1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar


Buyuk Bobur va boburiy Akbar moliya va soliq fani va amaliyotini qanday rivojlantirishgan?


Download 38.63 Kb.
bet29/32
Sana08.01.2022
Hajmi38.63 Kb.
#254866
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Moliya fanidan 1-mavzu savollarga javob

59. Buyuk Bobur va boburiy Akbar moliya va soliq fani va amaliyotini qanday rivojlantirishgan?

Bobur va boburiylar saltanatining Hindiston zaminida o’ta uzoq muddat (1526-1858 yillar), ya’ni 332 yil hukm surishida ham xalqparvarlik, jumladan, ortiqcha soliqlar bilan xalqni qiynamaslik kabi omillar-ning xizmati beqiyos bo’lgan.

Boburning moliya va soliq sohasidagi xizmatlari bu boradagi nazariy masalalarni tadqiq etish bilan cheklanib qolmagan. U moliya va soliq bo’yicha o’zi ishlab chiqqan tavsiyalarni saltanatida o’zi amaliyotga joriy ham etgan.

Bobur kambag’al aholiga soliqlar bo’yicha katta imtiyoz-lar bergan. Buning uchun soliqlar miqdori engillashtirilgan hamda soliqlarning ma’lum qismini boy-badavlatlar davlatga emas, bevabechoralarga berishgan. Masalan, islo-miy qoidaga ko’ra, “zakot” solig’i muhtoj oilalarga tarqa-tilgan. Bobur musulmonlardan olinadigan “tamg’a” solig’ini bekor qilgan.

Boburning soliq sohasida boshlagan islohotlarini uning nevarasi Buyuk Akbar oxiriga etkazgan. U saltanatning barcha xalqlariga nisbatan bir xil va adolatli soliq siyosatini yaratgan. Akbar amalga oshirgan soliq islohoti natijasida yagona soliq idoralari tizimi hamda soliq-larni to’g’ri hisoblash maqsadida bir xil og’irlik va miqdor o’lchov tartibi joriy etilgan. U musulmon bo’lmagan aholi to’laydigan “jizya” solig’i va jon solig’ini bekor qilgan. Avval natura shaklida olingan va miqdori hosilning uchdan bir qismiga teng bo’lgan yyer solig’ini pul shaklida yig’ish tizimiga o’tkazgan. Buning natijasida soliq to’lash uchun dehqon mahsulotini bozorda sotishi shart bo’lganligi Hindistonda tovar-pul munosabatlari keskin rivojlanishiga va iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishiga iqtiso-diy zamin yaratgan.


Download 38.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling