1-mavzu: nutq mаdаniyati tilshunoslik fani sohasi va o‘quv fani sifatida


Download 1.07 Mb.
bet17/18
Sana08.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1177566
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
95329 MA’RUZA MASHG‘ULOT MAVZULARI BO‘YICHA MATERIALLAR

Аdаbiyotlаr

  1. А.Оrtiqоv, А.Оrtiqоv. Nutq mаdаniyati vа nоtiqlik sаn’аti. T.: 2002.

  2. А.Nurmоnоv. O‘zbеk tilshunоsligi tаriхi. T.: 2002.

  3. Аz - Zаmахshаriy. Nоzik ibоrаlаr. T.: 1992.

  4. Аhmаd YUgnаkiy. Hibаtul - hаqоyiq. T.: 1971.

  5. B.O‘rinbоyev, А.Sоliyev. Nоtiqlik mаhоrаti. T.: 1984.

  6. M.M.Хаyrullаyev. Fоrоbiy. T.: 1991.

  7. N.M.Mаllаyev. O‘zbеk аdаbiyoti tаriхi. T.: 1976.

  8. S.Inоmхo‘jаyev. Nоtiqlik sаn’аti аsоslаri. T.: 1982.

  9. S.Usmоnоv. Umumiy tilshunоslik. T.: 1972.

  10. T.Qudrаtоv. Nutq mаdаniyati аsоslаri. T.: 1993.

  11. R.Qo‘ng‘urоv, E.Bеgmаtоv, YO.Tоjiyev. Nutq mаdаniyati vа uslubiyati vа uslubiyat аsоslаri. T.: 1992.

  12. U.Tursunоv, B.O‘rinbоyev, А.Аliyev O‘zbеk аdаbiy tili tаriхi. T.: 1995.

  13. S.Inоmхo‘jаyev Nоtiqlik sаn’аti аsоslаri. T. 1982.

  14. B.O‘rinbоyev, А.Sоliyev Nоtiqlik mаhоrаti. T. 1984.

  15. А.Аlimuhаmеdоv Аntik аdаbiyot tаriхi. T. 1969.

  16. R.Qo‘ng‘urоv, E.Bеgmаtоv, YO.Tоjiyev Nutq mаdаniyati vа uslubiyat аsоslаri. T. 1992.

  17. K.Nаzаrоv, S.Usmоnоv, Q.Tоhirоv Yuristning nutq mаdаniyati. T. 2003.



7-MAVZU: PEDAGOGIK NUTQNING O‘ZIGA XOSLIKLARI

  • 1.Nutq texnikasi va madaniyati haqida tushuncha Nutq elementlari.
    2. O'qituvchi nutqining ta'sirchanligini oshirish yo'llari.
    3. Nutq samaradorligiga salbiy ta'sir etadian holatlar.
    4. O'qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari nutqni takomillashtirish yo’llari.

To’liq,mukammal, talab darajasidagi nutq texnikasi o’qituvchining umumiy nutqiy madaniyatining eng muhim uzvi, ta’bir joiz bo’lsa, tamallaridandir. Jonli, tovushli nutq va uning barcha unsurlarini to’g’ri voqealantirish ko’nikma va malakalarining jami nutq texnikasi demakdir. Bunda ovozning sifati, nutq jarayonida to’g’ri nafas olish, tovush va tovush qo’shilmalarini aniq talaffuz qilish, aniq diktsiya kabi bir qator hodisalar nazarda tutiladi. Nutq texnikasidagi bosh masala ovoz masalasidir. Asosiy quroli nutq bo’lgan har qanday odam uchun ovoz hal qiluvchi ahamiyatga molikdir.
Mashhur rus olimi M.V.Lomonosov o’zining “Notiqlik bo’yicha qisqacha qo’llanma” sida notiq bo’lish uchun, avvalo, tabiiy qobiliyat zarurligini, tabiiy qobiliyat esa ruhiy va jismoniy turlarga bo’linishini aytadi. Olim jismoniy qobiliyat deganda baland va yoqimli ovoz, uzun nafas va baquvvat ko’krak, shuningdek, sog’lom tana va kelishgan qomatni nazarda tutadi.
Sir emaski, faoliyatining asosiy quroli nutq bo’lgan kasblar orasida o’qituvchilik birinchi o’rinda turadi,buning ustiga o’qituvchilar soni ham ayni tur kasblarning boshqalarida mashg’ul bo’lganlar sonidan sezilarli darajada ortiqdir.
O’qituvchining ovozi, talaffuzi, diktsiyasi, umuman tirik nutqi hamisha o’quvchilar, ayniqsa,kichik sinflardagi o’quvchilar uchun o’ziga xos etalon, namuna vazifasini bajaradi.
O’qituvchining tirik nutqidagi kattadir, kichikdir, har qanday nuqson o’quvchi nazaridan chetda qolmaydi, darhol uning diqqatini tortadi. Bunday nuqson o’qituvchi nutqida muntazam kuzatilsa, o’quvchi o’qituvchidan nohaq bo’lsa-da, ranjigan hollarida mazkur nuqson asosida uni sirtdan kalaka, mazax qilishgacha borishi mumkin.
Kasbiga sadoqatli o’qituvchi o’z o’quvchisi ko’zi o’ngida qusursiz va qadrli ustoz imijini yaratish, uni saqlash uchun hamisha nutqining fonetik rasoligi haqida qayg’urishi zarur.
Nutq texnikasini yetarli darajada bilmaslik oqibatida yuzaga keladigan nuqsonlardan fonetik bilimlardan xabardorlik, ovozni yo’lga qo’yish (ruschada “postanovka golosa”), aniq talaffuz qilish, nutq jarayonida to’g’ri nafas olish bo’yicha turli mashqlar yordamida imkon qadar xalos bo’lish mumkin.
O’qituvchi nutqida kuzatiladigan kamchiliklardan biri fonatsiya jarayonida, ya’ni nutq hosil bo’lish paytida nafas olishdagi tartibsizliklar bilan bog’liq. Fonatsiya jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo’lga qo’yilishi kerakki, nafas olish zo’riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir me’yorda va davomliroq kechishi lozim.
Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo’lsa, shunchalik yaxshi. Zotan, tovush nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil bo’ladi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling