Reja: Mintaqa tushunchasi, mintaqalarning milliy iqtisodiyotni rivojlanishdagi roli


Download 342.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana16.02.2023
Hajmi342.02 Kb.
#1203612
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - mavzu. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



1 - mavzu. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 
Reja:  
1. Mintaqa tushunchasi, mintaqalarning milliy iqtisodiyotni 
rivojlanishdagi roli
2. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining fanlar tizimida tutgan 
o’rni.  
3. Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot usullari.
Tayanch so’z va iboralar: Mintaqa, hudud, iqtisodiy hudud, iqtisodiy rayon, 
dialektik usul, taqqoslash, tahlil qilish, sintez qilish, ilmiy abstraktsiya, statistik 
usul. 
1.Mintaqa tushunchasi, mintaqalarning milliy iqtisodiyotni 
rivojlanishdagi roli 
Mintaqa - mamlakat yagona xalq xo’jaligi majmuasining hududiy kichik tizimi 
hisoblanadi. U demografik, tabiiy-ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-iqtisodiy 
jarayonlarning ichki aloqasi va o’zaro munosabati tufayli hosil bo’lgan yaxlit 
birlikdir. Binobarin, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi hamda unda 
erkin bozor munosabatlarining joriy etilishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning 
rivojlanishiga imkon beradi. Mamlakatdagi har bir hudud o’zining iqtisodiy 
salohiyatiga asoslanib ish yuritishi, mavjud ichki resurslardan oqilona foydalanishi 
va dunyo miqyosida respublika nufuzining ortishiga o’z hissasini qo’shishi orqali 
mintaqa iqtisodiyoti taraqqiy etib boradi.
Mamlakat muayyan hududlar yig’indisi, shuning uchun, mamlakatdagi har bir 
hududning iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini tadqiq etish va uzluksiz 
taraqqiyotni ta’minlab beruvchi ichki va tashqi omillarni aniqlash hamda uning 
ta’sir yo’nalishlarining tahlili asosida tavsiya, taklif va amaliy ko’rsatmalar ishlab 
chiqish bugungi kunning ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Qolaversa, butun 
jahonda kechayotgan moliyaviy iqtisodiy inqirozi ham alohida mintaqalar iqtisodiy 
taraqqiyotini muntazam kuzatib borish va uni xalqaro iqtisodiyotdagi 
o’zgarishlarga tayyor turishini ta’minlash mamlakat iqtisodiyotini 
barqarorlashtirishning muhum shartidir.
Mintaqa yohud alohida hududlar taraqqiyotini o’rganish avvalo “hudud”, 
“iqtisodiy hudud”, “iqtisodiy hudud rivojlanishi”, “mintaqa”, “iqtisodiy rayon”, 
“iqtisodiy rayonning barqaror rivojlanishi” atamalarining mohiyatini ochib berishni 
taqozo etadi.
Hudud (region) tushunchasining mohiyati – iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin 
etiladi. Masalan, hududiy rivojlanish – bu territorial tizimning aholi turmush 
darajasi va sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga yo’naltirilgan holati bo’lib, unda 
hududning o’zaro bir – biriga salbiy ta’sir etmaydigan, barqarorlik bilan 
ta’minlangan va muvozanatlashgan ijtimoiy, xo’jalik, resurs va ekologik salohiyati 
doimiy takror ishlab chiqariladi.
Hozirgi paytda tubdan o’zgarib borayotgan O’zbekistonning zamonaviy xo’jalik 
majmuasi murakkab tarmoqlar tizimini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida 
elektrotexnika va elektronika, metallurgiya, mikrobiologiya va kimyo sanoati 
tarmoqlarida ko’plab yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 
Ayni paytda qishloq xo’jaligi, hamda bu soha mahsulotlarini qayta ishlash va xalq 


iste’moli mollari ishlab chiqarish iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari bo’lib 
qolmoqda 

Download 342.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling