1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari
API bo‘yicha motor moylarining tasnifi
Download 388.07 Kb.
|
Yoqilg\'i moy1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-mavzu: Industrial, kompressor va elektroizolyasion moylar
API bo‘yicha motor moylarining tasnifi: SAE bo‘yicha tasnif motor moylarining faqat qovushqoqlik — harorat xossalariga taalluqli va moyning boshqa ekspluatatsion xosslari bo‘yicha ma’lumot bermaydi. Motor moylarining ishlash sharoitlari va ekspluatatsiya xosslarining darajalari bo‘yicha birinchi tasnifi 1947-yilda Amerika neft instituti (API) tomonidan tavsiya qilingan. 0 ‘shandan beri bu tasnif ko‘p marotaba o‘zgardi va to‘ldirilib borildi, lekin motor moylarining ikki kategoriyaga ajratish prinsipi saqlanib qolindi. «S» (Servicye) kategoriyasiga yengil avtomobillar, mikroavtobuslar, pikaplarning 4 taktli benzinli dvigatellari uchun moylar kiradi, «S» (Commercial) kategoriyasiga esa avtotransport, yo‘l qurilish texnikasi va qishloq, xo'jalik mashinalarining dizellari uchun mo‘ljallangan moylar kiradi. Benzinli dvigatellar va dizellarni moylash uchunqo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moylar universal moylar deb ataladi. API bo‘yicha motor moylari ekspluatatsion xossalarining darajalari «S» yoki «S» xarflaridan keyingi birinchi harflarning (lotin alifbosidagi) ortish tartibi bilan belgilanadi hamda ishlatilish sohasi ko'rsatiladi. Shu paytgacha Sirvicye kategoriyasi 10 ta klass (SA, SB, SC, SD, SE, SF, SG, SH, SJ, SL), Commercial kategoriyasi esa 11 ta klass (SA, SV, SS, CD, CDII, SE, C F -4, C F-2, C G -4, C H -4) kiritilgan. Klasslar belgilanishdagi raqamlar: CDII, CF—4, CF—2, CG—4 va CH—4 ushbu klassdagi moylarning 2 taktli va 4 taktli dizellarda ishlatish haqida ko‘shimcha ma’lumot beradi. Universal moylami belgilashda ikkilangan markirovkadan foydalanishadi. Masalan, SG/CD, CH-4/SJ va hokazo. Guruhlari moylari ham benzinli dvigatellarda, ham dizellarda ishlatilishi mumkin. Kategoriyalar joylashish ketma-ketligi dvigatellarda va ham dizellarda ishlatilishi mumkin. Kategoriyalar joylashish ketmaketiligi dvigatellarda u yoki bu turdagi moylar qo‘llanilishi ustuvorligini ko‘rsatadi.
8-mavzu: Industrial, kompressor va elektroizolyasion moylar: Industrial moylar (ishlab chiqarish jihozlarini, mashina va mexanizmlarini moylash uchun mo‘ljallangan industrial moylar) ulushi umumiy ishlab chiqarilayotgan moylar hajmining 30 % dan ko‘prog‘ini tashkil qiladi. Industrial moylami, texnik asoslangan va qabul qilingan sinfifikatsiyasi mavjud emas. Qo‘llanish sohasiga qarab moylar umumiy va maxsus, qo‘ndirmali va qo‘ndirmasiz turlarga bo‘linadi. Qo‘llanish sohasi bo‘yicha industrial moylar tishli uzatmalar uchun ishqalanib moslashish uchun va ayrim boshqa chegaralangan qo‘llanishi moylariga ajratiladi. Industrial moylami motor moylaridan farqi ularni past haroratda ishlovchi issiq havo va gazlar bilan bevosita aloqada bo‘lmagan ishqalanuvchi mexanizmlar tugunlarida ishlataolishidir. Bu maqsadlarda asosan turli xil tozalikdagi distillyat moylari ishlatiladi. Yaqin vaqtlaigacha sanoat jihozlarini surkovi uchun industrial moylar qo'ndirmalarsiz chiqarilar edi va har doim ham jihozni ishonchli ekspluatatsiya ishlariga javob bera olmas edi. Turli darajadagi kuchlanishli tishli uzatmalar va boshqa sanoat jihozlari uchun bir necha seriyada qo‘ndirmali industrial moylar ishlab chiqarilgan (IGP, ISP, IRP va ISP seriya-sidagi moylar). Ulaming tasniflari quyidagicha keltirilgan: Download 388.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling