1-mavzu: Ona tili ta’limi jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari


moddadagi “Davlat oʻzbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini  taʼminlaydi”, 8-modda


Download 48.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi48.51 Kb.
#1530715
1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza metodika-1

moddadagi “Davlat oʻzbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini 
taʼminlaydi”, 8-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, davlat 
hokimiyati, boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul 
qilinadi va eʼlon etiladi” degan fikrlar milliy tilning huquqiy asoslarini 
taʼminlash maqsadida keltirilgan edi. Konstitutsiyamizningʻzbekiston 
Respublikasi davlat tili sifatida rasman belgilab qoʻyilishi maʼnaviyatimiz 
tarixidagi eng katta yutuqdir. 
O “Davlat tili haqida”gi qonun moddalarini hayotga tatbiq qilish Davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 
jamoat birlashmalarida hisob-kitob, statistika, moliya hujjatlari, sudlov 
ishlarida, notarial harakatlar, fuqarolik holatini qayd etuvchi tashkilotlarda 
davlat tilida ish yuritish, Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro anjumanlarni 
davlat tilida olib borish, shaxsni va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar, 
arizalar, takliflar, shikoyatlarning davlat tilida rasmiylashtirilishini taʼminlash 
maqsad qilingan edi. 
O Umumtaʼlim jarayonida savodxonlikka, ona tili va adabiyot 
taʼlimiga, tildan foydalanish koʻnikma, malakalarini hosil qilishga 
alohida eʼtibor qaratish lozim. Oʻzbek tilini oʻqitish tizimini milliy 
pedagogika negizida, xorij tajribasi asosida yangilash, zamon 
talablariga mos adabiyotlar sinfini yaratish, innovatsion 
texnologiyalarni qoʻllash dolzarb masalalar sirasiga kiradi. 
Oʻquvchilarda lingvistik, nutqiy, kasbiy, kommunikativ, axborotni 
qabul qilish, oʻz-oʻzini rivojlantirish uquvini shakllantirish juda 
muhim. Oʻzbek tilida bilimlarni baholash, avtomatik tahrir
tarjima, til oʻrgatish dasturlarini yaratish, “Oʻzbek tilining Milliy 
korpusi”, koʻp jildli “Oʻzbek shevalari lugʻati”, “Turkiy arxaizmlar 
lugʻati”ni tuzish ustuvor vazifalardan biridir. Davlat tilida turli 
bosqichlar va darajalardagi sinovlarni joriy etish, ishga qabul 


qilishda davlat tilini bilish, savodxonlik darajasini tekshiruvchi 
tizimni ishlab chiqish ehtiyojga aylandi. 
O Oʻzbek tilini axborot tiliga aylantirish uning nufuzini oshirishdagi 
muhim omil ekanligi Prezident farmonlarida ham alohida 
taʼkidlandi. Raqamli iqtisodiyot, texnik taraqqiyot asosiy maʼlumot 
yetkazish yetkazish vositasi boʻlgan ona tilini takomillashtirish, 
zamon talablariga moslashtirishni talab etmoqda. Barcha 
yoʻnalish, sohalar kesimida oʻzbek tilining elektron bazasini 
shakllantirish, tilning tarixiy shakllari, shevalari ham qamrab 
olingan milliy til korpuslarini yaratish muhim vazifalardan biri 
boʻlib qolmoqda. 
O Til millatning mavjudligini belgilaydigan asosiy omil hisoblanadi. 
Ona tilini eʼzozlash, qadrlash, serqirra imkoniyatlarini, soʻz 
boyligini borligicha saqlash, takomillashtirish, davlat tili sifatidagi 
mavqei va nufuzini oshirish har birimizning muqaddas 
burchimizdir. 
O Davlat tili tengsiz boyligimizdir, nomus-orimizdir. Milliy til 
xalqimizni hamjihatlikda taraqqiyot sari boshlaydi. Xalqni yanada 
jipslashishga, milliy qadriyatlarni asrab-avaylashga undaydi. 
O Belgilangan vazifalarni amalga oshirishda millatimizning hamjihat 
boʻlishi, yagona maqsad ostida birlashishi, baqamti ravishda 
faoliyat olib borishi maqsadga muvofiq. Til buyuk milliy 
qadriyatdir. Til bor ekan – millat barqaror! 
O Ona tili o'qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish 
nazariyasidir. Bu fanning bosh vazifasi o'quvchilarning o'zbek tili 
lug'at boyligini to'liq o'zlashtirib olishlarini ta’minlashdir.
O M a’lumki, jamiyatda til kishilar o'rtasidagi aloqaning zaruriy 
vositasidir. Tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib 
boradi. Til borliqni oqilona, m antiqiy bilish vositasidir. Til birliklari 


yordam idagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani m 
uhokam a va xulosa bilan bog'lash amalga oshadi. Til va nutq 
tafakkur bilan uzviy bog'lanadi. Tilni egallash va nutq o'stirish bilan 
o'quvchining fikrlash qobiliyati ham o‘sib boradi. Maktabning 
vazifasi tilni kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik 
quroliga aylantirish hisoblanadi. Metodik fan sifatida ona tili 
o'qitish metodikasi boshlang'ich ta’lim standart belgilab bergan 
vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish faoliyatlarini 
kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘z fikrini og‘zaki va yozma 
ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin 
O muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga 
oid metod va usullarni ishlab chiqadi. Bilish nazariyasiga ko‘ra 
analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida kuzatishdan umumiy 
xulosa chiqarishga, nazariy ta ’rif va qoidaga, shular asosida yana 
og‘zaki va yozma tarzdagi nutqiy aloqaga, to ‘g‘ri yozuv va to‘g‘ri 
talaffuzga o ‘tiladi.
O'quvchilar jonli nutqiy aloqaga to ‘g‘ri talaffuz 
va to‘g‘ri yozuvni elementar nazariy m a’lumotlar asosida amaliy 
egallash orqali kirishadilar. Ular til materiallarini kuzatish, tahlil 
qilish orqali elementar nazariy qoidalar chiqaradilar, o'rgangan va 
o'zlashtirilgan nazariy qoidalarni amaliyotga ongli ravishda tatbiq 
etadilar. Maktabda ona tili o'qitish metodikasining bunday 
yo'nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham , hozirgi zamon 
didaktikasi vazifalariga ham mos keladi. „Ta’lim to‘g'risida“gi 
qonunda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari 
belgilab berildi: — ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik 
xarakterda ekanligi; — ta’limning uzluksizligi va izchilligi; — 
umumiy o 'rta , shuningdek, o 'rta maxsus kasb-hunar ta’limining 
majburiyligi; — o 'rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo'nalishini: 
akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning 
ixtiyoriyligi; — ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; — 
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun 
ochiqligi; — ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va 


tabaqalashtirilgan yondashuv; — bilimli bo'lishni va iste’dodni 
rag'batlantirish; — ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini 
uyg'unlashtirish
O Bu tamoyillar umumiy o’rta ta’lim bosqichida ona tili o'qitish 
metodikasining vazifalarini ham belgilab, aniqlashtirib beradi. 
Qonunda ta’kidlangankium umumiy o 'rta ta’lim olish uchun zarur 
bo'lgan savodxonlik, bilim va ko'nikma asoslarini shakllantirishga 
qaratilgan. Ona tili o'qitish metodikasi fani o'z vazifalarini belgilab 
olishda ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Keyingi 
yillarda mustaqillik sharofati bilan ta ’limni tubdan isloh qilish 
davlat siyosatining asosiy yo'nalishiga aylandi. „T a’lim 
to'g'risida“gi qonun va shu asosda yaratilgan „Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi" buning yorqin dalilidir. „Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi“ da ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan 
demokratik davlatlar darajasida, yuksak m a’naviy va axloqiy 
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy 
tizimini yaratish asosiy maqsad qilib olingan4. Kadrlar tayyorlash 
sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va m a’naviy-axloqiy 
jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta’lim 
tizimi orqali har tomonlam a barkamol shaxsni shakllantirishni 
nazarda tutadi. Ona tili o'qitish metodikasi fani ham ta ’lim 
jarayonini tashkil etish shakllarini va usullarini ishlab chiqishda 
yuqoridagi maqsadlar asosida ish yuritadi. 
O Umumxalq tili ma'lum bir xalqning so'zlashuv tilidir. Uni xalq 
sekinlik bilan yaratib, boyitib boradi. Adabiy til esa umumxalq 
tilining yozuvchilar, 
shoirlar
, ziyolilar tomonidan qayta ishlangan
me'yorga solingan, hamma uchun umumiy bo'lgan, umumxalq 
yoki 
umummillat tilining yuqori
, sayqallashtirilgan shaklidir. Davlat 
muassasalarida, madaniyat sohalarida, mat
buotda
, dars o'tishda 
adabiy tildan foydalaniladi. 



Download 48.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling