Har qanday tilning leksikasi haqida so’z ketar ekan, uning tarixiy takomiliga nazar tashlash lozim


Download 44.47 Kb.
bet1/12
Sana16.06.2023
Hajmi44.47 Kb.
#1513379
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Omograf


Har qanday tilning leksikasi haqida so’z ketar ekan, uning tarixiy takomiliga nazar tashlash lozim. Zotan, tildagi so’zlar tarixiy bosqichlarda o’z ma’nolarini kengaytiradi (konnotativ ma’nosiga qo’shimcha tarzda), shakl va mazmun-mohiyatida o’zgarishlarga uchraydi. Leksik arxaizm, leksik istorizmlar fikrimizning yorqin dalili bo’la oladi. Binobarin, leksemalarni diaxron jihatdan o’rganish tilning rivojlanish bosqichlari, uni yaratuvchi xalq tarixini yoritishda alohida e’tiborga molik. Shu bois ham tarixiy jarayonlar so’z ma’nolarining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi1. Hozirgi kunda so’zlarni o’rinli tanlay olish, yohud nutqni fasohat bilan bayon qilish shu til vakilining jamiyatdagi o’rnini belgilaydi va bunga tilning tarixiy leksikasi tamal toshi bo’lgan, desak adashmaymiz. Boisi, har qanday sinxroniya zamirida diaxroniya yotadi. Tarixiy leksikasi boy bo’lgan tilning lug’at tarkibi ham, undagi so’zlarning ifoda va mazmun plani ham sermahsul bo’ladi.
Leksemaning bu xususiyatini davr nuqtayi nazaridan taqqoslash, solishtirish, ma’no qirralaridagi o’zgarishlarni kuzatish, ularni tahlil qilish tilning lug’at tarkibini o’rganishda muhim vosita bo’ladi. So’z ma’nosining rivojlanish qonunlarini tekshirish, so’zlarning omonimlik, sinonimlik, paronimlik, antonimlik, va ko’pma’nolilik xususiyatlarini o’rganish tilning lug’at boyligini aniqlashga, turli lug’atlar tuzishga katta yordam beradi2.
Leksemaning ma’no va ifoda taraqqiyotida yuzaga keladigan leksik-semantik hodisalarni tadqiqot obyektimiz tarixiy-badiiy asar hisoblanuvchi “Tarixi Farg’ona” asari leksikasida ham kuzatish mumkin. Xossatan, asarda muallif shakldosh, ma’nodosh, ziddosh, talaffuzdosh so’zlarni, shuningdek, ularning mazkur davrga xos variantlarini mahorat bilan qo’llaydi.
Omonimlar
Leksemaning ifoda jihatini tashkil etuvchi omonimlar, ya’ni shakldosh so’zlar – ohang va shakl bir xilligiga ega, mazmun jihatdan esa o’zaro nomutanosib bo’lgan birliklardir. Omonimiya хuddi sinonimiya va antonimiyada bo'lganidek, minimum ikki til birligi orasida yuzaga keladi. Bunday munosabatlarni belgilashda til birliklarining ikki tomoni – ifoda va mazmun plani hisobga olinadi. Sinonimiya va antonimiyada til birliklarining mazmun plani asosga olinsa, omonimiyada ifoda plani yetakchi sanaladi. Ifoda plani deganda ikki jihat nazarda tutiladi: talaffuz, aytilish (tovush ifodasi) va yozilishi (harfiy ifoda)3.
Omonimlarning yuzaga kelish sabablari turlicha bo’lib, ularning ayrimlari sifatida ushbularni keltirish mumkin:
1. Tilda azaldan mavjud bo'lgan ayrim so'zlarning shakllari tasodifan teng bo'lib qoladi.
2. Bir ma’noli so'z leksik ma'noning ko'chishi oqibatida ko'p ma'noli so'zga aylanadi, keyinroq bosh ma’no va hosila ma'no o'rtasidagi bog'lanish unutilib, bir so'z negizida ikkita boshqa-boshqa leksema paydo bo'ladi.
3. Boshqa tillardan o'zlashtirilgan ayrim leksemalar o'zbek tilidagi u yoki bu leksemaga shaklan teng bo'lib qoladi.
4. Boshqa tillardan o'zlashtirilgan leksemalar orasida shaklan teng bo'lgan so'zlarning uchrashi omonimiyaga olib keladi.
5. Leksemalar yasalishi ham ba'zan omonimlarni keltirib chiqaradi4.

Xususan, “Tarixi Farg’ona” asarida qo’llangan omonim so’zlarni quyidagicha tavsiflash mumkin:


Ot leksemasi o’zining ko’plab shakldoshlariga ega bo’lib, asarda ham uning to’rt xil sememalari uchraydi. Leksema bir turkum ichida ham, turkumlar aro ham shakldoshlikni hosil qilib, ot turkumidagi ot leksosememasi hozirgi zamon fe’lning II shaxs shaklidagi ot (ya’ni otgin) buyruq fe’li bo’lsagina omonimlikni yuzaga keltiradi. Asarda ko’pincha o’q uzish, otib tashlash, uloqtirish kabi ma’nolarda uchratish mumkin.
Ot I (ot). Kishining nomi, laqabi ma’nolaridagi so’z. Jonli so’zlashuv tilida umumiste’molda bo’lgan leksema. “Tarixi Farg’ona” asarida ham mazkur ma’nosida qo’llangan o’rinlarni uchratish mumkin:
Ul kishini oti Farg'ona bahodir ekon.

Download 44.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling