1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


Download 1.26 Mb.
bet21/116
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1408609
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116
Bog'liq
Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi.

juft — ko‘ruv asabi (n. opticus) to‘r pardaning ko‘r dog1 sohasida ganglioz hujayralarning aksonlari to‘plamidan hosil bo'ladi. Asab tomirli va oqliq pardani tcshib o'tib, ko'z kosasidan ko'ruv asabi kanali orqali kalla bo‘shlig'iga chiqadi. Miya tubida ikki tomondan kelayotgan asablar bir-biriga yaqinlashib, o'zaro to‘liq bodmagan kesishma (chiasmaopticum) hosil qilib ko‘ruv traktiga odib ketadi.

VIII juft dahIiz-chig‘anoq asabi (n. vestibulococlearis) sezuv­chi asab. U eshituv va muvozanat a’zosidan kelayotgan sezuv­chi tolalardan tuzilgan bo1 lib, ikki qismdan iborat. Uning dahliz qismi asab hujayralari ichki eshituv yo‘li tubidagi dahliz tugunida (ganglion vestibularae) joylashgan. Ularning periferik o‘siqlari ichki quloqning parda labirintida retseptorlar hosil qilib tugaydi. Markaziy o‘simtalari esa rombsimon chuqurchada joylashgan vestibulyar o‘zaklarga boradi.
Chig‘anoq qismi (pars cochlearis) spiral kanalda joylashgan chig‘anoq tuguni (ganglioncochleare) hujayralarining o‘siqlaridan iborat. Ularning periferik o‘siqlari spiral a’zoda tugasa, markaziy o‘siqlari rombsimon chuqurchadagi chig‘anoq o‘zaklarida tugaydi. Asab miya asosidan ko‘prikning orqasidan, yuz asabi ildizlaridan tashqariroqdan chiqadi. Keyin dahliz-chig‘anoq asabi ichki eshituv yo‘liga kiradi.
Harakatlantiruvchi bosh miya asablari.
III juft — ko‘zni harakatlantiruvchi asab (n. oculomotorius)tarkibida harakatlantiruvchi va vegetativ tolalari bor. Ular o‘rta miyaning to‘rt tepaligini yuqori tepachalari sohasida, Silviy suv yo‘li tubida joylashgan harakatlantiruvchi va vegetativ (Yakubo­vich) o'zaklaridan boshlanadi. Juft yirik hujayrali somatik o'zak ko‘z olmasi muskullarini inasabatsiya qiladi. Juft mayda hujay­rali vegetativ (Yakubovich) olzagi ko‘z qorachig‘ini toraytiruvchi mushagini inasabatsiya qiladi. Toq mayda hujayrali (Perlia) vegetativ o'zak kiprikli muskulni inasabatsiya qiladi. Ko‘zni harakatlantiruvchi asab miya oyoqchalarining medial yuzasidan chiqadi.
U oldinga yo‘nalib, ko‘z kosasining yuqorigi tirqishi orqali ko'z kosasiga kiradi va ikki shoxga bo'linadi. Ustki sliox (r. su­perior) sof harakatlantiruvchi bo'lib, ustki qovoqni koharuvchi mushak (m. levatorpalpebraesuperior) va ko‘zning ustki to‘g‘ri mushagini (m. rectussuperior) inasabatsiya qiladi. Pastki sliox (r. inferior) aralash. Uning harakat tolalari ko‘zining pastki va medial to‘g‘ri muskullari (mm. rectusinferioretmedialis) hamda pastki qiyshiq mushakni (m. obliquusinferior) inasabatsiya qila­di. Vegetativ tolalari pastki sliox tarkibida chiqib, chiqib kiprik­li tugunga boradi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling