1-mavzu: Muloqot madaniyatining fan sifatida rivojlanishi


Download 444.99 Kb.
bet19/23
Sana17.06.2023
Hajmi444.99 Kb.
#1547779
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
kommunikativ madaniyat uslubiy qo\'llanma

Kasbiy-pedagogik burch – mutaxassis sifatida o‘qituvchi tomonidan kasbiy faoliyatda ado etilishi majburiy bo‘lgan vazifa
Kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish,ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish
Kompetentlik (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish
Mahorat (arab. “mohirlik”, “ustalik”, “epchillik”) – 1) biror ish, kasb uchun zarur yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san’at, mohirlik; 2) bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o‘ta mohirlik bilan bajarish; 3) muayyan ish, xatti-harakat yoki kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san’atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui
Mimika (yunon. “mimikos” – “taqlidiy”) – yuz muskullari harakatlari orqali shaxsning o‘z fikri, his-tuyg‘ulari, kayfiyati hamda mavjud voqelikka munosabatini ifodalashi
Muloqot jarayonida axborot almashish vositalari – shaxslararo muloqot jarayonida axborot almashinuvini ta’minlovchi moddiy va nomoddiy narsa, omillar (og‘zaki va yozma nutq, paralingvistik va ekstralingvistik tizimlar, muloqotning tashkiliy ko‘lami va vaqti, ko‘z qarashlar yordamida tashkil etiladigan aloqa, belgilarning optik- kinetik tizimi (mimika, pantomimika, jestlar – gavda, qo‘l va oyoq harakatlari))
Muloqot – 1) kishilarning o‘zaro aloqasi, bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlari kishilar o‘rtasidagi aloqani tiklash va rivojlantirish jarayoni; 2) kishilarning bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishi asosida ular o‘rtasida ro‘y beradigan axborot almashinuvi
Muloqot madaniyati – 1) muloqot jarayonini axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablarga muvofiq tashkil etish asosida suhbatdoshni tushuna olish ehtiyoji va qobiliyatiga egalik; 2) pedagogik madaniyatning tarkibiy elementlaridan biri

Download 444.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling