1-Mavzu: Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar. Reja


Download 58.37 Kb.
bet4/7
Sana20.09.2023
Hajmi58.37 Kb.
#1682836
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu -Multimediyali-tarmoq-texnologiyalarida-uzatishlar

Raqamli televideniye. Mazkur servis uning mijozlari talabiga ko‘ra yuqori sifatli raqamli televideniye ko‘rsatuvlarini (badiiy filmlar, musiqali videokliplar, sport translyatsiyalari) amalga oshiradi.
Zamonaviy telekommunikatsion tarmoqlarining rivojlanishida asosiy yo‘nalish servisning turli xil ko‘rinishlarini, shu jumladan, multimediyali servislarni ham qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Multimediyali trafikning turli xil ko‘rinishlarining tarmoq resurslariga talablari juda jiddiy tarzda farq qilishi mumkin. Masalan, oddiy trafik, odatda, uni foydalanuvchiga yetkazib berish vaqtiga alohida cheklashlar qo‘ymaydi. Bunday trafikka qo‘yiladigan talabning hammasi - bu yangi minimal o‘tkazish qobiliyatini
ajratishdir. Real vaqtda videokonferensiya o‘tkazish uchun trafik boshqa misol bo‘lishi mumkin. U ancha o‘tkazish qobiliyatinigina emas, balki videokadrlarni oluvchiga yetkazib berishning vaqtini minimallashtirishni talab etadi. Bundan tashqari, agaraxborot paketlarining tutilib qolishlari nihoyatda nomuntazam xususiyatga ega bo‘lsa, videokonferensiya seansini o‘tkazish sifati qoniqarli bo‘lmaydi. Mazkur holda, tarmoq resurslariga ko‘pgina parametrlar bo‘yicha qat’iy talablar qo‘yiladi. Bu parametrlar quyida mufassal ko‘rib chiqiladi.
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida multimediya trafigini tavsiflash va tahlil qilish juda murakkab va qiyin vazifa hisoblanadi. Bunday qiyinchiliklarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- Uzatish tezliklarining keng diapazoni - telefon trafigini uzatish holidagi kabi bir necha kbit/s dan to videokonferensiyalarni uzatishdagi kabi yuzlab Mbit/s gacha;
- Uzatilayotgan multimediyali axborot oqimlarining turli xil statistik xossalari (real vaqt trafigi tarmoq resurslariga qat’iy talablar qo‘yadi);
- Tarmoq konfiguratsiyalarining juda katta xilma-xilligi, uzatish
texnologiyalari va protokollarining ko‘pligi (Gygabit Ethernet, ATM, MPLS va boshqalar);
- Uzatilayotgan axborotlarni ko‘p darajali ishlov berishni, buning oqibatida xizmat ko‘rsatish sifati ishlob berishning bir necha darajasiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
IP tarmoq orqali so‘zlashuv UT arxitekturasiga o‘tishdan avval, VoIP texnologiyada amalga oshiriladigan asosiy jarayonlarni ko‘rib chiqamiz. VoIP tizimi so‘zlashuv signaliga nisbatan, oddiy telefon tarmoqlari singari funksiyalarni bajarishi kerak. Bu asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
- uzatuvchi tomonda - analog so‘zlashuvchi raqamli signalga o‘zgartirish va raqamli signalni tarmoq orqali uzatish uchun zarur bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etish (IP tarmoq orqali);
- so‘zlashuv signali IP protokoli paketlariga inkapsulyatsiyalanadi;
- IP tarmoqda - telefonli chaqiriq xizmat ko‘rsatishini boshqarish (ulanishni yaratish, so‘zlashuv almashishni ushlab tirish, uzish) va paketlarni transportlash;
- qabul qilish qismida - qabul qilingan paketlardan va diskret signaldan analog so‘zlashuvni qayta tiklash.
VoIP texnologiyasida telefon aloqasiga o‘xshash bo‘yicha abonentlar orasida ulanishni o‘rnatish zarur. Bu signalizatsiya tizimi bilan amalga oshiriladi, ya’ni terminal qurilma yordamida tarmoqda aloqada bo‘ladi, chaqirish xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan tarmoq elementlari ishini

Download 58.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling