1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar:
“Moliya” iborasi qanday ma’nolarni anglatadi?
“Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag’lari” ma’nosini anglatadi. Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg’armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag’lari; soliq” so’zlari ham moliyaga daxldordir. Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida lug’aviy ma’nosi jihatidan o’zbekcha “moliya” iborasining frantsuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” kabi ekvi-valentlari yoki ma’lum ma’noda, sinonimlari qachon va qayerda paydo bo’lganligi haqida aniq ma’lumot yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |