1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari
Tormoz suyuqliklarining xossalari
Download 388.07 Kb.
|
Yoqilg\'i moy1
Tormoz suyuqliklarining xossalari: Yuqori harorat ta ’siriga chidamlilik xossasi, Qovushqoqligi xossasi, Rezina detallariga chidamlilik xossalari, M etall yuzalariga chidamlilik xossalari, M oylash xossalari, Oksidlanishga qarshi xossalari. Har qanday torm oz suyuqligiga yonilg‘i va moy aralashishiga yo‘l qo‘yib b o ‘lmaydi, chunki nefit mahsulotlari rezina detallarini yemiradi, oqibatda tormoz tizimi ishlamay qoladi. Tormoz suyuqliklari o ‘rtacha ikki yil ishlagandan so‘ng almashtirilishi lozim. K o‘pincha suyuqlik o ‘z muddatini to ‘la o ‘tmasdan xossalari yomonlashib ketadi. Bunga asosiy sabablardan biri ishchi silindrlarda changdan saqlovchi rezina g‘iloflarining bo‘lishiga qaramasdan porshen shtoki kirib-chiqishi jarayonida chang kirishidir. Chang asta-sekin porshen va silindr yuzalarini yemira boradi. Moy asosida tayyorlangan suyuqliklar esa bundan tashqari oksidlanadi. Natijada tormoz suyuqligi tez eskiradi, yoyilishdan hosil bolgan nozichliklardan sizib chiqadi va torm oz tizimi ishlamasdan yo‘l-transport hodisasiga olib keladi. Tormoz tizimida ishlatish uchun tavsiya etilmagan suyuqliklardan foydalanish taqiqlanadi. Bundan tashqari, har xil markadan tormoz suyuqliklarini aralashtirish qat’iyan man etiladi.
Amortizator suyuqliklari: Amortizator suyuqligi sifatida AJ-12T suyuqligi ishlatiladi. Bu suyuqlik qovushqoqligi past mineral moyga kremniy organik birikmalar, shuningdek, yemirilishga va oksidlanishga qarshi qo'shilm alar qo‘shib tayyorlanadi. AJ-12T suyuqligi zichlash detallari moyga chidamli rezinadan tayyorlangan sistemalarda ishlatiladi. U -50 dan +60 °C harorat diapazonida amortizatorlaming normal ishlashini ta’minlaydi. AJ-12T suyuqligining qovushqoqligi 20°Cda 30-60 mm2 /s., 50°Cda 10-16 mm2 /s., 100°C da 3,5-6,0 mm2 /s. AJ-12T suyuqligining -20°Cda qovushqoqligi 800 mm2/sdan oshmasligi kerak, qotish harorati -52 °C. MGP-10 moyi avtomobillarning gidravlik amortizatorlarida barcha mavsumlarda ishlatish uchun m o‘ljallangan bo‘lib, hayvonot yog‘lari, oksidlanishga va ko‘piklanishga qarshi qo‘shilmalar aralashm asidan iborat. Agar ishlab chiqarishda maxsus amortizator suyuqliklari bo‘lmasa, ulami teng miqdorda olingan transformator va turbina moylarini aralashtirib tayyorlash mumkin. Sovutish suyuqliklari. Ma’lumki dvigatel ishlayotganda, ayniqsa, ish yuli takti bajarilganda, yuqori haroratga ega bo‘lgan gazlarni ta’sirida silindrlar, silindrlar blokining golovkasi, klapanlar, porshenlar qizib ketadi. Agarda qizigan detallami sovutilmasa ishqalanuvchi yuzalar orasidagi moy kuyib, ishqalanish haddan tashqari oshib ketadi. Qizishdan detallar kengayadi. Ayniqsa, alyuminiyli qotishmadan tayyorlangan porshen kengayib silindr ichida qadalib qolishi mumkin. Shu sababli dvigatelning qizigan detallarini uzluksiz ravishda sovitib turish lozim. Lekin, dvigatelni haddan tashqari sovitib yuborish ham zarar. Chunki soviq dvigatelda moy quyuqlashib, uning qarshiligini yengishga sarflanadigan dvigatelning quw ati ortadi. Undan tashqari yonuvchi aralashma yaxshi buglanmaydi, qisman buglangani esa sovuq detallarga urilib tomchiga aylanadi va silindrlar devoridagi moyni yuvib tushiradi. Natijada, silindr-porshen guruhiga kiruvchi detallaming yeyilishi ortadi. Yonuvchi aralashmaning yaxshi buglanmaganligidan uning yonish tezligi sustlashadi va dvigatelning quvvati pasayadi. Sovitish tizimi dvigatelning ishlashi uchun qulay bo‘lgan issiqlik rejim ini kerakli xolda (85-90°C) saqlab turish vazifasini bajaradi. Ichki yonuv dvigatellari havo yoki suyuqlik bilan sovitiladi. Dvigatel ishlayotganda sovituvchi suyuqlik harorati 85-90°C ga, ba’zan 105-110°C ga yetadi. Dvigatel ortiqcha qizib ketishi natijasida silindrlarga yonqvchi aralashma yoki havo kam kiradi va quvvat pasayadi, yonilg‘ining sarfi ortadi, moy suyulib, qovushqoqligi kamayadi. Aksincha, dvigatel ortiqcha sovitilsa, moyning qovushqoqligi ortadi, sifatli yonuvchi aralashma hosil bo‘lmay, aralashma to‘liq yonmaydi. Har ikkala xolda ham dvigatel detallarining tez yeyilishi kuzatiladi. Dvigatel uzoq muddat ishlashi uchun sovitish tizimidagi suvning harorati 80-90°C oralig‘ida ushlab turilishi lozim. Aks xolda dvigatel detallarining tez yeyilishi kuzatiladi. Hozirgi zamon dvigatellarida suyuqlik sifatida suv va antifriz ishlatiladi. Bu suyuqliklarga quyidagi talablar qo‘yiladi: - qaynash harorati sovitish tizimidagi eng yuqori haroratdan 15- 20°C yuqori bo‘lishi kerak; qotish harorati havoning haroratidan 5-10°C past bo‘lishi kerak; - metall detallami korroziyalamasligi kerak; suyuqliklar arzon, yetarli, yong‘in chiqish jihatidan xavfsiz bo‘lishi kerak. Sovitish tizimida suvdan va antifrizdan foydalaniladi. Suv issiqlikni o‘ziga tez oladi va o'zidan tez tarqatadi, issiqlik sig‘imi katta, qovushqoqligi past, arzon va yetarli miqdorda. bo‘lib, ishlatishga qulay. Lekin sovitish tizim ida qaynagan suvning quyqasi (nakip)cho‘kib, suv g‘ilofi devorlarida tuz qatlami hosil qiladi. Buning natijasida silindrlar blokining issiqlik o'tkazish qobiliyati sustlashadi, suv g‘iloflarining devorlari zanglaydi. Qish faslida radiatordan to‘kilmagan suv muzlab, silindrlar blokini yorib yuborishi mumkin. Shuning uchun sovituvchi suyuqlik sifatida, yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklardan xoli bo‘lish uchun antifriz suyuqligidan foydalanilmoqda. Tizimda suyuqlik sifatida suv ishlatilganda yumshoq suvlardan (yomg‘ir va qor suvlari) foydalanish tavsiya etiladi. Qattiq suvni yumshoq suvdan unda sovun ko‘pirtirib aniqlash mumkin. Suvni yumshatishning eng oddiy usuli, uni 15-20 minut davomida qaynatishdir. 1 litr suvni tarkibida 20,04 mg kalsiy va 12,16 mg magniy tuzlari bo‘Isa bu suvning qattiqligi 1 mg/ekvivalentga teng deyiladi. Download 388.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling