7-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Yo‘l – transport hodisalarining hisobga olishning birlamchi hujjatlarini tuzish va tahlil qilish.
Ishning maqsadi. YTHni hisobga olishning hujjatlari bilan tanishuv. YTH kartochkasini to‘ldirish.
Nazariy qism
Bu amaliy ishida o‘qituvchining topshirig‘iga asosan YTH kartochkasiga hodisaning yozma ravishdagi bayonini yozish va millimetrovka qog‘ozida M: 1:200 masshtabda YTH chizmasini chizish kerak.
Misol: YTH bayoni.
12 fevral 2009 yil soat 1950. Ahmad Donish ko‘chasida «TIKO» yengil avtomobili haydovchisi tomonidan piyodani bosib ketish hodisasi sodir qilingan. Piyodaning yoshi 22 da.
Avtomobil to‘g‘ri yo‘nalishda, asfalqtobeton qoplamali gorizontal tekis yo‘lda harakatlangan. Yo‘lning qatnov qismini kengligi 10,5-11 metr. Piyodani bosib ketish sutkaning qorong‘i vaqtida sodir bo‘lgan.
Bulutli, yog‘ingarchilik ob-havo, toyg‘onchoq, yo‘l yoritilmagan. Toliqqan holda haydovchi xavfli sharoitda harakat tezligini oshirgan.
Belgilangan joyda yaqin harakatlanayotgan transportning oldidan piyoda yo‘lni kesib o‘tgan. II-toifa haydovchisi, mehnat faoliyati 10 yildan oshiq, yoshi 40 da, hodisa 12 ish soatida sodir bo‘lgan.
YTHni hisobga olish varaqasini to‘ldirish. YTHning sxemasini tuzish.
YTHini hisobga olish kartochkasini to‘ldirish uchun jadval.
1. Umumiy ma’lumotlar
a. Kartochka turi
1-birinchibor aniqlangan
2-so‘roqqa javob
3-o‘zgartirilgan kartochka
4-bekor qilingan kartochka
b. Hodisa turi
1-to‘qnashuv;
2-ag‘darilish;
bosib ketish:
3. Turgan TV
4. To‘siq
5. Piyoda
6. Velosipedchi
7. Kajavali transport
8. Hayvonlar
9. Boshqa hodisalar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |