Har qanday tilning leksikasi haqida so’z ketar ekan, uning tarixiy takomiliga nazar tashlash lozim
Ot II (ot) – hayvon turi. Sheraliхon «Qil quyruq» degan bir qoida joriy qilgan ekan, ya'ni ot
Download 44.47 Kb.
|
Omograf
Ot II (ot) – hayvon turi.
Sheraliхon «Qil quyruq» degan bir qoida joriy qilgan ekan, ya'ni ot mingan kishidan qolmay urushga borur ekan, qil quyruq ul vaqtda chiqqan ekan. Ot III (fe’l) – irg'itib yubormoq, shiddat bilan biror tomonga, joyga tashlamoq yoki tashlanmoq, otilmoq. “…amirlashkar: «Sen ikki marra ahd qilding, yana buzding!» deb «Jomador, muni g'ambarakg'a solib otkil!» desa,…” Ot IV (fe’l) – turkumi fel, biror qurol vositasida o'q, tosh, snaryad va shu kabilarni uzmoq. “…Bular Rusiyani(ng) bir otgan to'pini(ng) qo'shun o'rtasida yorilganini ko'rub buzildilar.” Asosan, umr o’lchoviga nisbatan qo’llaniluvchi yosh leksemasi ham ot (turkumdosh holatda ham) va sifat turkumidagi shakldoshlikni hosil qiladi. Yosh I (ot) – qattiq og'riq, qayg'u yoki kuchli sevinch-shodlik va shu kabilar natijasida yosh bezlaridan ajralib chiqadigan tiniq sho'r suyuklik. “Ul vaqtni(ng) bechora fuqarolari ko'rqub, ko'zlarini(ng) kosasi yoshga to'lub, nima jarima ilan o'ldurar ekan deb, qaysi хon kelsa mulozamat, хushomaddan tashqari iloj topmay, qo'l qovushturub turar edilar.”, “Ya'ni bizning ko'zimizdan oqayotgan qonli yoshdan boshqasi yo'q.” Yosh II (ot) – tug'ilgan vaqtdan boshlab yashab o'tkazilgan yillar jami; umr uzoqligi. “…Muhammadjon Mirzo degan o'n sakkiz yoshinda yuzboshi ekan.” Yosh III (sifat) – kichik; qari emas; navqiron. “…Ey musulmonlar, Xudoyor yosh, ko'nglida Xo'qand qo'rg'onini berkitib yotaman deydur,…”, “…Musulmonquli muni tadbir ila oldurub, Sarimsoqbekka хat qildiki: «Ukang Xudoyor munda yoshdur, xo'qandni o'zung kelub bosib turmasang bo'lmaydur,…” Bir turkum doirasidagina omonimlikni hosil qiluvchi mahram leksemasi asarda davr nuqayi nazaridan xizmatkor, cho’ri ma’nosida qo’llangan bo’lib, uning bosh ma’nosi (ya’ni yaqin qarindosh bo’lgan erkak yoki ayol) kam qo’llangan. Mahram I (ot) – Ishonchli хizmatkor, cho'ri ma’nosini ifodalab, asarning ko’p o’rinlarida shu ma’nosida qo’llangan. “Chunonchi, хonni(ng) borgohi oliyinda bir kun shu'arolar majlisi ekan, to'rt adad mahramlar ayog' ustida turub хizmat qilib, choy quyib turgan ekan,...” Mahram II (ot) arabcha so’z bo’lib, man, harom qilingan; haramga kirish huquqi bor demakdir. Shariatda o'zaro nikoh man etilgan va eng yaqin qarindoshlik aloqasida bo'lgan erkak yoki ayol. Mazkur ma’noda asarda faqat ayrim o’rinlardagina uchratish mumkin. “Muhammad Aliхon soch qo'ygan mahramlar, har erda yursa oyimlarni olub yurub, …” Ich so’zi bosh kelishikdagi ot, II shaxs buyruq maylidagi fe’l ma’nolarida omonim bo’ladi. Ushbu leksema o’zining bir nechta shakldoshlariga ega. Mustaqil so’z bo’lishi bilan bir qatorda funksional ko’makchi vazifasida ham keladi. Asarda ham ich omoleksemasi ko’plab o’rinlarda shakldoshlikni hosil qilgan. Download 44.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling