1 Mavzu: murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etish – borasidagi ustivor vazifalar. Reja


Davlat boshqaruvida qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish


Download 410.31 Kb.
bet2/36
Sana05.01.2022
Hajmi410.31 Kb.
#232239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
1 Mavzu Amaliy mashgulot

1.1.Davlat boshqaruvida qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish.
Har qanday mamlakatda, samarali boshqaruv tizimi bo‘lishi, mamlakat taraqqiyotiga ta’sir qiladi. Boshqaruv tizimini izdan chiqishi har qanday davlatni inqirozga uchratadi. Bunday voqeani biz qudratli davlat – sobiq Sovet Ittifoqining tarqab ketganida ko‘rdik. 80-yillarning ikkinchi yarmida mamlakat rahbarligiga noshud, qat’iyatsiz faqat o‘z fikriga tayangan shaxslarning kelishi, boshqaruvni izdan chiqardi, markaz qarorlari joylarda ijro etilmadi, bu iqtisodiyotga salbiy ta’sir qildi, halqning turmush darajasi pasaydi, noroziliklar kuchaydi. Natijada dunyodagi eng qudratli davlatlardan biri jahon xaritasidan izsiz yo‘qoldi.
“Ислоҳотларимиз халқимизнинг кундалик ҳаётида ўз ифодасини топиши, кутган натижаларимизга эришиш кўп жиҳатдан давлат бошқарувидаги самарадорликка бевосита боғлиқ”.

Шавкат МИРЗИЁЕВ


Mustaqillik natijasida O‘zbekiston o‘zining boshqaruv tizimini tashkil qilar ekan, jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanib davlat hokimiyatini hokimiyatlar bo‘linishi prinsipida tashkil qilishni maqsad qilib qo‘ydi. Bu esa davlat boshqaruvini tashkil qilishda muhim rol o‘ynadi.

Bu 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizda bu – huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Davlat boshqaruvini demokratik xarakteriga mos ravishda mansabdor shaxslar va davlat organlarining fuqarolar oldida ma’sulligi konstitutsiyaviy prinsip sifatida belgilandi. Konstitutsiya shu asosda davlat boshqaruvining huquqiy asosi bo‘lib qoldi. Keyinchalik davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha urinishlar bo‘ldi.

Lekin mamlakatimizda vujudga kelgan: qonunlarga e’tiborsizlik va og‘zaki ko‘rsatmalarning qonunlardan ustunligi; davlat organlari, mansabdor shaxslar foaliyati ustidan samarali jamoat nazorati yo‘qligi; davlat organlari faoliyatini yopiqligi; OAV ishi talab darajasida tashkil qilinmaganligi; kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yishning mukammal tizimi yaratilmaganligi; davlat xizmatchilarining ijtimoiy-moddiy ta’minoti va huquqiy himoyasi e’tibordan chetda qolganligi; korrupsiya holatlarining kuchayib ketishi mamlakatimiz boshqaruv tizimiga va taraqqiyotiga to‘sqinlik qilib qoldi.

2016 yil oxirida mamlakatimizga yangi Prezident sifatida SHavkat Mirziyoev saylangach, davlat qurilishi va boshqaruvini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Qabul qilingan, 2017-2021 yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi va u asosda vujudga kelgan “Ma’muriy islohotlar konsipsiyasida”, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari belgilandi.

Qilingan ishlar natijasida ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament (vakillik) nazorati kuchaytirildi; qonun ijodkorligi sifati yaxshilandi; siyosiy partiyalar faoliyatida raqobat muhiti bo‘lishi chora-tadbirlari ko‘rildi; davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati kuchaytirildi; boshqaruvda asosiy kuch – davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorganligi, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini kengaytirish choralari ko‘rildi; halq bilan muloqotning samarali mexanizmlari joriy etildi; mahalla institutini jamoat boshqaruvidagi o‘rni kuchaytirildi; boshqaruvga axborot texnologiyalarini keng jalb qilish chora-tadbirlari ko‘rildi. Bu qilingan ishlar natijasi har bir jabha va sohada ko‘rinmoqda.

Faqat bitta “Halq qabulxonalari” misolida ko‘radiga bo‘lsak ko‘plab muammolarni hal bo‘lganligini, uzoq vaqt echimini topmagan masalalar o‘z echimini topganligini ko‘ramiz.

SHu yuqorida bayon qilinganlar davlat boshqaruvimizni takomillashib borayotganligi va shu narsa halqning ongiga, dunyoqarashiga ijobiy ta’sir qilayotganligini ko‘rsatadi. Xalqning qiyin, og‘ir sharoitlarda birlashishi, davlat qonun-qoidalarini ixtiyoriy bajarishi, hokimiyatning qaror va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash boshqaruv tizimiga berilgan eng haqqoniy bahodir.

Lekin qilingan ishlar bilan cheklanib qolmaslik, olg‘a intilish, amalga oshirilgan ishlarga mahliyo bo‘lib qolmaslik, qilingan ishlar bilan faxrlanmay ularni tanqidiy baholash hozirgi kun talabi va muvafaqqiyatlar garovidir.

2020 yil insoniyat tarixida og‘ir sinov yili bo‘ldi. Vujudga kelgan pandemiya mamlakatimizda ham ta’sirini ko‘rsatib, halqimiz bardoshini, og‘ir sinovlarga chidamliligini, nimalarga qodir ekanligini sinovdan o‘tkazdi. Bu mudhish ofat davlat boshqaruv tizimimizga, halqning ongi, xavf-hatar yo‘lida birlasha olish qobiliyati kuchli ekanligini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Prezidenti 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida, “To‘plangan tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, kuchli va samarali boshqaruv tizimiga, bir yoqadan bosh chiqarib yashaydigan aholiga ega bo‘lgan davlatlar pandemiyaning keng tarqalish havfini o‘z vaqtida bartaraf etishga qodir bo‘ladi. ”1– deb vaziyatga to‘g‘ri baho berdi.

Bu erda havf-xatarni oldini olish, uni rivojlanib ketmasligini oldini oluvchi ikki shart ko‘rsatildi. Birinchi, kuchli va samarali boshqaruv tizimiga ega bo‘lish, ikkinchi, halqning bir yoqadan bosh chiqarishi, birdamligi.

Prezidentning 2020 yil 29 dekabrdagi Murojaatnomasida amalga oshirilgan ishlarga xolison baho berilishi bilan, mamlakatimizning ravnaqi uchun, farovon hayotga erishish uchun qilinadigan ishlar belgilab berildi. Ulkan va mas’uliyatli vazifalar orasida davlat boshqaruvini samaradorligini oishirishga ham alohida urg‘u berildi.

Avvalgi Murojaatnomada ham muhim vazifalar belgilanib, ularni muvafaqqiyatli hal qilishning sharti samarali boshqaruv tizimini shakllantirish ekanligi davlat boshlig‘i tomonidan e’tirof etilgan edi.

Bu Murojaatda ham kuchli va samarali boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan davlatlar dunyoda ro‘y bergan eng mudhish ofat – pandemiyaning keng tarqalishiga, uni bartaraf etishga qodir bo‘lishi ta’kidlandi. Boshqaruv tizimi mukammal bo‘lgan mamlakatlardagina hokimiyat bilan halq homkorligi bo‘lishi bizning tajribamizda yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Haqiqatdan ham tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, turli jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlar kundalik hayotda o‘z ifodasini topishi, kutilgan natijalarga erishish Prezident ta’kidlaganidek, davlat boshqaruvi samaradorligiga bog‘liq. Davlat boshqaruvini samaradorligiga erishish uchun Harakatlar strategiyasi va Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi asosida keyingi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Davlat boshqaruvining huquqiy asoslari kengaydi, institutsional tuzilmalar kuchaytirildi. Davlat boshqaruvidagi asosiy kuch – Davlat xizmatchilari, rahbar kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ularni tanlab olish tizimi makomillashtirildi.


“Ҳар томонлама мукаммал ва самарали бошқарув тизимини яратиш – олдимизда турган улкан вазифаларни бажаришнинг асосий шартидир”.

Шавкат МИРЗИЁЕВ


Lekin hozir ham mukammal davlat boshqaruvi tizimiga ega bo‘ldik deb ayta olmaymiz. Hali ham ijtimoiy hayotda o‘sishga, barqarorlikka, islohotlardan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan illatlar mavjud bo‘lib, ular boshqaruvning samaradorligiga to‘sqinlik qilmoqda.

SHuning uchun ham Murojaatnomada davlat boshqaruvining samaradorligiga urg‘u berildi va samaradorlikka to‘sqinlik qilayotgan asosiy sabablar hamda ularni bartarf etishning yo‘llari belgilandi.

Davlat boshqaruvidagi muammolar sifatida vazirlik va idoralar faoliyatida qaror qabul qilish haddan tashqari markazlashganligi; ularning vazifalari aniq belgilanmaganligi, shu sababli ular bir birini takrorlash holati mavjudligi; rahbarlar masalani hal qilishda tashabbus ko‘rsata olmasligi; rahbarlarning malakasi, qat’iyati etishmasligi yoki korrupsiyaga berilganligi; qonun hujjatlarini aholiga, mas’ullarga etkazish, ularga hujjat mohiyatini tushuntirish ishlarini etarli emasligi kabilar ochiq-oydin ko‘rsatib berildi.

Davlat boshqaruvining samarali bo‘lishi uchun, kuchli huquqiy asos bo‘lishi; aniq vazifa va vakolatlarga ega davlat organlari bo‘lishi; davlat organlarida malakali, bilimli, tashabbuskor, faqat qonunga itoat etuvchi rahbar va xodimlar bo‘lishi; kuchli ijro intizomi bo‘lishi va eng muhimi fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol va ongli ishtirok etishlari kerak. Prezident Murojaatnomada ana shu holatlarni kuchaytirish va ular asosida faoliyat ko‘rsatishni belgilab berdilar.

Bu erda davlat boshqaruvida jamoatchilikka tayanish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu bilan birinchidan fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirokini kengaytirish, ikkinchidan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish nazarda tutiladi.

Mamlakatimizda “Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi”ni, Oliy Majlisning qonunchilik palatasida “Nodavlat notijorat tashkilotlarining doimiy vakili” institutini tashkil etish, “jamoatchilik eshituvlari” va “jamoatchilik monitoringi” tizimini joriy etish, mahalla raisiga mahalliy kengash majlisida ko‘rilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritish huquqini berish haqidagi takliflar, davlat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish mexanizmlarini mustahkamlash va kuchaytirishga qaratilgan kuchli vositadir. SHuningdek, ularning faoliyati orqali fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtiroki yanada kengayadi.

Mamlakatimiz hayotida 2017 yilda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi muhim rol o‘ynamoqda. Lekin uning ayrim ko‘rsatmalarini yanada chuqurroq amalga oshirish zarurati kelib chiqmoqda. Jumladan, mazkur hujjatda davlat ijrochilarini nomarkazlashtirish yo‘li belgilangan edi. Murojaatda davlat idoralarining qabul qilayotgan qarorlari hozirgacha o‘ta markazlashganligi e’tirof etildi. SHu masalani ijobiy hal qilish maqsadida “Mahalla – jamiyatimizning yorug‘ yuzi va vijdoni ko‘zgusi” deb e’lon qilinib, “... barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o‘z sohasi bo‘yicha mahallalardagi muammolarni o‘rganishi va ularga echim topishi, odamlar sezadigan natijani ta’minlashi shart” – deb muhim ko‘rsatma berildi.

Mahalladagi ishlarning ahvoli vazirlik, idoralar va hokimlar ishini baholashda bosh mezon sifatida belgilanishi esa davlat boshqaruvini yuqori bosqichga olib chiquvchi yangi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi.
“Жойларда ижро ва вакиллик органларининг давлат бошқарувидаги роли ва масъулиятини янада ошириш зарур”.

Шавкат МИРЗИЁЕВ


Davlat boshqaruvi samaradorlingini oshirishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi:



  • idoralar vazifasini aniq belgilash, takrorlashga o‘rin qoldirmaslik;

  • rahbarlarni tashabbuskorligi, bilimi, malakasi, kat’iyatini shakllantirish;

  • raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash hisobidan xodimlar soni va ish jarayonlarini optimallashtirish;

  • barcha xodimlarni zamonaviy axborot texnologiyalar asosida ishlashga o‘rgatish;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari va mahalla instituti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan yangi qonun loyihalarni ishlab chiqish;

  • fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda NNT va OAVni qo‘llab quvvatlashni davom ettirish.

Mazkur vazifalarning bajarilishi natijasida, qonun usutvorligini ta’minlanadi; kuchli iqtisodiyot yaratiladi; mablag‘lar tejaladi; xalqning faravon turmushi ta’minlanadi; fuqarolar huquq va erkinliklari to‘la ta’minlanadi; jamoat havfsizligi va huquqiy targ‘ibot mamlakat mudofaa qobiliyati, xavfsizligi ta’minlanadi; korrupsiya holatlari kamayadi; davlat idoralaridagi qo‘nimsizlik barham topadi.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Haqiqiy rahbar, haqiqiy etakchi odamlarini bardoshini sinash uchun emas, balki ularga munosabat shart-sharoit yaratib berish, og‘irini engil qilish uchun raxbar etib tayinlanadi. Barcha bo‘g‘indagi raxbarlar – vazir yoki hokim bo‘ladimi, idora yoki tashkilot boshlig‘i bo‘ladimi, o‘zini odob-ahloqi va madaniyati bilan hammaga o‘rnak va namuna bo‘lishi zarur” degan so‘zlari amalga oshsa davlat boshqaruvi yanada mukammal bo‘ladi, unga xalq ishonadi va har doim qo‘llab quvvatlaydi.

2020 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomasida mamlakatimizning joriy yil va undan keyingi yillardagi strategik rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Undagi g‘oya va tashabbuslar deputatlar, senatorlar hamda xalqimiz tomonidan ko‘tarinki ruhda kutib olindi. Zero, Murojaatnomada ko‘tarilgan masalalarni amalga oshirish mamlakatimizni yanada rivojlantirish, Harakatlar strategiyasida belgilangan keng qamrovli, hayotbaxsh vazifalarni amalga oshirishning muhim bosqichi, mantiqiy davomidir.

Murojaatnomada qonun ustuvorligini ta’minlash va uning huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va tashkiliy asoslarini yanada kuchaytirishga qaratilgan ilg‘or g‘oyalar ilgari so‘rildi. Zero, so‘nggi yillar davomida aynan sud-huquq sohasini isloh etish va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida yuzlab farmon va qarorlar qabul qilinganligi ushbu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lami nechog‘lik kengligini ko‘rsatadi.


“Қонун устуворлиги – бу давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари чиқараётган ҳужжатлар, мансабдор шахсларнинг хатти-ҳаракатлари фақат ва фақат Конституция ҳамда қонунларга мувофиқ бўлиши шарт, деганидир”.

Шавкат МИРЗИЁЕВ


Avvalo, qonun ustuvorgi nima va u qanday ta’minlanadi degan savolga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Konstitutsiya va qonun ustuvorligi davlat va uning organlari, mansabdor shaxslar, barcha nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq faoliyat olib borishini anglatadi. Mazkur talablarga to‘liq rioya etish mamlakatda adolat va tenglik, taraqqiyot va barqarorlik, tinchlik va bunyodkorlik ruhi hukm surishiga olib keladi.

Hozirgi zamon demokratik davlatlarida qonun ustuvorligi jamiyat va davlat hayotining bosh tamoyiliga aylangan. Qonun ustuvorligi tamoyilining bunday tantanasi - insoniyatning ko‘p asrlik rivoji, izlanishi hamda taraqqiyot tajribalari, siyosiy va huquqiy fikr takomilining natijasidir.

SHu sababli, YAngi O‘zbekistonni barpo etishda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash davlatimizni rivojlantirishning bosh mezoni sifatida belgilab olingan.

Qonun ustuvorligi, oddiy qilib aytganda, qonunlarga rioya etish demak. Ushbu tamoyil har qanday rivojlangan davlatning poydevorini tashkil etadi. Bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir Temur “Saltanatim martabasini to‘ra va tuzuklar asosida shunday saqladim-ki, uning ishlariga aralashishga hech bir kimsaning qurbi etmasdi”, deb o‘z davlatini qat’iy qoidalar, qonunlar orqali boshqarilganligini ko‘rsatib beradi2.

Qonun ustuvorligini ta’minlash vazifalari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida alohida mustahkamlangan. CHunki, davlat boshqaruvida qonun ustuvorligini ta’minlash huquqiy demokratik davlatning asosiy talablaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi asosiy prinsip sifatida belgilangan.

Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq, «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar».

Davlat boshqaruvida qonun ustuvorligini ta’minlashda siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va tashkiliy kafolatlar tizimi shakllanishi muhim ahamiyatga ega.

SHu bois, Murojaatnomada ushbu omillarning har birini kuchaytirishga qaratilgan aniq takliflar ilgari so‘rildi. Fikrimizni siyosiy kafolatlar misolida davom ettiradigan bo‘lsak, uning ahamiyatini yaqqol anglash mumkin. Masalan, Murojaatnoma bir necha o‘rinlarida Parlament va mahalliy kengashlar nazorati, jamoatchilik nazoratini kuychaytirish bo‘yicha aniq mexanizmlar taklif etildi. Bu esa fuqarolarning muhim konstitutsiyaviy huquqi bo‘lib, davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokni ta’minlashga, qonuniylikni yanada mustahkamlashga sharoit yaratadi.
“Ҳар қандай демократик ислоҳотлар самараси, тинчлик ва тараққиётнинг асосий гарови ҳам Конституция ва қонун устуворлиги таъминланиши билан бевосита боғлиқ”.

Шавкат МИРЗИЁЕВ


SHuningdek, siyosiy kafolatlar sifatida huquq va erkinliklarning davlat tomonidan ta’minlanishi hamda huquq va erkinliklarni ta’minlashga qaratilgan tegishli maxsus vakolatli davlat tuzilmalarining tuzilishi va faoliyat ko‘rsatishini ham tushunamiz. SHu nuqtai nazardan yondashganda bir qator organlar: sudlar, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati oraganlari kabilarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.



Qonun ustuvorligining muhim sharti bu huquqiy kafolatlarning yaratilganligi hisoblanadi. YA’ni, bu fuqarolar huquq va erkinliklarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi hamda ularni ta’minlashga, amalga oshirishga qaratilgan boshqa huquqiy hujjatlarning mavjudligi hisoblanadi. SHu bois, vakolatli davlat organlari tomonidan faol norma ijodkorlik siyosati amalga oshirilmoqda. Masalan so‘nggi yillarda Harakatlar strategiyasi asosida, xususan, 30 dan ortiq strategiya va milliy dastur, 5 ta kodeks, 150 ta qonun, Prezidentning 2000 dan ziyod farmon va qarorlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ilmiy-texnik, sud-huquq, gumanitar va boshqa sohalarni rivojlantirish bo‘yicha yana ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

YAna bir muhim kafolat bu – huquq va erkinliklarning iqtisodiy kafolati hisoblanadi. Bu – huquq va erkinliklarni iqtisodiy tomondan ta’minlash, ularning amalga oshishi uchun zarur moddiy-moliyaviy manbalarni vujudga keltirishni anglatadi.

Agar davlatda etarli iqtisodiy, moddiy, moliyaviy manbalar, imkoniyatlar bo‘lmasa, huquqlarni amalga oshirish uchun sharoit bo‘lmaydi. Davlat iqtisodiy tomondan qanchalik kuchli bo‘lsa, huquq va erkinliklardan foydalanish imkoniyati ham shuncha kuchayib boradi. SHu bois, fuqarolarning moddiy farovonligini oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgar surildi.

Bular qatorida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha bildirilgan takliflarni keltirish o‘rinlidir. Ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi bir qancha to‘siqlar bartaraf etiladi. Xususan, tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 105 ta litsenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilinadi, 115 tasi bo‘yicha esa tartib-qoidalar soddalashtiriladi.

Pandemiya sharoitida aylanma mablag‘ tanqisligiga duch kelgan tadbirkorlar “oyoqqa turib olishlari” uchun ularga ko‘mak berishni davom ettiriladi.

YAna bir muhim jihat, 2021 yilda iqtisodiy islohotlarning pirovard maqsadi kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishdan iborat ekanligi belgilandi. SHuningdek, ushbu yo‘nalishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ishlar davom ettiriladi.

Hududlarda aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, xususan kambag‘allikni qisqartirish vazifalari ko‘p jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish o‘rinlarini tashkil etish bilan bevosita bog‘liqdir.

Bu, o‘z navbatida, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan isloh qilish va rivojlanishiga aloqador vazirlik va idoralar faoliyati uyg‘unligini ta’minlashni, mavjud muammo va to‘siqlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etishga asoslangan zamonaviy va inklyuziv institutsional tizimni joriy etishni talab etadi.

Mamlakat taraqqiyotining keyingi bosqichlarni kambag‘allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush darajasini yaratishga erishish, eng chekka va olis hududlargacha “mahallabay” tarzida kirib borish, aholini turmush sharoitini va sifatini aniqlab olish zarur. SHundan kelib chiqib, respublikamizda kambag‘allikni qisqartirish, avalambor, milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish o‘rinlarini tashkil etish bilan bevosita bog‘liqligidan kelib chiqish chora-tadbirlar, maqsadli “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqib, uni amalga oshirishni taqozo etadi.


“Жамиятимизнинг барча аъзолари, таъбир жоиз бўлса, “ҳалоллик вакцинаси” билан эмланмас экан, ўз олдимизга қўйган юксак марраларга эриша олмаймиз”.

Шавкат МИРЗИЁЕВ


Murojaatnomada qonun ustuvorligi ta’minlash yo‘nalishida sud-huquq islohotlar davom etirilishi ta’kidlandi. SHunga muvofiq, sud hokimiyati institutsional asoslari takomillashtiriladi. SHuningdek, jazoni ijro etish tizimi, tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish sohasida qiynoqlarning oldini olish tizimini rivojlantirish, fuqarolikni taqdim etish bilan bog‘liq mexanizmlar takomillashtirilishi belgilandi.

Qonun ustuvorligini ta’minlashda davlat xizmatchilarining huquqiy bilimni oshirish muhim ahamiyatga ega. SHu bois, Prezidentimiz ishimizdagi eng katta kamchilik – bilim etishmasligi ekanligini haqli ravishda ta’kidlaydilar. Darhaqiqat, bugungi g‘oyat murakkab davrda mavjud muammolarni chuqur bilim va yuqori professionallik bilan echish mumkin. Ayniqsa, davlat ximatchilari oldiga qo‘yilayotgan yangi-yangi vazifalar ulardan eng zamonaviy bililarni egallashni talab qiladi.
“Ислоҳотларимиз самараси кўп жиҳатдан 4 та муҳим омилга, яъни қонун устуворлигини таъминлаш; коррупцияга қарши қатъий курашиш; институционал салоҳиятни юксалтириш ва кучли демократик институтларни шакллантиришга боғлиқ”.

Шавкат МИРЗИЁЕВ


Afsuski, ushbu yo‘nalishda muammolar ham mavjud ekanligi to‘g‘ri ko‘tarildi. Qayd etilshicha so‘nggi 4 yilda barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini joylarda barcha rahbarlar ham tushunmayotganligi ko‘zga tashlanmoqda. SHu bois, kelgusida Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarma va bo‘limlarining asosiy vazifasi qabul qilingan hujjatlarni mas’ullarga etkazish, tushuntirish, amaliyotda qo‘llashga ko‘maklashish va nazorat qilishdan iborat bo‘ladi. 

Zero, qonunlarga rioya etish ichki zarurat, ichki ishonch bilan amalga oshirilishi kerak. SHundagina qonun ustuvorligi o‘zining ijobiy natijasini to‘laroq namoyon etadi. Bunday darajaga erishish uchun jamiyat a’zolarining, ayniqsa, davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish zarur.

Qonun ustuvorligini ta’minlashdagi eng katta to‘siq bu korrupsiya balosidir. SHuning uchun korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi Murojaatnomada e’tibor qaratilgan markaziy masalalardan biri bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida, birinchi navbatda, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining ushbu illatga qarshi kurashdagi kuch hamda imkoniyatlarini birlashtirish maqsadi nazarda tutilgan. SHu bois, Murojaatnomada mazkur illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarur ekanligi haqli qayd etiladi. Zero, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kuchli immunitet shakllanmas ekan jamiyat bu balodan qutila olmaydi.

Ushbu yo‘nalishda quyidagi muhim vazifalar belgilanganligini alohida ta’kidlash o‘rinlidir:




Download 410.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling