1-mavzu. Moliyaviy hisob fanining predmeti


Download 23.14 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi23.14 Kb.
#1806472
1   2   3
Bog'liq
MH-1-ma\'ruza

Statistika hisobi - muayyan sharoitda xalq xo ‘jaligi miqyosida va uning ayrim sohalarida ijtimoiy rivojlanish qonu- niyatlarini miqdoriy ifodada o‘rganadi. Demak, statistik hisob ommaviy ijtimoiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish tizimidan iborat.
Bunday ma’lumotlar jumlasiga yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, sof milliy mahsulot, inflyatsiya va ishsizlik darajalari, aholi soni hamda tarkibi va boshqalar kiradi.
Buxgalteriya hisobi —bu barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz hujjatlar asosida hisobga olish yoii bilan buxgalteriya axborotlarini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimdan, shuningdek, uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir («Buxgalteriya hisobi to ‘g‘rida»gi qonun, 4-modda).
Buxgalteriya hisobi xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Boshqaruv hisobi.

  2. Moliyaviy hisob.

  3. Soliq hisobi.

Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tan- narxini kalkulyatsiya qilish bilan birga mavjud holatni tahlil etish, qaror qabul qilish, texnologik dasturlardan, resurslardan foydalanish va tannarxning shakllanishini boshqarish, xarajatlar sarfini nazorat qilish va boshqalami o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy hisob shunday ma’lumotlarni o‘zida mujassam ctadiki, ushbu ma’lumotlar nafaqat korxona faoliyatiga rahbarlik qilish, balki tashqi foydalanuvchilarga ham tegishli ma’lumotlardan foydalanishga imkon beradi.
Uning ma’lumotlari korxonaning aktivlari va passivlarini hisobotlar shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi.
Soliq hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar hamda yig‘imlarni o‘z vaqtida va to ‘g‘ri hisobga olish, soliq imtiyozlarini qo‘llash hamda ularning o‘z vaqtida byudjetga o"tkazilib borilishini ta’minlab beruvchi hisobdir.
Hozirgi vaqtda soliq hisobi moliyaviy hisobning tarkibiy qismi sifatida o‘rganilmoqda.
Bunda, eng avvalo, soliq hisobining ma’lumotlari moliyaviy
hisob va hisobotlarda aks ettirilayotganligi hisoblanadi. Kelajakda soliq hisobi moliyaviy hisobdan ajralgan holda olib borilishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining taraq-
qiyoti, undan foydalanish darajasining kengayishi buxgalteriya hisobiga oid asoslaming (konsepsiya) saqlanib qolinishini taqozo etadi.
Konsepsiya turli xil tarmoqqa tegishli xo‘jaliklar, turli faoliyat
ko‘rinishlari, tashkiliy-huquqiy shaklda buxgalteriya hisobini olib boruvchi va tashkil etuvchi asoslami xarakterlaydi.
Konsepsiyalar birgalikda olingan holatda ham buxgalteriya hisobining maqsadlariga qarshi boMmasligi kerak.
Moliyaviy hisob va hisobot konsepsiyasi xalqaro hamda milliy standartlarga, muayyan qoidalarga asoslanadi.
Ma’lumki, buxgalteriya hisobi xo‘jaliklarda sodir bo‘ladigan xo‘jalik jarayoni va muomalalarini pul ifodasida, yoppasiga, uzluk- siz, o'zaro bog‘langan holda, dastlabki hujjatlarda aks ettirishni ta’minlaydigan hisob deb hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining yuqoridagi xususiyatlaridan kelib chiqib uning tashkil etilishiga bo‘lgan zaruriyat yanada ortadi.
Respublikamizda «Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risida»gi Qonun- ning 11-moddasiga binoan buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda unga tegishli mavjud m e ’y o r iy hujjatlar, xalqaro standartlar, xo‘jaliklaming hajmi va ixtisoslashuvi kabi holatlar hisobga olinadi.



    1. Download 23.14 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling