Har qanday tilning leksikasi haqida so’z ketar ekan, uning tarixiy takomiliga nazar tashlash lozim
Oq II (fe’l) – suyuqlikning yo’nalish bo’ylab oqishi. Bir asokiri shonahu ilan o'tub borub turur ekan, bir hammomdan obi musta'mal chiqib, navdan oq
Download 44.47 Kb.
|
Omograf
Oq II (fe’l) – suyuqlikning yo’nalish bo’ylab oqishi.
Bir asokiri shonahu ilan o'tub borub turur ekan, bir hammomdan obi musta'mal chiqib, navdan oqib turgan ekan. Bog’ (makon) va bog’(hisob so’z) leksemalarining o’zaro ifoda jihatining teng kelishi natijasida o'zbekcha leksema bilan tojikcha leksema orasida omonimlik yuzaga kelgan. Bog’ I (ot) – forscha so’z bo’lib, mevali daraхt, tok va gul bilan band er maydoni; mevazor ma’nolarini anglatib, asarda ham bu ma’nosida ko’p o’rinlarda qo’llangan: “Odinajon Afrosiyobni(ng) qizidurki, anga o'rda va bog' bino qilib berib, ani(ng) ismiga tasmiya qilib edi.”; “Karvonbas maslahat beribdurki, Zarkanddagi bog'inga borib, yashunub yotgil.” Bog’ II (ot) – to'plab, dastalab, belidan bog'langan pichan, beda, poхol, ko'kat va shu kabilarni ifodalash uchun xizmat qilivchi hisob so'z. “…kafil хat berayin» desa ham quloq solmay, oхiri yuz paysa doruni g'ambarakg'a solub, kichkina odam ekan, yoniga ikki bog' qurug' beda tiqib otdurubdur…” Och so’zi o’zida biror bir rang-tusning kamligini ifodalovchi daraja-shakl bo’lib, o’zida qorni och va nimanidir ochish sememalarini aks ettiradi. Lekin “Tarixi Farg’ona” asarida uning daraja-shakl ma’nosi uchramaydi: Och I (sifat) – ochlik holati. ochiqib, ovqat tusab qolgan, ochiqqan. “Xo'qand qo'shuni birdan och bo'ridek qipchoq qo'shuniga urganlarida hamma birdan qoch-qoch bo'lub, ko'b asiru o'ljalar olib,...”; Och II (fe’l) – Olish-qo'yish yo'lini, og'zini bekitib turgan tiqin, qopqoq, qulf va shu kabilarni ko'tarib , surib qo'ymoq ma’nolarini bildiradi. “…Necha kundan so'ng uch qishloqdin suv ochmoq uchun odamlar chiqqanda hammalari beshikni ko'rub, birdan talash qilib, oхiri ichlaridan birisi chek qilmoq bo'lganda uch taqsim qilib, chek solib…” O’zaro bir turkumga mansub bo’lgan asr omoleksemasi arab tilidan o’zlashgan. Asarda davr, vaqt ma’nosidan tashqari forsiy izofa tarkibidagi namoz vaqtini ifodalovchi so’z bo’lib kelgan. Asr I (ot) – yuz yillik davr, yuz yil. “Chunonchi, mo'g'ullar asrida Qubo va Aхsi poytaхt bo'lib, musulmoniya asrida Marg'inon poytaхti Yormazor bo'lib, …” Asr II (ot) – quyosh botish chog'idan bir soatcha oldingi payt va shu paytda o'qiladigan namoz. “…Piskatdan jo'nab, To'ytepaga borub, bir do'konda choy ichib, yana otlanib, namozi asrda shitob birlan Sayyid Azimboy hovlisiga keldim…” Soch so’zi ikki doirasida omonimlikni tashkil qiladi. Soch (ot: boshdagi tola) va soch (fe’lning ikkinchi shaxs buyruq maylidagi shakli) munosabatida shakily tenglik mavjud. Omonimlik saqlanadi. Lekin soch fe’l shakli lug'atga sochmoq shaklida kiritiladi, zotan, soch (ot) va sochmoq (fe'l) o'rtasidagi shakliy tenglik yo'qligi ma'lum bo'ladi, shunga qaramay fe’lning ikkinchi shaxs buyruq maylidagi soch shakli bilan otning bosh kelishigidagi soch shakli omoforma omoleksemalar sanaladi. Bu leksemalardagi omoforma munosabati soching (sening soching) va soching (siz soching) kabi shakliy tenglikda ham yuzaga keladi, ammo sochni, soching (otning kelishik shakllari) va sochgin, sochsin (fe’lning buyruq mayli shakllari) kabi holatlarda omoforma paydo bo'lmaydi. Asarda mazkur leksemalarni asosi omonim bo’lgan omoleksemalar sifatida uchratish mumkin. Soch I (ot) – odamning bosh terisida o'sadigan qil tolalar qoplamasi va ularning har biri. “…kalta safarg'a ko'b askar ilan arg'umoq otlar va iskovuch itlar, posbon beklar, chodiri chimmat qiron qushlar, soch qo'ygan mahramlar, har erda yursa oyimlarni olub yurub, хonliq saltanatini izhor va aholini bu bahona ila ig'fol etub va bu siyosat ila ihmol etgan bir zot edi der…” Download 44.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling