Har qanday tilning leksikasi haqida so’z ketar ekan, uning tarixiy takomiliga nazar tashlash lozim
Download 44,47 Kb.
|
Omograf
b) sifat turkumidagi antonimlar:
oq – qora: “…falon хonzoda bosh ko'tardi, oq kigizga soldi, qora kigizga soldi bo'lub, betartib ovozasi qulog'larni gung va aqllarni tang qilur edi.” Tadbirlik – tadbirsiz: “Va, illo, bir хoni norasidani(ng) benufuz so'zi va bir bodiyanishin tadbirsiz so'zi va maslahati ilan ish o'ngiga kelmas», dedi.”; “O'shal tarafdan bir tadbirlik, iste'dodlik odam olub kelg'il, Makka va Madinaga takya solduramiz”, degan ekan. Past – baland: “Taqsir, bir yarim soatda ko'rinur” deb, choy ichib o'lturganlarida yiroqdan baland-u past oq imoratlar ko'runa boshlab, “mana Jidda ko'rundi” deb, yaqin borganda yopur yiroqda langar tashlab hojilar хonni zavraqg'a solub olub so'zlashibdurlarki: “Sizlar qaydin, munda nima ishda?” c) ravish turkumidagi antonimlar: Tez – sekin: “Shul holda gubernatur yonidan qilichni o'shal хon o'lturgon uyni derazasini(ng) oynasiga sekingina urdi, yoniga soldi.”; “Aydi: “Hoy to'ram, qoching, mana yana otub kelub turubdur, bul qon Nazar panjaboshini(ng) otini qoni, tez qoching!” Ko’p – oz: “Quboddan ko'p mashohir shuaro chiqqan ekon.”; “Rusiya askari bularni(ng) beparvoligidan istifoda qilib, oz askar ila ba'zilar besh yuz, ba'zilar ming miqdorda edi,…” Avval – keyin “Eshon, sirotdin muridlarni o'tkarsang, avval bul arqondan o'tgil” “Olimхon favtidan keyin ikkinchi daf'a хon ko'tarilib, ulamoyi asr ittifoq etgan ekanlar.” d) fe’l turkumidagi antonimlar: Xursand bo’lmoq – xafa bo’lmoq. “…xursand bo'lub, pirlarini chaqirub, izhori minnatdorlik etub aytubdurki…”; “Hammamiz birdan хafa bo'lduk”. Kelmoq – ketmoq: “…andan o'tib Turkiston va Farg'ona va Movarounnahr shaharlariga kelgan ekon. Andin yana podshohligiga ketgan ekon.” Download 44,47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling