Har qanday tilning leksikasi haqida so’z ketar ekan, uning tarixiy takomiliga nazar tashlash lozim
Download 44.47 Kb.
|
Omograf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’r II (fe’l)
Ko’r I (sifat) – forscha so’z bo’lib, ko'rish qobiliyati yo'q; so'qir ma’nolarida qo’llaniladi.
“Hoy, amirlashkar, meni bo'yla qilma, ko'zimni ko'r qilib, xo'qandg'a jubor, men Rusiyaga daf' bo'laman, meni(ng) o'lganim bolalarim biylarga etsa, sanga yov bo'lurlar, Rusiyani sanga boshlab kelar, har ish qilib, meni o'ldurma!”. Ko’r II (fe’l) – ko'z bilan ilg'amoq, ko'z vositasida aniq farqlamoq, sezmoq, bilmoq semalarini ifoda etuvchi fe’l turkumidagi so’z bo’lib, asarda, asosan, shu ma’nosida qo’llangan. Xudoyorхonni(ng) xo'qandga kirganini ko'rub, Amir Muzaffar хotirjam bo'lub, xo'janddin Buхorog'a qaytdi. Ul kishi Mullakudungda ekanlar. Borub, bolalar asir bo'ldimu yoki otilib o'ldimu, eson-omon ko'rmak muyassar bo'lsa edi, deb Yusufхo'ja va Muhammad Zohid degan kishilarni yuborgan ekanlar. Sinonimlar Ma’lumki, tilda bir so’zni uning turli shakllari orqali ifodalash mumkin. Bu so’zlovchining so’zamolligi, so’z zaxirasining boyligidan dalolat beradi. Tilshunoslikda bir ma’no atrofida birlashuvchi turli shakldagi so’zlar ma’nodosh so’zlar, ya’ni sinonimlar deyiladi. Sinonimlar talaffuzi, yozilishi har хil, birlashtiruvchi ma'nosi bir хil (umumiy) bo’lgan, qo’shimcha ma'no nozikligi, emotsional bo’yogi, qo’llanishi kabi bir qator хususiyatlari bilan o’zaro farqlanadigan so’zlardir. Ana shunday umumiy ma'no bilan o’zaro bog’lanuvchi so’zlar guruhi sinonimik qatorlarni tashkil etadi. Sinonimik qatorlar ikki yoki undan ortiq leksemalardan iborat bo’lishi mumkin6. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sinonimik qatorni tashkil qiluvchi barcha leksosinonimlarni biri o’rnida boshqasi qo’llash har doim ham o’zini oqlamaydi. Boisi, ularda ijobiy va salbiy baho semalari mavjud bo’ladi. Aytaylik, yuz so’zi o’rnida jonli so’zlashuvda tilida uning chehra semasini, yoki ilmiy va rasmiy uslublarda tur, aft semalarini qo’llab bo’lmaydi. Tarixiy-badiiy asarlarda sinonim so’zlarni qo’llash shu davrning leksik zaxirasini, ijtomoiy darajasini ko’rsatibgina qolmay, asarning ilmiy ham ahamiyatini belgilaydi. Bu turdagi asarlarda sinonimlarning aksariyatini aralash til unsurlari tashkil etadi. Ya’ni til tarixida turkiy leksemalarga hamohang tarzda yozma manbalar tiliga aylangan arabiy va forsiy til leksemalari biri o’rnida boshqasi sinonim sifatida foydalanilavergan. Xususan, “Tarixi Farg’ona” asarida muallif qo’llagan ma’nodosh so’zlarning aksariyati ham asalash sinonimlardir. Jumladan, muallif sof turkiycha urush leksemasi o’rnida muhoraba, harb leksemalarini qo’llaydi. Bundan tashqari, ko’plab arabcha leksemalar yasaydi va ularni turkiy so’zlarning sinonimik muqobili sifatida qo’llaydi. Bu Ibratning arab tilini mukammal bilganini ko’rsatadi. “Tarixi Farg’ona” asarida quyidagi sinonimik qatorlarni ko’rish mumkin: Download 44.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling