1-Mavzu: Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar. Reja


Download 58.37 Kb.
bet3/7
Sana20.09.2023
Hajmi58.37 Kb.
#1682836
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu -Multimediyali-tarmoq-texnologiyalarida-uzatishlar

4.
IP-telefoniya
Mazkur servis tarmoqning ikki abonenti o‘rtasidagi tovush trafigini (nutqni) uzatadi, unda tarmoq trafigi sifatida IP protokol (Internet Protocol) dan foydalaniladi. «IP telefoniya» servisini tashkil etish uchun mahalliy, korporativ, global tarmoqlar, hatto Internet tarmog‘i foydalanilishi mumkin. Umumiy foydalanishda qo‘llaniladigan maxsus shlyuzlar yordamida telefon tarmoqlari abonentlari va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari abonentlari o‘rtasida IP-telefon aloqasi ta’minlanadi.
Yuqori sifatli tovush. Yuqori sifatli tovush deganda shunday servis tushuniladiki, bu servis yuqori sifatli tovushni, masalan, musiqa, konsertlardagi chiqishlarni va h.k. larni uzatishni va eshittirishni amalga oshiradi.
Videotelefoniya. Mazkur servis ikki abonent o‘rtasida insonlar nutqini uncha
yuqori bo‘lmagan sifatdagi uning tasviri bilan birga uzatishni amalga oshiradi. Mazkur servis mijozlari tegishli kommutatsion apparatura orqali
real vaqt rejimida bir-birlarini eshitishlari va ko‘rishlari mumkin. Videokonferensiya. Mazkur servis abonentlar guruhi o‘rtasida tovushli va videotrafikni uzatishni amalga oshirib, bunda tovush va videosignallar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda (turlicha transport birikmalari bo‘yicha) tarmoqda uzatiladi, ularning qabul qilishdagi sinxronlanishi transport darajasidagi tegishli protokol bilan ta’minlanadi.
Masofadan tibbiy xizmat ko‘rsatish. Mazkur servis bemorlarni masofadan tibbiy tekshirish, tashxis qo‘yish va maslahat berishni ta’minlaydi. Mazkur servis trafigi real vaqt miqyosida uzatilgan tovush va videoma’lumotlarni, tekshiruv natijalarini va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Videomonitoring. Mazkur servis xonalaming videokuzatuvini amalga oshiradi, turli vazifalami bajaruvchi hududlami qo‘riqlash, turli xil noan’ anaviy vaziyatlar to‘g‘risida tezkor xabardor qilish, odamlar to‘planadigan joylarda doimiy monitoring (real vaqt rejimida) qilish uchun qo‘llaniladi. Radio va televizion dasturlarni olib ko‘rsatish. Mazkur servis radio va televizion kanallarni raqamli telekommunikatsion tarmoq orqali olib ko‘rsatishni amalga oshiradi.

Download 58.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling