1-mavzu: Nizoning belgilari (alomatlari)
Download 69.25 Kb.
|
4J4egdGKOzgAi5maevVcjr1qy9iiWuNUj0QLqkgH
Nizoning funksiyalari
Ta’kidlash joizki, nizoning rivojlanish mexanizmi sifatidagi ijobiy roli psixologiya fanida umummetodologik ma’noda bir necha marotaba qayd etilgan. Shaxslararo nizo sharoitida shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarini tushunish uchun psixologik hodisalar determinatsiyasining kо’p darajali va kо’p omilli xarakteri haqidagi holat ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun nizoli vaziyat va nizoli vaziyatdagi о’zaro ta’sir kabi jabhalarni ajratish maqsadga muvofiqdir. Voqelikning bu ikki tomonini ajratish quyidagicha bо’ladi. Insonlarning о’zaro ta’sir tizimi. Har qanday tizim kabi unga obyektiv xos bо’lgan holatlar yig‘indisi bilan xarakterlanadi. Shaxslararo о’zaro ta’sir tizimining bunday holatlaridan birinizoli holatdir. U bu holatni о’zaro ta’sir ishtirokchilari qanday idrok qilishlariga bog‘liq bо’lmagan tarzda nizoli holat deb baholash imkonini beruvchi alohida obyektiv omillar tо’plamidan iborat. Konkret vaziyatlarda bu omilarning dolzarblashishi nizoli vaziyat hisoblanadi. Nizoli vaziyatning mavjudligi yuqorida ta’kidlanganidek, kognitiv shaxslararo nizo xususiyatlarini kо’rib chiqishda о’zaro ta’sir nizoli tip bо’yicha rivojlanadi degani emas. Tahlili jarayonida kamida uchta xulq-atvor strategiyasini ajratish mumkin, ulardan har biri nizoli vaziyat qatnashchilari о’rtasidagi munosabatlar rivojlani xususiyatlarini aniqlab beradi. Birinchidan, bu vaziyatdan qochish; ikkinchidan “muzokaralar”, “savdolashish” munosabatlari va x.k., va nihoyat, tomonlar kurashi, konfrontatsiyasi bilan bog‘liq nizoli munosabatlar. Shaxslararo nizolarning yuzaga kelishi va rivojlanishidagi obyektiv va subyektiv omillar mutanosibligi dinamikasi tahlili qila turib E.A.Orlova va L.B.Filonov quyidagi qonuniyatlarni ajratib kо’rsatadilar: Nizoli vaziyat qatnashchilari tomonidan xulq-atvorni konkret shakllarining amalga oshrilishi juda bо’lmaganda bitta tomonning о’zaro ta’sir tipiga nisbatan qaror qabul qilishiga bog‘liq bо’ladi. Har ikkala qatnashchilarning о’zaro ta’sir yо’nalishi, xulq-atvor tuzilmasi xarakterini tanlashi, shuningdek, bu xatti-harakatlar samaradorligi xulq-atvor mexanizmlarining vaziyatga qanchalik mos kelishi va qaror qabul qilish uchun ular qay darajada maqbul ekanligiga bog‘liq bо’ladi. О’zaro ta’sirning tuzilmaviy jabhalarni belgilovchi hamda individual harakatlar va xulq-atvor mexanizmlarini aniqlab beruvchi psixik mexanizmlarni tanlash har bir qatnashchida mazkur konkret vaziyat uchun zarur bо’lgan tо’plamlardan ortib ketishi kerak. Nizoli vaziyat qatnashchilarining bevosita xulq-atvori xarakteri о’zaro ta’sir qatnashchilari alohida shaxslilik xususiyatlariga borib taqalmaydi va faqat ularga bog‘liq bо’lib qolmaydi. Amalga oshirilayotgan xulq-atvor о’ziga xos proyeksiya bо’lib, ulardan har biri mazkur о’zaro ta’sir vaziyatini yuzma yuz kelganda qanday belgilashiga bog‘liq. Nizoli vaziyatdagi о’zaro ta’sir haqida gap ketganda, shuni ta’kidlash joizki, odamlar о’rtasidagi о’zaro ta’sir xarakteri о’zgarishini о’rganish xulqatvorning keyingi patternlari determinantlari sifatida qatnashuvchi ba’zi holatlarni ajratish imkonini beradi. Shunday qilib, shaxslararo nizo qatnashchilarining shaxslilik rivojlanishi tomonimizdan ulardagi subyektlilikning turli shakllarini dolzarblashtirish va keyinchalik shakllantirish sifatida qaraladi. Nizoli о’zaro ta’sirlarning shaxsni rivojlantiruvchi salohiyatini amalga oshirishning eng muhim sharti psixologning subyektlilik pozitsiyasidir. Download 69.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling