1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari
Moy tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori
Download 388.07 Kb.
|
Yoqilg\'i moy1
Moy tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori.Prisadkalar qo’shilmagan moy tarkibida mexanik aralashmalar bo’lmasligi kerak, prisadkali moylar tarkibida èsa, massasi bo’yicha 0,15% dan oshmasligi lozim. Chunki mexanik aralashmalar ishqalanib ishlovchi qismlar sirtiga abraziv ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Motor moyi tarkibida suv bo’lmasligi zarur. Tarkibida juda oz miqdorda suv bo’lganda ham mayda-mayda ko’pik va èmulsiya paydo bo’ladi va bu qismlar sirtida moy pardasinining mustaxkamligini yomonlashtiradi. Qo’shilmalar (prisadkalar). Bular moylar sifatini yaxshilash uchun qo’shiladigan maxsus moddalardir. Moyning qandaydir bitta xususiyatini yaxshilaydigan qo’shilmalar bir funktsional, birdaniga bir qancha xususiyatini yaxshilaydiganlari kompleks qo’shilmalar deb ataladi. Moyning qovushqoqligini oshiradigan qo’shilmalar. Bu qo’shilmalar qovushqoqligi kam bo’lgan moylarga qo’shiladi. Bunday qo’shilmalar motor moylarining indeksini oshiradi, ya’ni yuqori haroratlarda moyning qovushqoqligini oshiradi va harorat pasayganda qovushqoqligini kamroq oshirish xususiyatini beradi. Depressor qo’shilmalar. Ular parafin krisatallarining o’sishini to’xtatib turadi, buning natijasida moyning qotish harorati 15-200S ga pasayadi. Oksidlanishga qarshi qo’shilmalar. Bu qo’shilmalar ish bajarayotgan qismlarning korroziyalanishga sabab bo’luvchi kislota va kimyoviy birikmalarning hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Yuvuvchi qo’shilmalar. Bu qo’shilmalardan moy ish bajarayotgan paytda uni ifloslantiruvchi muallaq zarrachalarni tutib qolish uchun foydalaniladi. Bunday qo’shilmalar qo’shilganda dvigatel detallarining sirtida va moy o’tkazgichlarda lak hamda cho’kindilar o’tirishi kamayadi. Korroziyalanishga qarshi qo’shilmalar. Ular detallar sirtida korroziyalanishdan saqlaydigan himoya pardasi hosil qiladi. 12-mavzu: Neft fraksiyalarini o‘rtacha qaynash harorati. Neftni qayta ishlash - Neftdan neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, moy, bitum, gudron, parafin va boshqalar) olishda qoʻllanadigan texnologik usullar majmui. Neftni qayta ishlashdan avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalar tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bugʻlatib haydash, distillyatlarni tozalash, qoʻshimchalar qoʻshish va boshqalar bajariladi. Neftni haydash usuli miloddan avval maʼlum edi. Bu usul neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida qoʻllangan. Qadimgi yunon tabibi Kassiy Feliks va Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar oʻtkazishgan. Xorazm geografi Bakron (13-asr) Boku neftini haydash haqida birinchi boʻlib eslatib oʻtadi. XVIII asrga kelib neft konlarini qidirish va oʻrganish munosabati bilan neftni haydashga katta eʼtibor berildi. Neftni haydash laboratoralari qurildi. 1823-yilda aka-uka Dubininlar Mozdok shahri yaqinida davriy ishlaydigan neftni haydash zavodini qurdilar. Ular kubga quyilgan 40 chelak neftdan 16 chelak haydalgan neft olganlar. Shu tariqa neftni haydash zavodlari taraqqiy eta boshladi. Download 388.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling