Inklyuziv ta’lim faqatgina nogironlarni sinfga qo’shishdan iborat emas, Bu ta’lim haqidagi fikrlarimiz va qarashlarimizni o’zgartirishdir.”
Download 11.26 Kb.
|
inklyuziv ta\'lim (3)
Inklyuziv ta’lim – “ta’lim hamma uchun” “Inklyuziv ta’lim faqatgina nogironlarni sinfga qo’shishdan iborat emas, Bu ta’lim haqidagi fikrlarimiz va qarashlarimizni o’zgartirishdir.” Ta’lim o’zi nima? Inklyuziv ta’lim-chi? Ta’lim – bu bilim berish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Endi inklyuziv ta’limga kelsak, bu ta’lim shaklida bolalarning qobiliyati va holatidan qat’i nazar ularning barchasiga sifatali ta’lim taqdim etishdan iborat. Endilikda biz inklyuziv ta’lim haqida qisqacha bo’lsada tushunchaga ega bo’ldik, ammo bu ta’lim shaklini tashkil etishdan ko’zlangan maqsad nima o’zi? O’zbekiston Respublikasida inkluziv ta’lim davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan, shundaymi? Yoki bu faqat suratlardagina, qonun hujjatlaridagina aks etib qolganmi? O’zi bu ishlar bilan aslida kim shug’ullanishi kerak va bundan kelib chiqadigan oqibatlarga kim javobgar? Shubhasiz, bu kabi savollar oramizda, albatta, kimdirni qiynagan. Keling, aynan shu maqola orqali bu noma’lumliklarga yechim va javob topamiz. Hozirda O’zbekiston barcha sohalarda va jahon tendensiyalari asosida jadal rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqa. Milliy ta’lim siyosatining zamonaviy va amaliy yo’nalishlaridan biri inklyuziv ta’limni rivojlantirishdir. Buning uchun alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni jamiyatga qo’shilib ta’lim olishlari uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ko’plab normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 20-moddasi inklyuziv ta’lim deb nomlanib, bu alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo’lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida inkluziv ta’lim tashkil etiladi degan normalar mustahkamlab qo’yilgan. Ko’rib turibmizki, inklyuziv ta’lim O’zbekiston qonunlarida qat’iy belgilab qo’yilgan, ammo real hayotda ham qonundagidakmi? Yaqinda real hayotimizda bo’lgan voqeaga nazar tashlasak, “Ona tili o’qituvchim bir kuni menga dars bo’lmasligini, men bilan tengdosh bo’lgan bir nogiron bolaning uyiga borib dars o’tib kelishlari kerakligini aytdilar. Men esa u bolaga qiziqib qolib, ertasi kuni ustozimdan dars mashg’ulotlari qanday bo’lganligini so’radim. Biroq, ustozim menga shunchaki borib suratga tushib keldim, deb javob berdilar”. Bundan kelib chiqib, nogironligi yoki nuqsoni bo’lgan bolalarni boshqa bolalar kabi ta’lim olishga haqqi yo’qmi? Ammo, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga ko’ra “har kim ta’lim olish huquqiga ega. Ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo’lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi” deb belgilab qo’yilgan. Biroq, maxsus yordamga muhtoj bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqda. Bu harakatlar bilan sog’lom bolalar va nuqsonli bolalar o’rtasida diskriminatsiyaga yo’l qo’yilmoqda. Bularning barchasiga eng katta sabab, bu rivojlanishning turli davrlarida to hozirga qadar jamiyatda ham, oilada ham imkoniyati cheklangan bolaga nisbatan fojia sifatida qarashgan. Butun dunyoda 240 millionga yaqin nogiron bolalar bor va bu bolalarni maktabga borormaslik ehtimoli yuqori. Nogironlik butun dunyo ta’lim yo’lidagi eng jiddiy to’siqlardan biridir. BMTning YUNISEF Xalqaro Favqulodda Bolalar fondi inklyuziv ta’limni O’zbekiston ta’lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug’ullanadi. Har bir bola sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishi uchun YUNISEF inklyuziv ta’lim siyosatini faol qo’llab-quvvatlaydi. YUNISEF uylarda, maktablarda, jamiyatda tenglik va inkluzivlikni rag’batlantirar ekan, ta’lim tizimini va tegishli ijtimoiy yordam ko’rsatishni takomillashtirishga ko’mak beradi. O’zbekistonda inklyuziv ta’limga e’tibor yaqin yillardan boshlandi, ammo boshqa davlatlarda, jumladan, Xitoyda nogiron bolalarni umumiy maktablarning oddiy sinflariga qabul qilish bo’yicha birinchi yuqori darajadagi tajribalar 1980-yillarda boshlangan. 1987-yilda inklyuziv ta’lim shakli birinchi marta ilgari suriladi. 1995-yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Nogironligi bo’lgan shaxslarni himoya qilish to’g’risida”gi qonun ham yengil va o’rta darajadagi nogironligi bo’lgan bolalar oddiy maktablarga kirishlari va rivojlanayotgan bolalar bilan birga o’qishlari mumkinligiga ishora qiladi. Biroq, Xitoyda ham inklyuziv ta’lim global muammoligicha qolmoqda. Shunga qaramay, xitoyliklar bunga qarshi virtual muhitga asoslangan potensial reja ishlab chiqishdi. Bu rejani amalga oshirishda ikkita komponent “WeCHat” va “MOOCs” orqali amalga oshirildi. “WeCHat” ommaviy platformasi universal ta’lim dizaynini ishlab chiqish va aholini inklyuziv ta’lim va maxsus ta’lim haqida xabardorligini oshirish uchun qo’llaniladi. “MOOCs” platformasi esa o’qituvchilarni tayyorlash dasturlarida qo’llaniladi. “WeCHat” platformasini televizor, gazeta va kompyuter bilan solishtiradigan bo’lsak, bu odamlarga yangi ma’lumotlardan xabardor bo’lish uchun eng yaxshi usul. Boshqa tomondan, “WeCHat” xitoyliklarning o’qish odatlari va ularda o’qish ko’rsatkichining oshishiga turtki bo’ldi. Bu platformaning nogironligi bo’lgan bolalarga qulayligi shundaki, barcha ta’lim haqidagi yangiliklar, ta’lim to’g’risidagi maqolalar bilan xohlagan vaqtda tanishishlari mumkin. “MOOCs” platformasi masofaviy va bepul ta’lim shakllaridan biri bo’lib, Xitoyda jadal rivojlanmoqda. Bu platformadagi onlayn videodarslar xitoylik va amerikalik professor-o’qituvchilar tomonidan ishlanadi. Barcha bolalar va talabalar ushbu videodarslardan joy va vaqt farqi bo’lmagan holda foydalanishlari mumkin. Shu bilan birga, nogiron va nuqsonli bolalalar uylaridan turib istagan vaqtida ushbu videodarslar va qo’llanmalardan foydalanib, bilim olishlari mumkin. Xitoyliklar bu muammoga ham yechim topishmoqda, biroq bizda bu kabi muammolarga qachon yechim topiladi? 2020-yil holatiga ko’ra, O’zbekistonda 700 ming nafar nogironlar mavjud ekan, ulardan 100 ming nafari esa 16 yoshgacha bo’lgan bolalarni tashkil etadi. 2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi konstitutsiyamizning 50-moddasiga aynan inklyuziv ta’lim to’g’risidagi yangi norma qo’shildi. Balki, mamlakatimizni aynan shu jabhasini rivojlantirish vaqti kelgandir. Shu normani o’qiganimdan so’ng inklyuziv ta’lim va nogiron bolalarni taqdiri meni juda o’ylantirib qo’ydi. Bunga eng samarali yechim, birinchi navbatda aholi orasida inklyuziv ta’limni targ’ib qilish lozim. Chunki, ko’pchilik bu ta’lim shakli haqida ma’lumotga ega emas. Aynan targ’ibot-tashviqot ishlari orqali bu muammoga yechim topamiz. Aholi ongida inklyuziv ta’lim tushunchasini shakllantirganimizdan so’ng esa nogiron bolalarni, sog’lom bolalar bilan birga, bir sinfda o’qish g’oyasini ilgari suramiz. Bu haqiqat, mamlakatimizda nogiron bolalar uchun maxsus bir nechta maktablar bo’lishi mumkin, lekin ko’p emas. Aynan, Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahrida 1-sonli internat maktab mavjud. Bu maktabda nuqsonli, nogiron, aqliy zaif va shu kabi turdagi bolalar tahsil olishadi. Biroq, ular sog’lom bolalar bilan o’qishni xohlashlari, hatto buni orzu qilishlari haqida hech o’ylab ko’rganmisiz? Men esa shu bolalar bilan suhbatlashganimda, ularda hayotga, ta’lim olishlariga va asosiysi kelajaklariga bo’lgan umid uchqinlari so’nayotganligini sezdim. Bunga esa eng katta sabab siz va meni ularga nisbatan qilayotgan e’tiborsizligimizdir. Sog’lom va nogiron bolalar bir sinfda tahsil olishsa, bu ular o’rtasidagi diskriminatsiyaning oldini olish va nuqsonli bolalarni o’zlariga nisbatan ishonchning oshishiga olib keladi. Shu bilan birga maktablarda inklyuziv ta’lim shakli ta’minlanadi. Download 11.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling