2. Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so’zlarni o’rganish So`zlashuv uslubi va uning xususiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Download 45.81 Kb.
bet1/8
Sana23.09.2023
Hajmi45.81 Kb.
#1686695
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbekistonda oliy ta’lim (Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf



Nutqiy mavzu: O'zbekistonda oliy ta'lim.
Gram. mavzu: Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so`zlar. So`zlashuv uslubi va uning xususiyatlari
Reja:
1.O'zbekistonda oliy ta'lim. “Kadrlar tayyor­lash Milliy dasturi” matni bilan tanishish, tahlil qilish
2. Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so’zlarni o’rganish
3.So`zlashuv uslubi va uning xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Kadrlar tayyor­lash Milliy dasturi

Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilanoq respublikamizda yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor berila boshlandi, chunki yoshlar bizning ertangi kunimiz. Istiqlolimiz, istiqbolimiz shularning qo‘lidadir. Yoshlarimizni yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimli, vatanparvar, keng mushohadali, buyuk davlatni barpo etish yo‘lida ijodkor va faol qilib tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Ana shuning uchun ham hukumatimiz tomonidan ta’lim tizimini isloh qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada Oliy Majlisning IX sessiyasida «Kadrlar tayyor­lash Milliy dasturi» ning qabul qilinishi ta’lim tizimida keskin burilish yasadi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da umumiy o‘rta ta’limdan so‘ng akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ta’limning alohida, uzluksiz, jahon andozalariga mos keladigan zamonaviy bir bosqichi sifatida ajratiladi. Dasturda ta’kidlanishicha, akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi.

Yoshlarni erkin fikrlashga o‘rgatish hozirgi ta’lim tizimimizning bosh maqsadidir. Muhtaram Prezidentimiz, agar bolalar erkin fikrlashni o‘rgan­masa, berilgan ta’limning samarasi past bo‘lishi muqarrarligini, mustaqil fikrlash ham katta boylik ekanligini ta’kidlaydilar.


Tafak­kur bilan til, erkin fikrlash bilan erkin so‘zlash o‘zaro uzviy bog‘liqdir, chunki fikrimizni shakllantiruvchi va ro‘yobga chiqaruvchi qudratli vosita — bu tildir. O‘z fikrini ravon, go‘zal va aniq ifoda etadigan yoshlarni tarbiyalash «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning bosh maqsadidir.

1-mаshq. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»dan olingan so‘zlar va ularning izohlariga diqqat qiling. Fikrlaringizni bildiring.


Akademik litsey — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradigan, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi uchun chuqur, soha­lashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim beruvchi o‘rta maxsus o‘quv dargohi.

Download 45.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling