25. Moliyaning funksiyalari nima orqali amalga oshiriladi?
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xo’jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markaz-lashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliyaviy tizimni boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni o’z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bo’lgan moliya mexanizmi qo’llaniladi. Bu, eng avvalo, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholining byudjet tizimi, nobyudjet fondlari, mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari va boshqalar bilan bo’lgan o’zaro munosabatlariga tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |