Autizm kasalligi yoshga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
Erta bolalik autizmi – 2 yoshgacha;
Bolalik autizmi – 2-11 yoshgacha;
O‘smirlik autizmi 11-18 yoshlargacha.
Har bir davr uchun spetsfik belgilar farqlanadi, ular bola yoshiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Autizm haqidagi ma’lumotlar kasallikni erta aniqlash va uni bartaraf etishga yordam beradi, qancha erta davo boshlansa, bolaning tashqi muhitga adaptatsiyasi shuncha osonlashadi.
Autizmning shakllanishida bir qator faktorlar bor, ammo ularning ko‘pchiligi hali ilmiy asos topmagan. Masalan, 70-yillarda autizm kasalligi kelib chiqishini “bag‘ritosh, bemehr ona” nazariyasi bilan bog‘lashgan. Bu nazariyaning haqiqatga yaqin bir jihati bor – autist bolalarning ko‘pchilik ota-onalari bolalariga e’tiborni kam qaratishadi va ular bilan kam muloqotda bo‘lishadi. Chunki deyarli barcha autist bolalar ota-onalar gap so‘zlariga befarq, emotsiyasiz bo‘lishadi, ular fikrlarini nutq orqali ifodalashga qiynalganlaridan giperaktiv bo‘lib ham ko‘rinishadi.
Autizm kelib chiqishining ikkinchi afsonasi – qizamiqqa qarshi vaksina olish. Bu “afsona”ni bir necha bor ilmiy jihatdan rad etishgan bo‘lsada, ushbu teoriyani o‘ylab topgan odam yolg‘on izlanishlari bilan hali hanuz odamlarni ishontirishga harakat qilib kelmoqda.
Autizmning kelib chiqishining aniq bir sababi o‘rganilmagan bo‘lsada, ba’zi bir ehtimoliy xavflar ham bor. Masalan:
Kech farzand ko‘rish ya’ni otaning yoshi ancha katta bo‘lsa;
Oilada autist bolalar bo‘lsa;
Ko‘p farzandli oilalarda tug‘ilajak farzand (masalan 7-8 farzandlar);
Bolalar serebral paralichi (shollik);
Bundan tashqari bir qancha kasalliklar ham autizmga olib kelishi mumkin. Eshitish qobiliyati yo‘qligi, e’tiborning kamlik sindromi, ba’zi xromosom kasalliklar (Retta sindromi), gapirish qobiliyati yo‘qligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |