10. O‘zining moddiy mazmuniga ko’ra moliya nimalarni ifoda etadi?
O‘zining moddiy mazmuniga ko’ra moliya pul mablag’-larining maqsadli fondlarini ifoda etib, ularning yig’indisi, oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy resurs-larini tashkil etadi. Mamlakat moliyaviy resurslari o’sishining asosiy sharti MD hajmining ko’payishidir.
11. Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati qanday savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo’ladi?
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohi-yati “Davlat kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag’lardan foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo’ladi.
12. Taqsimlash jarayonlarida moliyadan tashqari yana qanday iqtisodiy kategoriyalar ishtirok etadi?
Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi.
13. Moliyaning baho, ish haqi, kredit va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o’zaro bog’liqligi va farqli jihatlari aytib bering.
Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o’zining qaytari-luvchanligi va muayyan foiz hisobiga berilishi bilan bilan farq qiladi. Bir vaqtning o’zida, har ikki holatda ham ular pul mablag’larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul munosabatlarining chegarasidan (doirasidan) chetga chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |