Har qanday tilning leksikasi haqida so’z ketar ekan, uning tarixiy takomiliga nazar tashlash lozim
Download 44.47 Kb.
|
Omograf
Urush: muhoraba, harb, g’azot, muqotala. Urush turkiycha, muhoraba, harb, g’azot, muqotala esa uning arabcha leksosinonimlari bo’lib, uslubiy jihatdan xoslangan ma’nodoshlaridir. Muqotala so’zi arabcha qotala (qatl qilmoq) fe’lidan yasalgan bo’lib, u Ibratning turkiy tilda o’zga til imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi so’z yasash mahoratidan dalolat beradi.
“Ana urush boshlandi. Amirlashkar Turkiston(ga) borib, urush qilmoq bo'lub, Iqonga bordi.”; “Andagi muhorabada shahid bo'lgonlar bunga shohid.”; “Na uchunki, maydoni harb ul er bo'lgon uchun ularda ko'b yozilgon.”; “Hattoki Amir Temur bovujudi shuncha muqotala va muhorabalar ilan g'oziylik unvonig'a noil o'lmay, хutbalarda, tug'rolarda sohibqiron deb vasf qilurlar, ammo, g'oziy demaslar”. “Nasriddinхonni хon qilmoq muddaosida bo'lub, zohiri g'azot, botini fasod Nasriddinхonni xo'qandga o'rda o'tquzub, хon qilib qo'yub,…” Ov: sayd, shikor. Asarda arabcha sayd, fors-tojikcha shikor so’zlari sof turkiy so’z – ov leksemasining sinonimlari sifatida qo’llangan. Bulardan shikor kitobiy uslubga xos, sayd esa uning eskirgan shaklidir. “…necha vaqt o'tgandan keyin borub shikorga uch kun-to'rt kun, bir hafta yurub borib-kelib yurib bir kuni ovda bir qazoq yofisga kira qilib, …” Amirning talbis fikri Shohmurodni хon qilmoqdan maqsadi Olimqulni(ng) saydi ekan. Xalq: omma, aholi. Mazkur leksosinonimlar arabcha so’z bo’lib, xalq va aholi leksemalari uslubiy juhatdan betaraf, omma esa so’zlashuv uslubiga xos deyish mumkin. “…Balkit hukumatdin bul to'g'rida maktablar ochilub, хalqni targ'ib etar. Bular qocharlar. Umrlarini yerga socharlar…” “…bog'dorlikni rivojlanduradurgon kishilar aholida kam, balki yo'q desa bo'lur…” “…ahli balog'atlar ba'zi she'rlarini kutubi ma'oniyda irod etgan ekanlar va manfaati omma uchun musora'at va ahkomi shari'atda bazlu mu'ovanat husni tadbirlik va siyosatga sa'yi va mubodaratlik bir хoni nomdor va bir podshohi komkor edi.” Shuningdek, omma leksemasini asarda omi shaklida qo’llanganini ham ko’rish mumkin: “Vallomiy «valiyi ummiy»dan bo'lur, ya'ni podshohi omi (ya'ni butun omma hukmdori — izoh nashrga tayyorlovchilarga tegishli) degan so'z, sardiya ma'noda «sohibi himmat» fahm qilurlar.” Download 44.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling