1-mavzu: Muloqot madaniyatining fan sifatida rivojlanishi


Bosimni (zo'riqish) ushlab turish va olib tashlash


Download 271 Kb.
bet7/10
Sana26.10.2023
Hajmi271 Kb.
#1725651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu Muloqot madaniyatining fan sifatida rivojlanishi

Bosimni (zo'riqish) ushlab turish va olib tashlash. Bir deb, ushlab turing, ikki deb bo'shating. Barcha a'zolaringizni (qo'l, oyoq, barmoq, bo'yin kabi) navbatma-navbat bo'shating. Bu mashqlarni yurib bajarish mumkin.
Elementar (oddiy) pedagogik harakatlarni bajarish davomida muskullardagi bosimni olib tashlash. Xayolingizda auditoriyaga kiring, stolga yaqinlashing (ortiqcha zo'riqish olib tashlanadi), stolda o'tirib yozing, doskaga yozing, ko'rgazmalarni mustahkamlang (ortiqcha zo'riqishni olib tashlang).
Auditoriyada hissiy qulaylikka erishish. Auditoriyaga kiring, eshik orqasida tanangizning tetikligini his qiling, kiring, qulay joyni tanlang, qulay yurishni toping, yuring, qo'lingizni orqangizga qilib yuring, o'zingizni yaxshi his etishga harakat qiling.
Kuzatuvchanlik, diqqatni to'play olish, ixtiyoriy diqqat ko'nik-malarini rivojlantirish. Hamkasblaringizning biri bilan pedagog rolida turib so'zlashing. Tasavvur qiling, siz tinglovchisiz: buyruqni eshiting, tik holatda turing, alfavit bo'yicha familiyada turing, keyin ismbo'yicha. Endi bir-biringizning sochingizning rangiga qarang. Auditoriyaga kirganda diqqatingizni to'plash uchun avval bir tinglovchiga e'tiboringizni qarating, keyin barchaga diqqatingizni qarating. Bu mashq diqqatning barqaror bo'lishiga yordam beradi.
Muloqotning oddiy ko'nikmasini rivojlantirish. Xayolingizda auditoriyaga kiring, salomlashing, mimika, pantomimika, qarash bilan tinglovchilar diqqatini o'zingizga qarating. Tinglovchiga turli ta'sirlar orqali (iltimos, talab, ogohlantirish, rag'batlantirish, yumor, savol, buyruq kabilar) murojaat qiling.
Tashabbusni boshqarish (A.A. Leontev bo'yicha). Siz bir kishi bilan gaplashyapsiz. Siz tinglayapsiz, u gapiryapti, tashabbusni qo'lingizga olib endi siz gapiring. Darsda oxirgi stolda o'tiradiganlardan ko'zingizni uzmang.
Pedagogik muloqotni boshqarish. Tasavvur qiling, siz guruh rahbarisiz, darsdan so'ng guruhdagilar bilan metall chiqindilari yig'ish haqida gaplashing. Guruhdagilar bir-birini xafa qilib qo'yishdi, siz ular bilan dildan suhbatlashing.

Download 271 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling