1-Mavzu: Musobaqa turlari. Reja


Musobaqaning asosiy hujjatlari quyidagilardan hisoblanadi


Download 63.93 Kb.
bet5/12
Sana22.11.2023
Hajmi63.93 Kb.
#1794004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-Mavzu Musobaqa turlari. Reja-fayllar.org

Musobaqaning asosiy hujjatlari quyidagilardan hisoblanadi: 
a) musobaqa nizomi;
b) musobaqaning kuni va soati ko`rsatilgan jadvali bo`lgan dastur;
b) musobaqaga qatnashish uchun ariza;
g) ishtirokchilarning kartochkasi;
d) musobaqa qaydnomasi.
Musobaqalashish faoliyati. Musobaqaning asosiy funksiyalaridan biri
rag`batdantirish, o`kuv-sport natijalarini va sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni
tekshirish musobakada olingan ob’ektlar baxolanadi, tashkilot va mutaxassislarning
keyingi ishlarn natijalariga bog`liq.

Musobaqani quyidagilarga ajratish mumkin: 
a) tayyorlovchi va yana kontrol, asosiy maqsadi tayyorgarlik darajasini
aniqlash;
b) keltiruvchi, asosiy maqsadi musobaqalarga sportchilarnn Baland
tayyorgarlikka olib kelish;
b) tanlov, maqsadi katta musobaqalarda qatnashishga sportchilarnn tanlash;
g) asosiysi shaxar, respublika, mamlakat chempionlari katta xalqapo
musobaqalar.
Musobaqa sharoitida engil atletika sportchini o`rganishda, uning shaxsini ko`p
tomonlarini, sifatlarini funksional imkoniyatlarini baholash mumkin, garchi shu
vaqtda musobaqalar shakllanish vositasi bo`lib xizmat qiladi.



Musobaqalashish faoliyatini tekshirish protsessida sport texnikasining


effektivligini aniqlash, sportchi xulqi taktikasini nazorat qilish, organizmni bioximik
va fiziologik reaksiyalari baholanadi, musobaqa vaqtida qanday tekshirilsa,
musobaqadan so`ng ham shunday tekshiriladi
2
. Vaqtni o`tish oralig`iga bog`liq
holda bir holatdan ikkinchi holatga o`tish zarurligi sportchilarnn 3 ta holatiga
ajratilgan:
1. Etapli holat, sportchi muvaffaqiyatlarini ko`rsatishda imkoniyatlarni aks
ettiradi va bular birmuncha uzoq vaqt saqlanadi.
2. Odatdagi holat, bir yoki bir nechta mashg`ulotlar ta’sirida o`zgaradi.
3. Operativ holat, bir marta bajarilgan jismoniy mashqlar ta’sirida
o`zgaradi.
Musobaqa - bu o‘quv-trenirovka jarayonining tarkibiy qismidir. Trenirovka
jarayonida odatda, sportchining yuqori sport natijalariga erishishiga yordam
beradigan xamma sifatlarni yuksak darajada namoyon qilish uchun sharoitlar
yaratish imkoniyati yo‘k.
Musobaqalarda xar bir sportchi uz rakibini engishga intiladi va bu intilish
sportchidan butun kuchni safarbar etishni talab qiladi. Bu nafakat insonning
funksional imkoniyatlarini namoyon qilishga imkon beradi, balki ularni
shakllantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Musobaqalar kuyidagi vazifalarni xal etishga yordam beradi:
- sport jamoasida o‘kuv-trenirovka ishi axvolini aniqlash;
- kurashchilar tayyorgarligi darajasini aniqlash;
- u yoki bu tayyorgarlik boskichida o‘quv-trenirovka ishiga yakun yasash;
- kurashni tarјib qilishga va shugullanuvchilar sonini oshirishga yordam berish.
Kurash musobaqalarini o‘tkazish xususityaiga ko‘ra ular kuyidagicha bo‘ladi:
a) shaxsiy;
b) jamoa;
v) shaxsiy-jamoa;
g) toifalash.
SHaxsiy musobaqalarda ishtirokchilarning xar bir vazn toifasida egallagan
o‘rinlari aniqlanadi; jamoa musobaqalarida jamoalar o‘rni aniqlanadi; shaxsiy-
jamoa musobaqalarida bir vaqtda ishtirokchilar va jamoalarning egallagan o‘rinlari
aniqlanadi. Toifalash musobaqalari ishtirokchilarning egallagan o‘rinlarini
aniqlamasdan o‘tkazilishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan ko‘rsatilgan natijalar
sport toifalariga muvofik unvonlar xamda razryadlarni berishda yoki tasdiklashda
xisobga olinadi.
Musobaqalarni o‘tkazish usuliga ko‘ra ular kuyidagi turlarga bo‘linadi;
2
И. Ниёзов. Енгил атлетика, ўқув қўлланма. Фарғона 2005 й.



a) aylnama usul;


b) chetlatish bilan aylanma usul;
v) aralash usul.
Musobaqalar xususiyatlari ularni o‘tkazish usullari musobaqalar nizomida
belgilab berilgan.
Kurash musobaqalari kalendar reja va musobaqa nizomiga muvofik
rejalashtiriladi xamda o‘tkaziladi. Bu hujjatlarni musobaqa o‘tkazayotgan
tmashkilot tayyorlaydi va tasdiklaydi. Ularni puxta ishlab chikish va sport
tashkilotlariga muddatidan oldin xabar qilish musobaqalarning muvaffakiyatli
o‘tishiga yordam beradi. Musobaqalarning kalendar rejasi ularni o‘tkazishga mas’ul
bo‘lgan tashkilot tomonidan tuziladi.
Kalendar reja kalendar yil uchun ishlab chiqiladi. Kalendar rejani tuzishda
kuyidagi koidalarga amal qilish lozim:
a) kalendar rejani ishlab chikayotganda uni yukori tashkilotlar tomonidan
rejalashtirilgan musobaqalar muddatlari va dasturlariga asoslangan xolda tuzish
zarur;
b) musobaqalar soni va xususiyati o‘z axamiyatiga ko‘ra shuјullanuvchilarni
mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashga yordam berishi lozim;
v) xar xil turdagi musobaqalarni o‘tkazish ko‘zda tutiladi: tayyorgarlik,
nazorat, saralash va asosiy.
Tayyorgarlik musobaqalarining asosiy maksadi-kurashchi-larni musobaqa
sharoitlariga moslashtirish, musobaqa faoliyatining okilona texnik-taktik
xarakatlarni
mustaxkamlash,
musobaqa
tajribasini
egallash.
Nazorat musobaqalarida sportchining imkoniyatlari tekshiriladi, uning tayyorgarlik
darajasi, bosib o‘tilgan tayyorgarlik boskichi samaradorligi aniqlanadi. Ko‘rsatilgan
natijalar aosida kurashchilarning kelgusidagi tayyorgarlik dasturi ishlab chiqiladi.
Saralash musobaqalari natijalari buyicha asosiy musobaqalarning ishtirokchilari
aniqlanadi.
Asosiy musobaqalarning bosh maksadi јalabaga erishish yoki imkoni boricha yukori
o‘rinlarni egallashdan iborat.
Musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish uchun ikkinchi muxim hujjat - bu
musobaqa nizomidir.
Musobaqa kalendar reja va kurash bo‘yicha musobaqa koidalari asosida
tuziladi. Musobaqa nizomi kuyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
1.
Musobaqa
maksadi
va
vazifalari
Bu bo‘limda musobaqa o‘tkazayotgan tashkilotning o‘z oldiga ko‘yadigan asosiy
maksadi va vazifalari ochib beriladi:
- sport jamoalarida o‘kuv-trenirovka va tarbiyaviy ishlarning axvolini
tekshirish;



- terma jamoa tarkibini to‘ldirish maksadida eng yaxshi kurashchilarni vazn


toifalari bo‘yicha saralab olish;
- sport tashkilotlari va sportchilar o‘trasida do‘stlik alokalarini mustaxkamlash;
- axoli o‘rtasida sport kurashini ommalashtirish va yoshlarni kurash bilan
muntazam shuјullanishga jalb qilish.
2. Musobaqalarni boshqarish Bo‘limda musobaqalarni tayyorlash va
o‘tkazishga umumiy raxbarlikni amalga oshiradigan tashkilot, shuningdek
musobaqani o‘tkazish aniq kimga yuklatilishi; musobaqalar joyini tayyorlash,
sportchilar va hakamlarni kutib olish, joylashtirish, ovkatlantirish,ularga tibbiy
xizmat ko‘rsatish, shuningdek madaniy tadbirlarni o‘ikazish uchun kim javobgar
bo‘lishi ko‘rsatiladi.
3. Ishtirokchilar va katnashuvchi tashkilotlar Bo‘limda musobaqalarda
katnashish uchun kaysi tashkilotlar va ishtirokchilarning kanday yosh guruxlariga
ruxsat berilishi, trenerlar va vakillarning son tarkibi ko‘rsatiladi.
4. Musobaqalarni o‘tkazish shartlari va tartibi Ushbu bo‘limda musobaqalarni
o‘tkazish xususiyati va usullari ko‘rsatiladi. Kunlar bo‘yicha musobaqalar dasturi va
turli vazn toifalaridagi bellashuvlar jadvali taklif kilinadi.
SHaxsiy, shaxsiy-jamoa va jamoa musobaqalarida sinov tizimi belgilanadi.
Egallangan o‘rinlar uchun ochkolarni berish jadvali tavsiya kilinadi.
5. Talabnomalarni berish muddatlari va tartibi Dastlabki talabnomalarni berish
muddatlari, shuningdek oxirgi talabnomalarni berishning aniq muddati belgilanadi.
SHuningdek mandat komissiyasiga taqdim etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
ro‘yxati ko‘rsatiladi.
6. Ishtirokchilar va hakamlarni qabul qilish shartlari Ushbu bo‘limda kelish
vaqti, joylashtirish, ovqatlanish tartibi, sportchilarning etib kelish muddati aytib
o‘tiladi, shuningdek moliyaviy xarajatlar kimning xisobidan bo‘lishi ko‘rsatiladi.
7. G`oliblarni taqdirlash Bu bo‘limda mukofotlar sanab o‘tiladi: musobaqalar
ishtirokchilari, jamoalar, shuningdek ularni tayyorlagan trenerlar kaysi o‘rin uchun
xamda nima bilan takdirlanishlari ko‘rsatiladi. Mukofotlarning maxsus turlari
ko‘rsatiladi, ya’ni eng yaxshi texnika uchun, јalabaga bo‘lgan irodasi uchun, tushe
bilan ko‘p marta јalaba kozonganligi uchun.
Musobaqalar nizomlariga bulgan asosiy talablar kuyidagilardan iborat: aniqlik,
ravshanlik, muayyanlik va asosiy bandlarda tushunchalarning turli xilda talkin
kilinishining bo‘lmasligi. Ushbu hujjat amaldagi koidalarga asoslanib tuziladi va
musobaqa o‘tkazadigan tashkilot tomonidan tasdiklanadi. Tasdiklangandan so‘ng u
ishtirokchilar va hakamlar kollegiyasi uchun majburiy xisoblanadi.
8. Hakamlar kollegiyasi (xayati) tarkibi va hakamlarning majburiyatlari
Musobaqalarda xizmat ko‘rsatish uchun hakamlar kollegiyasi kurash
federatsiyasining hakamlar komissiyasi tomonidan tayinlanadi va musobaqa



o‘tkazayotgan sport tashkiloti tomonidan tasdiklanadi. Hakamlar kollegiyasi bosh


hakam, bosh kotib, gilam raxbari, arbitr, yon hakam, sekundomerchi-hakam,
axborotchi-hakam, musobaqalar vrachidan tashkil topadi.
Bosh hakam hakamlar kollegiyasiga raxbarlik qiladi, musobaqa o‘tkazayotgan
tashkilot va tegishli kurash federatsiyasi olidida musobaqalarning o‘tkazilishiga
javobgar bo‘ladi.
Bosh hakam musobaqalar boshlanishidan oldin xonalar, jixozlar, asbob-
anjomlar, zarur hujjatlarning yarokliligini, ularning amaldagi koidalarga
muvofikligini tekshirishi shart. Bosh hakam musobaqalar arafasida hakamlar
kengashini o‘tkazadi va undan hakamlar o‘rtasidagi majburiyatlarni taksimlaydi,
ishtirokchilar vaznlarini aniqlash uchun komissiya tayinlaydi, shuningdek
gilamlar soniga qarab hakamlar brigadasini tuzadi.
Bosh hakam musobaqalar davomida musobaqalarning koidalari va musobaqa
nizomiga muvofik ularning o‘tkazilishini boshkarib boradi.
Ayrim xollarda, ya’ni agar musobaqalar boshlanishidan oldin musobaqa
o‘tkazish joyi, jixozlar yoki asbob-anjomlar yaroksiz xolatda bo‘lsa, bosh hakam
musobaqalarni bekor qilishi yoki nokulay meteorologik sharoitlarda yoki
musobaqalarni o‘tkazishga xalakit beradigan boshka kandaydir sabablarga ko‘ra
vaqtinchalik tanaffus berishi mumkin.
Bosh hakam musobaqalarning oxirgi kunida hakamlar, jamoa vakillari,
trenerlarning yakuniy majlisini o‘tkazadi, natijalarni tasdiklaydi va xamma
bajarilgan ishlarga baxo ko‘yadi. Musobaqalarning bosh kotibi hakamlar kollegiyasi
majlisi bayonnomasini yozib boradi, kur’a tashlash marosimini o‘tkazadi va aylana
bo‘ylab uchrashuvlar tartibini belgilaydi, musobaqalar jadvalini tuzib chikadi,
xamma
hakamlik
hujjatlarini
to‘ldirib boradi, arizalar va norozilik
bildirishnomalarini qabul qiladi, ular to‘јrisida bosh hakamga xabar beradi,
musobaqalarning o‘tkazilishi to‘јrisidagi texnik xisobotni tayyorlaydi. Gilam
raxbarining vazifalari ustun bo‘lib, u arbitr va yon hakam ishini muvofiklashtirib
turadi. U bellashuvning borishini dikkat bilan kuzatib turishi va musobaqalar
koidalariga muvofik xolda hakamlar xamda sportchilarni baxolab borishi shart.
Arbitr va yon hakam o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan takdirda, u o‘z
karorini chikarishga xaklidir, lekin xech kachon u birinchi bo‘lib o‘z fikrini
bildirmaydi, balki yon hakam va arbitr fikrini eshitadi. Agar arbitr va yon hakam
sportchilarning xarakat vaziyatlarini baxolashda bir fikrda bo‘lsalar, gilam raxbari
hakamlar karoriga aralashmaydi.
Arbitr bellashuvga bevosita hakamlik qilish paytida eng mas’uliyatli vazifani
bajaradi. U bellashuvning borishini boshkaradi, kurashchilar xarakatini baxolaydi va
bellashuvning musobaqalar koidasiga muvofik o‘tishini kuzatib turadi. U bellashuv
boshlanishi to‘јrisida signal beradi, bellashuvni to‘xtatadi va yakunlaydi, yon hakam



yoki gilam raxbarining ma’kullashiga qarab, bellashuvni tik turishda yoki parterda


davom ettirishni belgilaydi. Bellashuv paytida arbitr shunday joyda turishi kerakki,
u turgan joydan kurashchilar xarakatlari yoki amalga oshirayotgan usullarini aniq
baxolay olishi mumkin bo‘lishi lozim. U kurashchilarning butun gavda kismini
ko‘rib turishi, ularning xarakatlari va tashlashlari yo‘nalishini oldindan ko‘zlay
bilishi, ularni to‘јri baxolashi xamda xar kanday vaqtda noto‘јri va xavfli
xarakatlarni oldini olishga tayyor turishi zarur.
Yon hakam kurashchilarning texnik xarakatlarini baxolaydi va ularni maxsus
bayonnomaga yozib boradi. U arbitrdan kat’i nazar, xamma vaziyatlarda o‘z fikrini
bildirishi lozim, kurashchilar xarakatlarini baxolashda uning fikrlari arbitr fikrlari
bilan mos kelishi, balki mos kelmasligi mumkin.
Bellashuv paytida, agar yon hakam kurashchilarning u yoki bu texnik
xarakatlarini sezsa, arbitr esa bu xarakatlarni ko‘rmagan yoki unga e’tibor bermagan
bo‘lsa, u bu xakda arbitrga xabar berishi lozim.
U qizil yoki ko‘k rangdagi maxsus ko‘rsatkichni yukoriga ko‘tarib, arbitr o‘z
fikrini bildirmasa xam, shunday qilishi shart. Sekundomerchi-hakam kurashchilar,
hakamlar va tomosha-binlarni vaqt to‘јrisida ogoxlantirib boradi. U sof
јalaba
vaqtini kayd etadi
, kurashchilarning kechikishlarini belgilaydi, yakkakurash
jarayoniga taallukli bo‘lmagan vaqtning yo‘kotilishini xisobga oladi. O‘zining
xamma xarakatlarini gilam raxbari va arbitr bilan kelishib amalga oshiradi: arbitr
xushtagi bilan sekundomerni yokadi va o‘chiradi.
Agar bellashuv kurashchining jaroxat olganligi yoki uning kiyimida kamchilik
borligi sababli tuxtatilsa, sekundomerchi-hakam xar bir minut tugashi bilan vaqtni
e’lon kilib turadi. Bellashuv tugashi bilan sekundomerchi-hakam sekundomerni
to‘xtatadi va tovushli signal beradi. Buni u bir vaqtning o‘zida bajarishi lozim.
Axborotchi-hakam musobaqalarni o‘tkazish dasturi va tartibini e’lon qiladi,
tomoshabinlarga kurashning borishi to‘јrisida axborot beradi, xar bir bellashuv
natijalarini, navbatdagi juftlik tarkibini e’lon qiladi, musobaqa koidalarini ayrim
xolatlarini tushuntirib beradi, musobaqa ishtirokchilarining sport faoliyatiga tavsif
beradi. Musobaqalar borishi to‘јrisidagi xamma ma’lumotlar musobaqa bosh hakami
ruxsati bilan beriladi.
Musobaqalar vrachi hakamlar kollegiyasi tarkibiga kiradi, u ishtirokchilarning
tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va musobaqalarni o‘tkazishning sanitariya-gigienik
sharoitlari uchun mas’ul xisoblanadi.
Vrach vazn o‘lchanayotganda sportchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va zarur
xollarda ishtirokchilarga musobaqada katanshish uchun ruxsat berish to‘јrisida
xulosa chikaradi. U ishtirokchi jaroxatlanganda yoki kasal bo‘lib kolganda tibbiy
yordam ko‘rsatishi lozim. Bellashuv paytida tibbiy yordam gilam maydonchasi
tashkarisida ko‘rsatiladi.






Download 63.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling