1-Mavzu: Musobaqa turlari. Reja
Download 63.93 Kb.
|
1-Mavzu Musobaqa turlari. Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizom quyidagi bo`limlardan iborat
- Bosh hakam o`zining o`rinbosarlari bilan quyidagilarni amaaga oshiradi.
Aralash
sistema. Musobaqalarni aralash sistemada o`tkazilganda uchrashuvlarning bir qismi aylanma, ikinchi qismi esa chiqib ketish sistemasida o`tkaziladi. Bu usul musobaqalarda qatnashayotgan jamoalar soni ko`p hamda ular bir birlaridan hududiy jihatdan uzoqda joylashganda qo`llaniladi. Bunda hamma jamoalar zonalarga va guruhlarga bo`linadi. Musobaqalar zonalarda va guruhlarda chiqib ketish usuli bo`yicha o`tkazilsa, final musobaqalari esa aylanma sistemasi bo`yicha o`tkazqilishi mumkin va aksincha. Nizom quyidagi bo`limlardan iborat: a) maqsad va vazifa; b) o`tkazish joyi va vaqti; b) musobaqalarni o`tkazishga rahbarlik qilish; g) qatnashuvchi tashkilot va musobaqa ishtirokchilari; d) jamoa va shaxsiy birinchilikni aniqlash sharti va tartibi; ye) dastur; j) mukofotlash; z) tashkilot va ishtirokchilarni qabul qilish sharti; i) ishtirok etish uchun talabnoma taqdim etishning vaqti va sharti. Musobaqalar o`zining xarakteri bo`yicha jamoa, shaxsiy-jamoa birinchiliklariga bo`linadi. Shu bilan birga toifalash, turkumlash kabi maxsus musobaqalar o`tkaziladi. Birinchisi razryad normativlarini bajarish maqsadida, ikkinchisi asosiy musobaqalarga ishtirokchilarni aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Ishtirokchilar Musobaqalarga ularning arizalariga asosan qo`yiladi. Ishtirokchilar musobaqa qoidasini yaxshi bilishlari va unga amal qilishlari zarur 1 . Musobaqada qatnashayotgan har bir tashkilot o`z vakiliga ega bo`lib, u o`z ishtirokchilarining tarbiyasiga mas’ul bo`ladi va hakamlar jamoasi bilan aloqa bog`lab turadi. 1 И. Ниёзов. Енгил атлетика, ўқув қўлланма. Фарғона 2005 й. Bosh hakam o`zining o`rinbosarlari bilan quyidagilarni amaaga oshiradi. 1. Musobaqa nizomi va qoidasiga muvofiq musobaqani tashkil qiladi, tayyorgarlik ko`radi va o`tkazadi. 2. Musobaqa jadvali kunlari va soatlari bo`yicha tuziladi. 3. Hakamlar brigadasi ishlarni taqsimlab beradi. 4. Zarur hujjatlarni tayyorlaydi va yozib boradi. 5. Musobaqaning zarur shartlaridan biri tibbiy kurik ishtirokchi va tomoshabinlarni xavfsizlik choralarini tashkil qilish va ko`rishdan iborat. Musobaqa tashkil qilish va o`tkazishda asosiy ishlarni hakamlar brigadasi amalga oshiradi. Startyor va uning yordamchilari start beradi, ishtirokchilar start signalidan oldin yugurib ketmasliklari, startda to`g`ri harakatlanishini ta’minlaydi. Marradagi hakamlar ishtirokchilarning marraga kelganlari tartibini aniqlaydi. O`rta va uzoq masofaga yuguruvchilarni aylanish hisobini sanaydi; marradagi ishtirokchilar oralig`ani aniqlaydi. Masofa bo`yicha hakamlar to`siqlardan va estafeta bosqichlarida yugurish qoidasini buzganliklarni belgilaydi, ularga so`nggi hal qilish huquqi berilmaydi. Xronometrist hakam ishgirokchilarni masofani bosib o`tash vaqtini aniqlaydi. Sakrash va itqitishdagi hakamlar brigadasi katga hakam, ulchovchi hakam va kotibdan iborat bo`ladi. Musobaqani sakrash va irg`itish sektorlarida tashkil klladi va o`tkazadi. Download 63.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling