Reja: Mintaqa tushunchasi, mintaqalarning milliy iqtisodiyotni rivojlanishdagi roli


 Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot usullari


Download 342.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana16.02.2023
Hajmi342.02 Kb.
#1203612
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - mavzu. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

3. Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot usullari.  
“Mintaqaviy iqtisodiyot” fani olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarning maqsadi 
hududiy tuzilmani takomillashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish 
masalalariga qaratilgan. Mintaqaviy iqtisodiyot texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar 
tizimiga tayanadi, ishlab chiqarish kuchlarini hududiy rivojlantirishda iqtisodiy 
samaradorlikni hisoblash usullarini keng qo’llaydi, ishlab chiqarishni 
joylashtirishning iqtisodiy boshqarish mexanizmini o’rganadi. Shuning uchun 
mintaqaviy iqtisodiyotda ko’pgina iqtisodiy omillarni chuqur tahlil etiladi va shular 
asosida ushbu fan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy 
yo’nalishlarini belgilaydi.
Mintaqaviy iqtisodiyot faninihg o’rganish usullari quyida keltirilgan (1rasm).
Dialektik usul tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishi qonuniyatlarini o’rganishga 
asoslangan.


Dialektik usulda rivojlanish quyidan yuqoriga, bilish esa oddiydan 
murakkabga tomon rivojlanadi. Dialektika induktsiya va deduktsiya 
usullaridan tarkib topgan.
1-rasm. Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot usullari  
  
Induktsiyada yakka fakt olinib, umumiy xulosa chiqariladi. Deduktsiyada esa 
aksincha.
Ilmiy abstraktsiya usulida mavhum ob’ekt ilmga tayangan holda o’rganiladi va 
uning faqat asosiga e’tibor qaratiladi.
Makro darajada o’rganishda nazariy masalalarni keng ko’lamda, mikro darajada 
esa kichik bir ko’lamda o’rganish tushuniladi. Taqqoslash usulida o’rganilayotgan 
ob’ekt davrlar bo’yicha yoki boshqa bir ob’ekt bilan taqqoslanadi.
Statistik usulda tadqiqot sonli ko’rsatkichlarga, jadval ma’lumotlariga asoslanadi. 
Jadval ma’lumotlarini chizmalarda aks ettirish grafik usul mohiyatini ochib beradi.
Tizimli tahlil usuli bosqichlilik tamoyiliga asoslanadi (maqsad qo’yish, vazifani 
aniqlash, ilmiy taxminni bayon etish, tarmoqlarni joylashtirish xususiyatlarini har 
tomonlama o’rganish); u tarmoqlar tuzilmasi, ularning o’zaro aloqadorligini 
o’rganish imkonini beradigan ilmiy bilish uslubidir.
Tadqiqot jarayonida tizimlash o’rganilayotgan hodisalarni alohida belgilariga ko’ra 
guruhlarga ajratish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda tasniflash, turlash, 
umumlashtirish va boshqa usullar qo’llaniladi.
Balans uslubida iqtisodiy tahlillar tarmoq va hududiy balanslar yordamida

Download 342.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling