1-mavzu. Ms word dasturi imkoniyatlari
- Mavzu: Forma hosil qilish. “Qisqa xabar” oynasini hosil qilish
Download 2.03 Mb.
|
WORD protsessori imkoniyati
19- Mavzu: Forma hosil qilish. “Qisqa xabar” oynasini hosil qilish.
Delphi ni ishga tushirish uchun Windows ish stolida Пуск (Boshlash) tugmasini sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib bosamiz. Hosil bo‘lgan menyudan Все программы (Barcha dasturlar) bandini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan menyudan Borland Delphi 7 bandini faollashtiriladi. Natijada Delphiga oid yangi bandlar hosil bo‘ladi. Ulardan Delphi 7 ni tanlaymiz. Ekranda oldingi darsda tasvirlangan Delphi dasturlash muhitining oynalari paydo bo‘ladi va yangi ilova yaratiladi. Agar menyuning Delphi 7 bandida sichqonchaning chap tugmasining o‘rniga o‘ng tugmasini bosib, mavzubop menyuni chaqirib, undan Закрепить в меню Пуск (Boshla menyusiga joylash) yoki Закрепить на панели задач (Masalalar paneliga joylash) bandlarini tanlasak, Delphi 7 ning yorlig‘i paydo bo‘ladi va uni ishga tushirish osonlashadi. Agar menyuning Delphi 7 bandini sichqoncha bilan surib, ish stolining bo‘sh joyiga olib borib, sichqoncha tugmasini qo‘yib yuborsak, yorliq ish stolida paydo bo‘ladi.Delphi da yangi ilova yaratish uchun uning asosiy menyusining File(Fayl) bo‘limining New (Yangi) bandini va hosil bo‘lgan yangi menyuning Application (Ilova) bandini tanlaymiz. Agar oldingi ilova saqlanmagan bo‘lsa, Delphi bu haqida ogohlantiradi va uni saqlab qo‘yishni taklif qiladi. Bunda eski ilovani saqlab qo‘yish yoki uni saqlamasdan yangi ilovaga o‘tish mumkin. Delphida ilovani saqlashning bir necha usuli bor. Bu buyruqlarning barchasi asosiy menyuning File (fayl) bo‘limida joylashgan. Ular 1. Save 2. Save as … 3. Save Project as … 4. Save All lardir.Ulardan birinchisi Save (Saqlash) buyrug‘i ilovani joriy nomi bilan saqlash uchun xizmat qiladi. Ikkinchisi yangi nomga saqlaydi. Uchinchisi 88ilovani yangi joyga, to‘rtinchisi esa loyihaning barcha fayllarini saqlash uchun xizmat qiladi. Ilova oynasining asosiy xossalari bu uning o‘lchamlari va kompyuter ekranidagi o‘rnidir. Xossalarni Delphining ilova oynasi o‘lchamlarini sichqoncha yordamida uning o‘ng quyi burchagini surib o‘zgartirish mumkin. Lekin buning boshqa yo‘li ham bor.Sichqonchani ilova oynasi (Form1) ustiga keltirib uning chap tugmasini bosamiz va Obyekt inspektori (Object Inspector) oynasida kerakli xossalarning qiymatini o‘zgartiramiz. Bu oynada 50 dan ortiq xossalar alifbo tartibida keltirilgan. Kerakli xossa bu oynada ko‘rinmasa, o‘ng tomondagi vertikal surgichni sichqoncha bilan surib, uni ekranga chiqarish mumkin. Ilova oynasining kengligini Width xossasiga 400 ni kiritib o‘zgartiramiz. Buning uchun Width xossasini sichqoncha bilan tanlab, 400 sonini kiritamiz. Shunga o‘xshash, ilova oynasi balandligini Height xossasi yordamida 300 ga teng qilib olamiz. Bu amallarni qisqacha quyidagi ko‘rinishda tasvirlaymiz va undan keyinchalik keng foydalanamiz:Form1.Width:=400;Form1.Height:=300;Ilova oynasining sarlavhasini oldindan berilgan Form1 dan Mening birinchi ilovamga o‘zgartirish uchun Form1.Caption:= ‘Mening birinchi ilovam’;ni bajaramiz. Form1.Color:= ‘ClAqua’ yordamida ilova oynasi fonini havorangga o‘zgartiramiz. Form1.Left:=100 va Form1.Top:=50 xossalari yordamida ilova oynasining chap tomonidan va tepasidan qoladigan joyni 100 va 50 ga teng qilib o‘rnatamiz. 89Bajarilgan o‘zgartirishlarni ko‘rish uchun ilovani ishga tushiramiz. Buning uch xil usuli bor.1. Asosiy menyuning Run (Ishga tushirish) bo‘limining Run bandini tanlash.2. Jihozlar panelidagi tugmasini bosish.3. Klaviaturada F9 tugmasini bosish.Ilova bilan ishlashni tugatish uchun uning o‘ng yuqori burchagidagi tugmani bosamiz. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling