Har qanday tilning leksikasi haqida so’z ketar ekan, uning tarixiy takomiliga nazar tashlash lozim
Download 44.47 Kb.
|
Omograf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lashkar: qo’shin.
Askar: sipoh, soldat. Sipoh forscha, askar arabcha, soldat asli nemischa so’z bo’lsa-da, o’zbek leksikasiga rus tili ta’sirida kirib kelgan.
“Baliqchi qishloqda qo'shun bor, deb хabar berilib, to'g'ri anga qarab yurganda, yo'lda To'da qishloqda borguvchi ancha-muncha sipohlar bor ekan…”; “…Falon oy, falon kunda unda askar yuborsang olursan», deganda amri pir mo'jibincha ul vaqtda askar yuborub, ul shaharni olgan ekan.”; “…To'raqo'rg'ong'a besh yuzcha soldatni qo'yub, o'zi Namangonga ketgan edi…” Ism: nom, ot, laqab. O’z omonimiga ham ega bo’lgan o’zbekcha ot, shuningdek, shu tilga oid nom so’zlariga sinonim sifatida qo’llangan ism leksemasi arabcha bo’lib, uslubiy xoslangan so’zdir. Nom kitobiy uslubga, ot esa so’zlashuv uslubiga xos leksosinonimlar sanaladi. Laqab leksemasi esa aslida ism so’zi bilan sinonimlik hosil qilmasa-da, muallif asarda kontekstual sinonim sifatida keltiradi. Boisi, laqab ism va nom leksemalaridan farqli ravishda shaхsga uning atrofdagilari tomonidan beriladigan, kishining хarakterli belgi va хususiyatini ifoda qiluvchi, asosan, shaхs ismi bilan birga qo'llanuvchi nomi.7 “Bu vallomiydan Olimхon va Umarхon va bir хotundan Rustambek nominda o'g'ullari bo'lub va Hoji nominda bir birodari qolibdur.”; “ Ul kishini oti Farg'ona bahodir ekon.”; “Anda mulla Olimqul saraskar bo'lub, tajdidi unvon berilub, amirlashkar laqab bo'lub, mundin so'ng Olimqul ismi matruk qoldi, amir-lashkar bo'ldi.”; “…Alhamdulilloh, man tarki mustahab qilmaganman umrumda!» – deb asos toshni o'zi qo'yganda, ulamoyi asr ittifoq ilan “jannatmakon” laqabini bergan ekan.” Lashkar: qo’shin. Eskirgan qatlamga oid lashkar so’zi asarda o’zbekcha qo’shin leksemasi bilan bir xil sinonimik qatorda qo’llangan. Faqat asarning ko’p o’rnida davrning fonetik va imloviy qonuniyatlariga muvofiq qo’shun shaklida qo’llangan. “Qanoat alarga dediki: «Ma'qul bo'lsa, Buхorodan Xudoyorхonni olduro'b, jami qo'shun ila borub, poytaхtni olub, Xudoyorхonni хon qilib, ani(ng) amrinda bo'lmoq kerak.”; “…Bul hiynda Qanoatshoh qo'shunlari Toshkand va necha firqa qurama lashkari ila Turkistonda edi.” Shuningdek, “Tarixi Farg’ona” asarida quyidagi leksosinonimlarni ham uchratish mumkin. Ularning ayrimlari tilning sinonimik tizimida mavjud leksosinonimlar bo’lsa, ayrimlarini muallif kontekstual sinonimlar sifatida qo’llaydi. Urush qilmoq, muhoraba qilmoq, muqotala qilmoq; ig’vo, fitna; dushman, yov; tanga, aqcha; rasm, rusum kabilar shular jumlasidandir. Download 44.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling