1-mavzu: O'. Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanida fojiaviylik. „Tushda kechgan umrlar“


-mavzu: S.Ahmadning "Ufq" trilogiyasida davr va shaxs talqini


Download 66.09 Kb.
bet3/10
Sana23.06.2023
Hajmi66.09 Kb.
#1651990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hilola

4-mavzu: S.Ahmadning "Ufq" trilogiyasida davr va shaxs talqini.
“Ufq” trilogiyasi 1967 - 1974–yillarda yaratilgan. Bu asrda urushdan oldingi, urush va urushdan keyingi davir yaqqol, mahoratli tarzda yoratilganini asarga berilgan birgina ta’rif misolida isbotlasak bo‘ladi: “Bu kitobni kitobxon boshdan-oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi boʻgʻilmasdan oʻqib chiqadi... Kitobda qimirlagan har bir jonning qaygʻusi, quvonchi, qilish-qilmishi, muhabbati, gʻazabi, oʻizdan chiqadigan har bir soʻzi rost...” Shuningdek ushbu asar “... odamga quvvat beradigan umid, uning boshini “toshdan” qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir”. (Abdulla Qahhor)
Biz yuqoridagi gapni ko‘p marotaba eshitganmiz, lekin hozir birgina jumla “rost” jumlasiga e’tibor qiling. O‘sha davrlarda yashagan yozuvchi tomonidan shunday deyilgan ekan demak bu asar yaratilishida asarning ichiga yo’lg’onlar qo’shilmagan.
Yana “Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G‘afur G‘ulomning yumorini, Abdulla Qahhorning teran va ixcham fikrlash san’atini o‘zida mujassam etgan adib” degan ta’rifning berilishi ham bejiz emas.
Asar yaratilish jarayonida shunday voqea ham yuz beradi: “Ufq”ning qoralamasini yozib tugatgan Said Ahmad asarni Abdulla Qahhorning yoniga olib boradi. Asar bilan tanishgan Abdulla Qahhor Said Ahmadga asarning bir joyini to‘g‘irlashni aytadi. Bu Ikromjon Tursunboyga o‘q uzgan joy edi(Said Ahmad ham dastlab Ikromjonni o‘z farzandi qotili sifatida tasvirlagan edi). Abdulla Qahhor otas farzandini o‘ldira olmasligi haqida Said Ahmadga tanbeh bergach, adib mana shu tasvirni o‘zgartiradi va mahoratli yozuvchiga bu o‘zgartirilish uchun bor-yo‘g‘i bitta gap yetarli bo‘lgan. U :“Xayriyat, o‘q tegmabdi” , degan gap edi.
“Ufq” trilogiyasining birinchi kitobi “Qirq besh kun” deb nomlanadi. Ikkinchi qism “Hijron kunlarida” deb nomlanib, bu romanda o‘zbek xalqining urush ortidagi zahmatlari, fidoyi mehnatlari tasvirlangan. “Ufq bo‘sag‘asida” nomli kitobning uchinchi qismida urushdan keyingi hayot, urush tugashi bilanoq, hayot o‘z iziga tushib ketmagani aks etadi.



Download 66.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling