Ekologik – huquqiy mexanizm
Download 0.72 Mb.
|
EKOLOGIK – HUQUQIY MEXANIZM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ozbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi;
- Qonun osti meyoriy hujjatlarning ekologiya huquqidagi tutgan orni va ahamiyati
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
EKOLOGIK – HUQUQIY MEXANIZMREJA:Ekologik ekspertizasining tushunchasi, maqsadi, tamoyillari va usullariEkologik ekspertiza - ekologik huquqiy mexanizmning tarkibiy qismi sifatida atrof tabiiy inuhitning barqarorligini saqlash, tabiiy boyliklardan unumli va samarali foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir.Demak, ekologik huquqiy mexanizmni ta’minlashda turli huquq sohalarining quyidagi me'yoriy hujjatlari ham ekologiya huquqining manbasi sifatida ham qaraladi:1. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi;2. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi;3. O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;4. O'zbekiston Respublikasining M ehnat kodeksi va boshqalar.Ushbu qonun hujjatlari ham ekologik qoida talablarni belgilagan holda ekologiya huquqidagi maxsus qoida-talablar bilan bog'liq ravishda ekologik qonunchilikni buzganlik uchun intizomiy, ma'muriy, jinoiy, fuqarolik javobgarlikni qo'llash, tabiatdan foydalanganlik uchun soliq va turli to'lovlarni to'lash bilan bog'liq jarayonlam i tartibga soladi. Ekologiya sohasidagi O'zbekiston Respublikasining Qonunlari davlat ekologik-huquqiy mexanizmini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo'lib, qonun osti me'yoriy hujjatlar bilan о zaro bog'liq ravishda ekologik munosabatlarni tartibga soladi.Qonun osti me'yoriy hujjatlarning ekologiya huquqidagi tutgan o'rni va ahamiyatiEkologiya huquqining manbalari tizimida qonunosti me'yoriy hujjatlaming tutgan o'rni beqiyosdir. Hammamizga ma'lumki, konstitutsiyaviy tamoyillar va O'zbekiston Respublikasining qonunlarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta'minlashning umumiy va maxsus qoida-talablari belgilanadi, mavjud ekologik munosabatlar tartibga solinadi. Lekin, ekologik huquqiy munosabatlar doimo o'zgaruvchan, rivojlanib turadigan tabiat-jamiyat o'rtasida paydo bo'ladi.Amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo'jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro'yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi. Ekologik ekspertizaning huquqiy holati konstitutsiyaviy qoidalarda, O'zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida”, “Ekologik ekspertiza to'g'risida” gi qonunlarda, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'm itasi, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining ekologik ekspertizani o'tkazish tartibi to'g'risidagi me'yoriy hujjatlarida belgilangan.O'zbekiston Respublikasi “Ekologik ekspertiza to'g'risida” gi qonunning 3-moddasiga asosan ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o'tkaziladi: - mo'ljallanayotgan xo'jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to 'g risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarda bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; - rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo'jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash; - atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosligini aniqlash.Ekologik ekspertizaning eng asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va aholining hayoti va sog'lig'iga xavfli va zararli ishlab chiqarish va xo'jalik obyektlarining ta'sirlarini oldini olish, bartaral etish bilan bog'liq preventiv chora-tadbirlami amalga oshirishdan iboratdir. Ekologik ekspertizasi muhim va murakkab faoliyat turi sifatida quyidagi umumiy va o'ziga xos tamoyillar asosida amalga oshiriladi: - qonuniylik; - ekologik ekspertizaning mustaqilligi; - oshkoraligi; llmiy-texnikaviy asosliligi; ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi; hid qanday rejalashtirilayotgan xo'jalik va boshqa xil faoliyatning i-hiimol mill)’,m ekologik xavflilik prezumpsiyasiUshbu tamoyillar muhim ahamiyatga ega bo'lib, ekologik ekspertizasini o'tkazishning samaradorligini ta'minlashga xizmat qilac., Xususan, qonuniylik tamoyili - ekspertizani tayinlash, o'tkazish, xulosa berish bilan bog'liq barcha jarayon belgilangan qonunchilik hujjatlari qoidalariga mos ravishda o'tkazishni talab etadi. Mustaqillik tamoyili - birinchidan, ekspertizani idoralardan ustun turuvchi davlat organi tomonidan o'tkazishni, ikkinchidan, ekologiya ekspertizani o'tkazish jarayonida boshqa davlat organi, m ansabdor shaxs va fuqarolarning aralashuviga, tazyiq o'tkazishiga yo'l qo'ymasligini ta'minlaydi.Demokratik tamoyillardan biri hisoblangan oshkoralik ekspertiza xulosalarining aholining keng qatlamlariga yetkazishni taqozo etadi. Loyihalashtirilayotgan, ishga tushirilayotgan, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirayotgan zavod, fabrika va boshqa texnologiya uskunalarining ekologik talablarga mosligini faqatgina ilmiy-texnikaviy jihatdan asoslangan malakaviy xulosa bilan ta'minlash mumkin. Ekspertiza obyekti sifatida qoralayotgan loyihalarga baho berishda atrof tabiiy muhit baroqarorligi, aholining sog'lig'i va hayotiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarga e'tibor berish ustunligini ko'zda tutadi.E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling