Mundarija Reja I – bob. O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaning tashkil topishi


Download 57.03 Kb.
bet1/6
Sana05.05.2023
Hajmi57.03 Kb.
#1428794
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Konstitutsiya


Mundarija
Reja……………………………………………………………………………..2-3
I – BOB. O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaning tashkil topishi
1.1 O’zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning ahamiyati………4-14
1.2 O‘zbekistonda shaxs va davlat munosabati………………………………..15-21
II – BOB. O’zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyadagi boblarni o’rganish
2.1 Fuqarolar huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari………………………..22-26
2.2 Konstitutsiyada keltirilgan qonunlarda mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari……………………………….27-31
III. Xulosa…………………………………………………………………….32-33
IV. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..34

Kirish
Mavzuning dolzarbligi O‘zbek xalqi xotirasida XX asrning so‘nggi o‘n yilligidagi shonli tarixiy voqealar abadiy muhrlanib qoladi. Aynan shu o‘n yillikning boshlarida istiqlol sari qadam qo‘yildi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi-mustaqillik - o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi qo‘lga kiritildi. Bu yillarda insonparvar, demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini bunyod etish uchun zarur zamin yaratildi. Yangi ming yillik boshi XXI asr — o‘zbek xalqi uchun O‘zbekistonni buyuk davlatga aylantirish va inson huquqlari ustuvor bo‘lgan farovon hayot qurish asri bo‘ladi. Bu borada jamiyat hayotining barcha sohalarida tub yangilanish va bunyodkorlik ishlari keng ko‘lamda izchil amalga oshirilmoqda. Kelajagi buyuk O‘zbekistonni yaratishga hissa qo‘shish shu Vatan farzandlarining zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Yuksak mas’uliyatni anglab, jami yat da o‘rnatilgan tartib va intizomga amal qilib yashash huquqiy davlatga xos xususiyat hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, huquqiy davlat o‘z-o‘zidan bunyod bo‘lmaydi. Buning uchun hayotda Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi ta’minlanishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat bo‘lishi, mas’uliyat va majburiyatni his qilib yashash tarzi qaror to pishi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir. Uning qabul qilinishi huquqiy tiklanish va taraqqiyot sari qadam bo‘ldi. Mustaqillik Konstitutsiyasi davlatimiz mustaqilligining ulkan ramzi bo‘lib, unda o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz aks etadi. Uni kelgusi avlod erkinlik, mustaqillik, ozodlik va hurlik tantanasi sifatida tarixda e’zoz-hurmat bilan tilga oladi. O‘zbek xalqi ana shunday ulug‘vor Konstitutsiyaga munosib buyuk xalqdir. O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘rganish zarurligini inobatga olib, 2001-yil 4 -yanvarda Respublika Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”1gi Farmoyishi qabul qilindi. Mazkur Farmoyishning maqsadi: O‘zbekiston Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, ma’no-mazmuni va mohiyatini o‘rgatish, yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini tarbiyalash hamda yuksaltirishga qaratilgandir. Ushbu Farmoyish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni fanlar tarkibida emas, balki alohida o‘quv fani sifatida birinchi marta ta’lim muassasalari o‘quv rejasiga kiritishga asos bo‘ldi. Mavzuning maqsad va vazifasi O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng yurtimizda qabul qilingan yangi Konstitutsiya qonun – qoidalarni yaratilishini o’rganishdir. Vazifasi etib esa - O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgan yilllarda jamiyatda bo’layotgan siyosiy o’zgarishlarni o’rganish. - O’zbekiston Respublikasida yangi Konstitutsiyaning tashkil topishi. - Konstitutsiyaning jamiyat hayotida tutgan o’rni. - Konstitutsiyada yozilgan qonunlarni boblarga bo’lib o’rganish asosiy vazifalaridan biridir. Mavzuning ob’ekti va predmeti O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tashkil topishi. Konstitutsiyaning jamiyat hayotida qo’llanishi. Kurs ishining tuzilishi Kirish, ikkita bob, to’rta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.


Download 57.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling