1-Mavzu: Ommaviy axborot vositalari
Download 340.43 Kb.
|
1-мавзу Kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat mahsuloti
- 1-rasm
1-Mavzu: Ommaviy axborot vositalari. Bosma axborot vositalari Reja: 1. Bosma axborot vositalari 2. Tijorat mahsuloti 3. Boshqa bosma mahsulotlar Bosma axborot vositalarining ahamiyati va tutgan o’rniga berilgan baho dunyoda ularga talab o’sayotganligini tasdiqlaydi. Ming yilliklar oralig’ida kitob bosishning kashf etilishi va qo’llanishi alohida qayd etilgan bolsada, Iogann Gutenbergning bosma ishiga qo’shgan hissasi esa o’tgan ming yillikning eng muhim ixtirolaridan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda elektron axborot vositalari davri boshlangan bo’lsa-da, bosma mahsulot hech ham o’z ahamiyatini yo’qotmayapti. Bugun jahonda bosma mahsulotlar bozori turli-tuman. Tijorat mahsuloti va davriy nashrlar eng bozori chaqqon. Ular chop etish davriyligi bilan bir-biridan farq qiladi, bu esa matbaa korxonalarining ishlab chiqarish jarayonini belgilaydi. Bosmaxonalar bosma mahsulotlar bozorining turli segmentlariga ixtisoslashgan. Tijorat mahsuloti - bu nodavriy chiqadigan bosma mahsulot (masalan, kataloglar, broshyuralar, axborot varaqlari, tashrifnomalar). Davriy nashrlar esa aksincha, bu muayyan vaqt oralig’ida chiqadigan bosma nashrlar (masalan, gazetalar va jurnallar, shu jumladan, suratli nashrlar). Matbaa sohasida davriy nashrlarning odatdagi buyurtmachilari – nashriyotlar va tahririyatlar. 1-rasm. Bosma mahsulotlar. 1-rasmda bosma axborot vositalarining turli-tumanligi yaqqol ko’rsatilgan. Bosma mahsulotni tasniflashning yana bir usuli – uni maxsus tovar guruhlariga bo’lish. Bundan keyin bosma mahsulotning alohida guruhlari qisqacha tavsiflanadi Kitoblar. Gutenberg ixtirosi va XV asr oxirida chop etilgan uning ilk bosma nashrlari (Injil) alohida shrift belgilaridan tuziladigan (teriladigan) bosma qoliplarni tayyorlashga asoslangan bo’lib, kitoblar ishlab chiqarishda inqilob yasadi. Bu esa, ilgari urf bo’lgan qo’lyozma kitoblar bilan taqqoslaganda, ta’lim, madaniyat va aholi uchun oson axborot olish rivojlanishiga turtki berdi. Shuning sharofati bilan keyingi asrlarda savodsizlik ancha kamaydi. Gutenberg ixtirosi bosma mahsulotning yorqin va rang-barangligi ortishiga yordam berdi. Gutenberg ixtirosidan so’ng 500 yildan ortiq vaqt mobaynida kitoblar tayyorlash borasida yuqori bosma usuli yetakchilik qildi. Faqat XX asrning 70-yillaridagina fotonabor va ofset bosma keng tarqaldi. Kitob nafaqat uni tayyorlashning ratsional usullari, balki arzon qog’oz mavjudligi tufayli, nisbatan arzon axborot vositasiga aylandi. Bosma kitob tayyorlash uchun nafaqat harflar terilgan, balki suratlar tushirilgan qoliplardan foydalanish boshlandi. Qo’lyozma harflariga taqlid qiluvchi shriftlar estetika talablarini, o’qish qulayligini, yozilish shaklini, assortiment va hokazolarni hisobga olib yaratilgan shriftga aylandi [6]. Har yili nashr etilayotgan kitoblar nomlarining soni muntazam o’sib bormoqda. Bugun, elektron axborot vositalari davrida, Germaniyada yillik kitob mahsulotlari chiqarish hajmi yiliga 80 000 nomga yetdi. Germaniya – dunyoda eng yirik kitob ishlab chiqaruvchilardan biri. Faqat Xitoy va Buyuk Britaniya ko’proq nomda kitob chiqarishgan Germaniyada chiqarilgan kitoblarning umumiy adadi 500 mln. nusxadan, qiymati esa 3,5 mlrd. yevrodan oshdi. Bir tomondan, kitob bozori kitoblarning xaridorgirligiga, boshqa tomondan, tegishli matbaaviy ijroga tayanadi, iplar bilan tikilgan va tilla suvi yugurtirilgan charm muqovali qimmatbaho kitoblar yoki oddiy, yelim bilan mahkamlangan arzon nashrlar shular jumlasidan. Kitoblar assortimentida ham bir rangli nashrlar, ham rangli reproduksiyali yuqori sifatli albomlar bor. Hozirgi vaqtda Ozbekistonda ham nafaqat kitob bozori, balki boshqa bosma mahsulotlar, masalan, jurnallar, shu jumladan, suratli jurnallar, gazetalar, broshyuralar va hokazolar bozorining ishlab chiqarish hajmi yuqoridir. 1. Nashrlarning asоsiy ko’rsatkichlaridan biri bo’lgan ularning uzоqqa chidamliligi va pishiqligini bеlgilоvchi tuzilishi bo’yicha sinflash (klassifikatsiya – sinflash, tasniflash) ularning varaqa ko’rinishida (ikki o’lchоvli), yohud hajmli bo’lishini sеzish mumkin. Turli kоnstruksiyadagi nashrlarni tayyorlash, tabiiyki, mеhnat sarfi jihatidan bir xil bo’lmaydi: kitоb va broshuralar(risola) tayyorlash ancha sеrmеhnatdir. YUNЕSKОning tavsiyalarini qоnun tarzida mustahkamlangan standartga ko’ra, risоla dеganda to’rttadan оrtiq bеti bo’lgan (ammо 48 bеtdan оrtmagan) nashrlar, kitоb dеganda esa hajmi 48 bеtdan оrtiq bo’lgan nashrlar tushuniladi. Bunday bo’lish, chamasi, mahsulоtni hisоbga оlish uchun juda qulay, birоq u mutlaqо nashrlarning xususiyatlarini nazarda tutmaydi va shu tufayli matbaa ishlaridagi, chоp etish muddatlaridagi, zarur matеriallar va kеrakli jihоz turlaridagi farqni bеlgilamaydi. Shu sababli tеxnоlоgik nuqtai nazardan, qalin muqоvali har qanday hajmli nashrni kitоb dеb, hajmi har qanday bo’lgan, lеkin yumshоq muqоvali nashrni risоla dеb hisоblash kеrak. Kitоb tuzilishi jihatidan risоlaga qaraganda ancha murakkab bo’lib, turli matеriallarning keng assоrtimеntini: turli navlardagi qоg’оz, kartоn, ip, gazlama, sintеtik va tabiiy yеlimlar, plastmassa plyonkalar va shu kabilarni talab qiladi. Download 340.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling