mintaqa - mamlakat yagona xalq xo’jaligi majmuasining hududiy kichik tizimi hisoblanadi. U demografik, tabiiy-ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-iqtisodiy jarayonlarning ichki aloqasi va o’zaro munosabati tufayli hosil bo’lgan yaxlit birlikdir. Binobarin, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi hamda unda erkin bozor munosabatlarining joriy etilishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning rivojlanishiga imkon beradi. Mamlakatdagi har bir hudud o’zining iqtisodiy salohiyatiga asoslanib ish yuritishi, mavjud ichki resurslardan oqilona foydalanishi va dunyo miqyosida respublika nufuzining ortishiga o’z hissasini qo’shishi orqali mintaqa iqtisodiyoti taraqqiy etib boradi.
Mamlakat muayyan hududlar yig’indisi, shuning uchun, mamlakatdagi har bir hududning iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini tadqiq etish va uzluksiz taraqqiyotni ta’minlab beruvchi ichki va tashqi omillarni aniqlash hamda uning ta’sir yo’nalishlarining tahlili asosida tavsiya, taklif va amaliy ko’rsatmalar ishlab chiqish bugungi kunning ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Qolaversa, butun jahonda kechayotgan moliyaviy iqtisodiy inqirozi ham alohida mintaqalar iqtisodiy taraqqiyotini muntazam kuzatib borish va uni xalqaro iqtisodiyotdagi o’zgarishlarga tayyor turishini ta’minlash mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirishning muhum shartidir.
Mintaqa yohud alohida hududlar taraqqiyotini o’rganish avvalo “hudud”, “iqtisodiy hudud”, “iqtisodiy hudud rivojlanishi”, “mintaqa”, “iqtisodiy rayon”, “iqtisodiy rayonning barqaror rivojlanishi” atamalarining mohiyatini ochib berishni taqozo etadi.
Hudud (region) tushunchasining mohiyati – iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etiladi. Masalan, hududiy rivojlanish – bu territorial tizimning aholi turmush darajasi va sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga yo’naltirilgan holati bo’lib, unda hududning o’zaro bir – biriga salbiy ta’sir etmaydigan, barqarorlik bilan ta’minlangan va muvozanatlashgan ijtimoiy, xo’jalik, resurs va ekologik salohiyati doimiy takror ishlab chiqariladi.
Hozirgi paytda tubdan o’zgarib borayotgan O’zbekistonning zamonaviy xo’jalik majmuasi murakkab tarmoqlar tizimini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida elektrotexnika va elektronika, metallurgiya, mikrobiologiya va kimyo sanoati tarmoqlarida ko’plab yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Ayni paytda qishloq xo’jaligi, hamda bu soha mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari bo’lib qolmoqda.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling