Reja: 1 Sovituvchi moylovchi vositalar


Download 89.85 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi89.85 Kb.
#1591816
Bog'liq
KESIB ISHLASHDA ISHLATILADIGAN MOYLOVCHI SOVUTUVCHI SUYUQLIKLAR


KESIB ISHLASHDA ISHLATILADIGAN MOYLOVCHI SOVUTUVCHI SUYUQLIKLAR
REJA:
1)Sovituvchi moylovchi vositalar
2)MSTM guruxlari
3)MSTM da ish unumdorligi

Kesuvchi asbob turg‘unligini oshirishga sovituvchi moylash vositalari (SMV) kiradi. SMV ni qo‘llash kesish haroratini pasaytiradi, qirindi chiqishini yaxshilash hisobiga ishlov berilgan yuzani sifatini yaxshilaydi. Sovituvchi moylash vositalariga har xil suyuqliklar, aerozollar, siqilgan havo va boshqalar qo‘llaniladi. Tajribalar uni ko‘rsatadiki, kesish haroratini pasaytirish samaradorligini oshirish sovituvchi-moylovchi suyuqliklarni kesish (zonasi) joyiga yetkazib berish muhim omil hisoblanadi (har xil suyuqliklar, aerozollar, tuman bilan sovutish va boshqalar).


Bundan tashqari, kesuvchi asboblarning bikrligini va tebranishlarga chidamliligini oshirish, ularni turg‘unligini, yuqori uzatishni qo‘llash, shuningdek, kesish jarayonini unumdorligini oshirishga yordam beradi. Istiqbolli kesuvchi materiallarni qo‘llash (qattiq qotishma, keramika, o‘ta qattiq materiallar) kesuvchi asbob puxtaligini, jadallik bilan kesish rejimlarini tanlashni, kesuvchi qirra yemirilishida asbobni tez almashinuvchanligini ta'minlaydi. Kesuvchi asbobni takomillashtirishning oxirgi nuqtasi kesuvchi asboblarni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni, yangi istiqbolli asboblarni joriy etish, asbob tan narxini ishlatishga ketgan xarajatlarni kamaytirish bilan aniqlanadi.
Moylash-sovutish texnologik muhitini qo'1lash kesish hududidagi haroratni va kesish kuchlarini kamaytiradi, parm alarning turg'unligini yoki yo‘1 qo'yiladigan kesish tezligini (berilgan turgeunlikda) oshiradi. M STM ning ta ’siri, ayniqsa, plastik metallarga ishlov berishda va chuqur parmalashda samarali bo'ladi. MSTM ni qo‘llash detallarni parm alashda kesish tezligini 15...25% oshirish imkonini beradi. Parm a ishini yengillashtirish va, xususan, qiyin ishlanadigan m ateriallarni kesishda asbob maxsus charxlanadi, bundan maqsad — ko‘ndalang tig'da qulay burchaklarni hosil qilish va uni qisqartirishdan iborat. Shu tarzda ularning turg'unligini oshirish yoki kesish tezligini orttirish (turg‘unlik doimiy bolganda ) m um kin. Bunga parm alarn ikkilantirib charxlash, kashak, silindrik tasmani biroz charxlab olish va boshqa yollar bilan erishiladi.
Kesib ishlashda qo‘llaniladigan moylash-sovitish texnologik mu- hitlari MSTM quyidagi guruhlarga bo'linadi:
l.Sovitish-moylash suyuqliklari (SMS):
a) sovun, moy va mineral elektrolitlarning suvdagi eritmalari, emulsiyalar (ikki fazali dispers sistema bo‘lib, bir-birida erimaydigan suyuqliklardan tuziladi);
b) mineral va o‘simlik moylari (surep, zig'ir, kastor va boshqalar, fosfor, oltingugurt va xlor qo'shilgan mineral moylar, sulfofrezol (oltingugurtlangan moylar), olein kislotasi, uglerod IV xloridi) va boshqalar;
d) kerosin va sirt aktiv moddalar (SAM)ning kerosindagi eritmalari, o‘simlik moylari qo'shilgan kerosin;
e) qattiq holdagi moylovchi moddalar—kolloid holdagi grafit, xlorlangan parafln, mum, molibden II-sulfid va boshqalar qo'shilgan moylar va emulsiyalar. Qiyin ishlanadigan metall va qotishmalarni kesishda murakkab tarkibli SMS, masalan 5...10% Ukrinol-1, 5...10% Akvol-3, 5...8% РЗ СОЖ8, MP-4 va boshqa suvli eritmalar qo‘llaniladi.
2. Gazsimon moddalar:
a) C02, azot, havo va boshqa gazlar;
b) sirt aktiv moddalar (SAM) bug‘lari;
d) purkaladigan suyuqliklar va ko‘piklar.
3. Qattiq moddalar: sovun va parafinning kukuni, petrolatum, bitum, mum, grafit, molibden disulfidi, soda, kalsiy xloridi va boshqalar
Moylash-sovitish texnologik muhitlaridan to‘g‘ri foydalanish kesib ishlov berishda ish unumdorligini 2-3 marta, kesuvchi asbob turg'unligini 8- 10 marta oshirishga imkon beradi.

Xulosa: Men bu mavzu orqali moylovchi sovituvchi moddalarning ishlatilishi va ularning turg’unlik davriga tasirini shuningdek bundan tashqari, kesuvchi asboblarning bikrligini va tebranishlarga chidamliligini oshirish, ularni turg‘unligini, yuqori uzatishni qo‘llash, shuningdek, kesish jarayonini unumdorligini oshirishga yordam beradi. Istiqbolli kesuvchi materiallarni qo‘llash (qattiq qotishma, keramika, o‘ta qattiq materiallar) kesuvchi asbob puxtaligini, jadallik bilan kesish rejimlarini tanlashni, kesuvchi qirra yemirilishida asbobni tez almashinuvchanligini ta'minlaydi. Kesuvchi asbobni takomillashtirishning oxirgi nuqtasi kesuvchi asboblarni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni, yangi istiqbolli asboblarni joriy etish, asbob tan narxini ishlatishga ketgan xarajatlarni kamaytirish bilan aniqlanishini bilib oldim.


Hozirgi zamon mashinasozligida metallarni va metallmas materiallarni kesib ishlash jarayoni xilma xildir. Metallarga mexanik ishlov berishning usullari ko‘p. Buning uchun har xil jihozlar va kesuvchi asboblar ishlatiladi. Masalan, metall qirqish dastgohlari XII asrdayoq paydo bo‘lgan. Metall qirqish stanoklar deb metall va boshqa konstruksion materiallardan tayyorlangan zagotovkalardan metall qirqish asboblar yordamida qirindi olib kesib ishlash natijasida detal (mahsulot)larga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashinalarga aytiladi. Hozirgi zamon metall qirqish stanoklari juda murakkab texnologik jarayonlarpi bajara oladigan turli va keng tarqalgan mashinalardir. Yuqori sifatli va aniq detallarni ishlab chiqarish texnologiyasidagi katta yutuqlarning mavjudligi, kam chiqindili yoki chiqindisiz texnologiyani qo`llanishiga qaramay kesib ishlash va unga mos ravishda metall qirqish stanoklarning mashinasozlikdagi ahamiyati pasaymayapti. Zamonaviy stanoklarda soatlar va priborlarning eng kichik elementlaridan tortib, turbina, teploxod, prokat stanlari va boshqalarni, o‘lchamlari bir necha metrlarga eytadigan detallariga ishlov beriladi. Shu tufayli stanoklarning gabaritlari ham har xildir. Ularning tarkibiga juda ko‘p mexanizmlar kirib, ular turli harakatlarni amalga oshirish va ish siklini boshqarish maqsadida mexanik, elektrik va gidravlik usullardan foydalaniladi. Stanoksozlik miqdor va sifat jihatidan to‘xtovsiz rivojlanib bormoqda. Stanoklarning aniqligi, quvvati, ish unumdorligi, ishonchliligi va uzoq muddat ishlay olish ko‘rsatkichlari yaxshilanib bormoqda. Ularning ekspluatatsion xarakteristikalari zamon talablariga moslashmoqda, texnologik imkoniyatlari kengaymoqda, kompanovka va shakllari mukammallashmoqda. Stanoksozlikning taraqqiyoti barcha sohalarini ish unumdorligi yuqori va eng sifatli stanoklar biIan qurollantirib turish imkoniyatini yaratadi. Sovutish-moylash suyuqliklari tarkibini tanlashda suyuqlik asbob va keskich materiallarini yaxshi namlashi, materiallar ichiga kirishi yaxshi bo‘lishini inobatga olish kerak. Detalll va asboblarning yuzalarini suyuqlikning yaxshi namlashi xususiyati, Sovutish-moylash suyuqliklarini yog‘lash, yuvish, sovutish, o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini shakllanishiga dastlabki shart-sharoit xisoblanadi. Yomon namlovchanlik sovutish-moylash suyuqliklarini kesish jarayoni tasiriga shubxa uyg‘otadi. Kesish jarayonida asbob va ishlov beriladigan yuzani namlanishi katta tezlik bilan amalga oshishi kerak. Namlanish tezligini qattiq tananing gorizontal yuzasidan tomayotgan suyuqlik tomchilari tezligiga qarab baho berish mumkin. Suyuqliklarni oqish tezligi, ishlov berilayotgan yuza g‘adir- budurligiga va asbob tig‘i yuzasiga (notekislik burchagi va balandligi va boshqalar), qovushqoqligiga va suyuqlikning sirt
taranglik kuchiga bog‘liq. Sovutish-moylash suyuqliklarining kesuvchanlik xususiyatlari deganda ishlov berilayotgan metallning yupqa yuza qatlamini suyuqlik muhiti ta’sirida mustaxkamligi pasayishi(yumshashi) tushuniladi. Ishlov berilayotgan materialning yuza energiyasining pasayishi xisobiga uning oquvchanlik chegarasi, siljishlarga qarshiligi va kesish kuchi kamayadi. Kontakt yuzalarning g‘adir-budurligiga ruxsat etilgan eyilish bilan kesuvchi asbobning bardoshliligini bog‘lovchi aloqa tenglamalari taklif qilingan. Komponentlarning funktsional xususiyatlariga qarab tanlab olish maqsadga muvofiq ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan, bu gidravlik suyuqliklar uchun avtomobil va aviatsiya yog‘lariga qo‘shimchalarni sintezi bilan shug‘ullanayotgan sovutish-moylash suyuqliklarini ishlab chiqishga ko‘plab mutaxasislarni jalb qilish imkoniyatini beradi. Sovutish-moylash suyuqliklarini tanlash va ishlab chiqish usulublari taklif qilingan. Sovutish-moylash suyuqliklarini yog‘lash xususiyatlari natijalarini va ayrim yangi sovutish-moylash suyuqliklari tarkibiga qo‘shish uchun tanlab olingan qo‘shimchalarning miqdoriy bahosi keltirilgan. Rebinder effekti tabiatda, texnikada va ilmiy izlanishlar amaliyotida kuzatilayotgan ko‘plab hodisalar asosida yotadi. Absorbsiya xisobiga yuza energiyasi kamayadi, bu kuchlanishlar ostida bo‘lgan atomlararo bog‘lanishlarni uzishni osonlashtiradi. Bo‘linishlar zonasida yoriqlarni tarqalish sxemasiga mos ravishda YFM (yuzaki faol modda) atomi-metall atomi bog‘lamasini metal atomi YFM atomi bog‘lamasiga almashtiradi, natijada metal mustahkamligi keskin pasayadi. Ayrim YFM lar metal kristal strukturasini buzilishigacha olib boradi. YFM molekulalari kesish jarayonida hosil bo‘lgan mikro yoriqchalarga o‘rnashib oladi, misoli ponaday uni yoradi. Kesish jarayonida atomlararo bog‘lanishlarning kuchsizlanishi ishlov berilayotgan metallni deformatsiyalanishini va uzilishini osonlashtiradi. Rebinder effektining paydo bo‘lish shakli ishlov berilayotgan metallning kimyoviy tabiati, uning strukturasi, kesish shartlariga bog‘liq. Bu effekt quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin: adsorbsiyalangan malham sifatida(plastik deformatsilanishni engillashtirib), absorbsiyalanib mustaxkamlikni pasayishi va qatiq tana strukturasini o‘z o‘zidan o‘zgarishi ko‘rinishida. Rebinder effekti molekulyar tabiatiga ko‘ra qattiq jisimlarga yaqin suyuqliklar qo‘llanilganda kuchliroq namoyon bo‘ladi. Shuni xisobga olish kerakki suyuqlikning komponentlari qattiq tana bilan reaksiyaga kirishadigan bo‘lsa, mustaxkamlikning absorbsion kamayishi effekti kuzatilmaydi. Muxitning (masalan, kesish jarayoni) ishtirokida mexanik kuchlanishlar ta’siri ostida paydo bo‘lishi mumkin. Mana shu Rebinder effektining qattiq tanalar mexanik xususiyatlariga ta’sir etuvchi boshqa hodisalar muxitining ta’siridan tubdan farq qilishini ko‘rsatadi, jumladan, zanglash va eritma hosil bo‘lish jarayonlari-tananig parchalanishi mexanik kuchlanishlar bo‘lmagan holatda muxitning ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Sovutish-moylash suyuqliklari sovitish xususiyatlari asboblar turg‘unligiga, ishlov aniqligiga, yuza g‘adir-budurligiga, yuza qatlamidagi qoldiq kuchlanishlarga va boshqalarga ta’sir qiladi. Ular sovutish-moylash suyuqliklari tarkibiga, alohida komponentlarning fizik-kimyoviy va issiqlik fizik kattaliklariga bog‘liq bo‘ladi. Organik va mineral tuzlar bug‘ plyonkasi turg‘unligini kamaytirishi mumkin. Sovutish-moylash suyuqliklari sovutish qobilyatiga qovushqoqlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, solishtirma issiqlik sig‘imi, uning komponentlari bug‘lanish issiqligi ta’sir ko‘rsatadi. Metallarni yuqori tezliklarda qattiq qotishmali asboblardan foydalanib kesishda sovutish-moylash suyuqliklarini mo‘l-ko‘l qilib va uzluksiz quyish tavsiya etiladi. Ayrim operatsiyalarda , masalan frezalash jarayonida qattiq qotishmali plastinalarni tez tez qaytariluvchi kirishchiqishlari xisobiga siklik kuchlanishlarni ortishi yoriqchalar hosil bo‘lishiga va asboblar turg‘unligini pasayishiga olib keladi. To‘g‘ri tanlangan sovutish-moylash suyuqliklari ishqalanish kuchini va kesish kuchini kamaytiradi, bu esa ajralayotgan issiqlikni pasaytiradi. Kesish jarayonida asosiy issiqlik manbai strujka hosil bo‘luvchi zonalar va asbobning old va orqa uchastkalari, qaysiki ishlov berilayotgan yuza va strujkani kontakt yuzalari xisoblanadi. Issiqlik ajralishi kesish tezligi ortishi bilan va ozroq uzatish va chuqurlikning ortishi bilan ortadi. Issiqlikning ajralishi plastik materiallarga (po‘latlarga) ishlov berishda, mo‘rt materiallarga (cho‘yanga) ishlov berishga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. XULOSALAR 1. Sovutish-moylash suyuqliklarini turli operatsiyalarda sinab ko‘rildi: tokarlik, parmalash, rezba ochish va tokarlik-vint o‘yish va ko‘ndalang parmalash stanoklarida. TiC va TiN yeyilishga bardoshli qoplamali ВK8 qattiq qotishmali plastinalar bilan qurollangan P18, P6M5 tez kesuvchi po‘latdan tayorlangan asboblardan foydalanildi. Po‘lat 45 materialiga ishlov berildi. Noto‘g‘ri tanlangan sovutish-moylash suyuqliklari strujkaning tayanch tomonini qattiq bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi va natijada asbobning turg‘unligini pasaytiradi 2. To‘g‘ri tanlangan sovutish-moylash suyuqliklari ishqalanish kuchini va kesish kuchini kamaytiradi, bu esa ajralayotgan issiqlikni pasaytiradi. Kesish jarayonida asosiy issiqlik manbai strujka hosil bo‘luvchi zonalar va asbobning old va orqa uchastkalari, qaysiki ishlov berilayotgan yuza va strujkani kontakt yuzalari hisoblanadi. Issiqlik ajralishi kesish tezligi ortishi bilan va ozroq uzatish va chuqurlikning ortishi bilan ortadi. Issiqlikning ajralishi plastik materiallarga (po‘latlarga) ishlov berishda, mo‘rt materiallarga (cho‘yanga) ishlov berishga qaraganda ko‘proq bo‘ladi.
Download 89.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling