Konveyer ta’lim metodi


Download 21.33 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi21.33 Kb.
#1764727
Bog'liq
Nazokat Zaitova


Konveyer ta’lim metodi
Biz konveyer ta’lim metodi asosida faoliyat yuritamiz — bu degani, student bir haftalik ta’lim mobaynida turli ko’rinishdagi darslarda qatnashadi.

  1. Avval videodarslikni tomosha qilib mavzu bo’yicha birinchi tushunchani oladi, video tugashi bilanoq o’sha yerni o’zida (website-platforma) avtomatik tekshiriladigan mashqlarni bajaradi.

  2. Keyingi kunda endi student Instructor bilan mavzuni mustahkamlaydi va o’sha mavzu bo’yicha amaliy mashqlar, shuningdek, speaking mashg’ulotlarini o’tadi.

  3. Undan keyingi kun endi yana interaktiv videodarslar bo’lib o’tadi, o’sha kunidayoq Koordinator bilan Group Practice amalga oshiriladi. Group Practiceda student bir kun avval o’tilgan mavzu doirasida speaking, reading, writing, listening amaliy mashqlarini bajaradi.


Tutorial - instruktor bilan onlayn darslar
Tutorial darslari bir guruh bo’lib o’tiladi.
Guruhda 13 (±1) o’quvchi
Amaliy mashg’ulot uchun
Tutorial darsida platformadagi videodarsda olib borilgan grammatik mavzu mustahkamlanadi va amaliy mashqlar bajariladi. Tutorial darsi videodarsdan bir kun o‘tib o‘tkaziladi.
Mahoratlarni oshirishga beriladigan e’tibor
Dars davomida siz yangi grammatikani o'rganasiz va ular asosida turli ko'nikmalar ustida ishlaysiz. Asosiy e'tibor nutq qobiliyatiga (50%) qaratilgan. Bundan tashqari, siz grammatika, Tinglash qobiliyatlari, o'qish qobiliyatlari, lug'atni yaxshilaysiz.
Asosiy mashq
Speaking Activities asosiy mashq bo’lib, ular Breakout xonalarida o'tkaziladi. (O’quvchilar alohida virtual xonalarga 2tadan bo'linishadi, va u xonalarda speaking mashqlari bo’lib o’tadi)
U yerda siz turli xildagi mashqlarni bajarasiz:

  • Speaking skills: Tutoriallar so’zlash mahoratiga katta urg’u beradi! Darslarimizning 50% e’tibori aynan speakingga ba’gishlangan bo’ladi!

  • Vocabulary skills: albatta har bir darsda mavzuga doir yangi so’z va jumlalar o’rganiladi va speaking jarayonida ulardan foydalanib mustahkamlanadi

  • Reading skills: matnni o’qish va tushunish bo’yicha ko’pgina nazariy bilimlarni olasiz, va matnlardan fragmentlarni tahlil qilasiz!

  • Writing skills: yozish va insho mahorati bo’yicha ko’plab nazariy bilimlarni olasiz va qisqa yozuv fragmentlarini amaliy mashq qilasiz

  • Listening skills: Dars mobaynida mukammal eshitish mahorati sirlari bilan tanishasiz va ularni amalda qo’llab o’z mahoratingizni oshirasiz!

  • Grammar skills: Video-darslikda o’rgangan grammatika mavzusini endi Tutorial davomida yanada mustahkamlaysiz va platformadagi video-darslik mobaynida tug’ilgan savollarga javob olasiz. Undan tashqari dars davomida o’tilayotgan grammatika mavzusi doirasida amaliy mashqlar bajariladi.

Tutorial darslaridan maqsad nima?
Bosh o’qituvchingiz, Instruktor, tomonidan olib boriladigan Tutorial darslarni asosiy onlayn mashg’ulot deb hisoblash to’g’ri bo’ladi. Ushbu 50 daqiqa davom etadigan onlayn darsda siz bir kun avval Video darslikda o’tilgan mavzuni yanada mustahkamlaysiz. Albatta, buni o’zi bilan cheklanmaymiz, endi ushbu mavzu doirasida turli faol mashg’ulotlar bajarasiz. Bu mashg’ulotlar asosan speaking mahoratiga qaratilgan bo’ladi.
Coordinator”_bilan_onlayn_dars_Group_Practice'>Group Practice - “Coordinator” bilan onlayn dars
Group Practice - bu Coordinat tomonidan o’tiladigan onlayn guruh mashg’ulot seanslari bo’lib, dars 5ta skilldan biriga bag’ishlanadi va qisqa nazariy tushuncha berilganidan so’ng amaliy mashg’ulotlarga o’tiladi. Va asosiy urg’u speaking mahoratiga qaratiladi.
Coordinator - “Group Practice” mashg’ulotlarini onlayn uchrashuvlarda olib boradi.
Quyidagi 5 ta mahorat Group Practice’da mashq qilinadi.

  • Speaking Skills (asosiy urg’u/ 50% e’tibor shu yerga beriladi)

  • Reading skills

  • Writing skills

  • Vocabulary skills

  • Grammar skills

Group practice qachon o’tiladi?
Group Practice oldindan belgilangan vaqtda tutorial darsidan bir kundan so’ng o’tiladi.
Group practice nima uchun kerak?
Group Practice o’tilgan mavzu doirasida, kerak bo’lsa undan biroz uzoqlashgan holda turli mahoratlarni ustida ishlash uchun mo’ljallangan. Bu mahoratlar, ya’ni skills, asosan speaking bo’ladi! Lekin ba’zida bu listening, reading, vocabulary skills yoki ma’lum bir topic vocabulary atrofiga qurilgan mashqlar bo’lishi mumkin!
Deylik, group practice lardan birida reading bilan shug’ullanish kerak, albatta siz shunchaki Reading emas, unga tegishli aynan qaysidir skillga e’tibor berasiz va mashqlar shuni ustiga qurilgan bo’ladi! Masalan, bu matnda paraphrase qilingan so’zlar, ularni ajrata olish va shu mahoratni reading uchun foydasi haqida bo’lishi mumkin!
Group Practice maqsadi nima?
Ingliz tili faqatgina grammatika yoki yotvolib so’z yodlash degani emas balki, o’rgangan narsalarimizni faol ishlatish, hayotga tadbiq qilish degani. Bunda esa Group Practice yordam beradi! Bu yerda siz olgan nazariy bilimlarni (bu yangi so’zlar yoki yangi o’rganilgan grammatik mavzu bo’lishi mumkin) endi amaliyotda qo’llaysiz.
Amaliyotda bu endi breakout roomlardagi speaking mashg’ulotlari, reading bo’yicha katta-katta matnlar asosida murakkab mashqlar, studentning xozirgi darajasidan biroz qiyinroq listening mashqlari bo’lishi mumkin. Shu asnoda siz grammatik mavzu, yangi lug’at, yangi mahorat o’rganish jarayonini mukammal o’zlashtirasiz.
Download 21.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling