1-Mavzu: muloqot psixologiyasining predmeti, maqsad va vazifalari reja: Muloqot haqida umumiy tushuncha


Download 125.53 Kb.
bet6/35
Sana20.06.2023
Hajmi125.53 Kb.
#1633937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
sportda muloqot

ICHKI NUTQ
Ichki nutq nutq faoliyatining alohida xili hisoblanadi. Ko`pincha ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasida vosita sifatida nomoyon bo`ladi. Agar biz biron-bir qiyin masalani echayotgan bo`lsak uni o`z-o`zimiz bilan maslahat (muhokama) qilib olamiz. Tabiyki ichki nutq chala-yarim, uzuq-yuluq - ya`ni fragmentar xarakterga ega bo`ladi. Sababi biz o`z fikrimizni, nima haqida o`ylab nima haqida "gapirayotganimizni" o`zimiz juda yaxshi tushunamiz.
Ikkinchi tomondan, ichki nutqda biron vaziyatni idrok qilish paytida anglashilmovchilik bo`lmaydi. Ichki nutq xaddan tashqari sharoitga bog`liqdir. Ichki nutqni artikulyatsiya a`zolarining harakatlarini (lablar, tilning harakatlari) qayd qilish yo`li bilan tekshirish mumkin. Ammo bu holda ichki nutqning mantikiy jihatdan oxirigacha olib boilmaydigan, real ovoz chiqarishgacha etkazilmaydigan talaffuz qilish harakatlarigina o`rganiladi.

YOZMA NUTQ
YOzma nutq monologik nutqka juda yaqin turadi. Shu sababli ba`zi qo`llanmalarda uni monologik nutqning turi ham deb ko`rsatishadi. Monologik nutqning barcha xususiyatlari yozma nutqqa ham xosdir. YOzma nutq ogzaki monologik nutqka nisbatan birmuncha batafsilrokdir. Chunki yozma nutq jarayonida suhbatdoshdan keluvchi teskari aloqaning bo`lmasligi. Bizdan suhbatdoshimiz biror narsani so`ray olmaydi, tushungan yoki tushunmaganini izhor qila olmaydi. Shu sababli hamma narsani batafsil, oldindan tushuntirishga, izhor qilishga harakat qilamiz. Bu jihatdan yozma nutq og`zaki nutqqa nisbatan nihoyatda murakkab. Yozma nutqni o`zlashtirish va uni tushunish uchun maxsus tartibda ta`lim olmoq zarur.


Yozma nutq, o`z mohiyati jihatdan, nutqning eng ixtiyoriy turidir. Agar biz bayon qilmoqchi bo`lgan fikr o`ylaganimizdek chiqmasa biz uni yana boshdan boshlaymiz. Yozma nutq ham turli darajada va shaklda bo`lishi mumkin. Kimdir yozma nutq davomida og`zaki nutqqa suyanadi o`zicha gapirib turadi), kimdadir yozma nutq to`liq ichki planga to`liq o`tgan. U shunchalik o`rganganki, tashqi nutqqa suyanmaydi, guyoki "o`ylamaydi", gaplar o`z-o`zidan quyilib kelaveradi. Yozma nutqning natijalari ham doimo ko`zga tashlanib turadi. Shu sababli tartibli nutqqa o`rgatishni yozma nutqdan boshlash kerak.

Download 125.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling