Har qanday tilning leksikasi haqida so’z ketar ekan, uning tarixiy takomiliga nazar tashlash lozim
Download 44.47 Kb.
|
Omograf
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASIR – ASR Asir
Ochmoq – yopmoq:
Eshikni bazo'r ochdurub kirdim... To'qqiz osmon elkasiga ko'k joma yopdi. Paronimlar Leksik ma'noga ko'ra o'zaro aloqador bo'lmagan ikki so'zning talaffuzda o'xshashligiga asoslangan ohangdosh so'zlarga paronimlar deyiladi. Ularni talaffuzdosh so’zlar ham deyish mumkin. Ularning, asosan, bir tovush bilan ma’nosi farqalanishi ilmiy manbalarda ko’p qayd etilgan. Lekin so'z tarkibidagi bir tovush bilan farqlanish doimo paronimiyaga olib kelavermavdi. Aks holda tildagi kvaziomonimlarning (minimal juftliklarning) barchasini paronimlar deb baholashga to'g'ri kelardi. Paronimiyada ba’zan leksemalar tarkibidagi fonemalar miqdori teng bo'lmasligi ham mumkin, ammo ularning talaffuzida bir-biriga yaqinlik, ohangdoshlik bo'lishi shart9. Paronimlardan poeziyada she'riy qofiyalar yaratishda, shuningdek, askiya, hazil-mutoyibada ham keng foydalaniladi. Shuni aytish kerakki, paronimiya hodisasini salbiy hodisa deb bo'lmaydi. Bu haqda tilshunos N.V.Krushevskiy shunday yozadi: «Til yangilanib, o'z sostavini boshqa faktorlar bilan buzayotganga o'хshaydiyu, lekin aslida esa bu faktorlar til uchun oliy darajada foydalidir. Ular tilga doimiy yangi materiallar etkazib turadi. Tilda shularsiz na struktura va na leksik material jihatdan progress bo'lishi mumkin emas10. “Tarixi Farg’ona” asarida ham ayrim paronimlarni uchratish mumkin. ASIR – ASR Asir – asirlikka tushgan odam, tutqun. “…Xo'qand qo'shuni birdan och bo'ridek qipchoq qo'shuniga urganlarida hamma birdan qoch-qoch bo'lub, ko'b asiru o'ljalar olib, Musulmonqulini o'z kattalari tutub berganda darhol o'ldurmay, temir qafasg'a solub, xo'qandga olub kelgan ekan.” Asr – yuz yillik davr. Bu jannatmakon asrinda ulamoyu talaba va ahli ilm rivoj bo'lub, shoiriyat mo''tabar ekan. AMIR – AMR Amir – Sharqning ayrim musulmon mamlakatlarida хonlik yoki podsholik unvoni va shu unvon egasi. “Chunonchi, ul vaqtda Buхoro amiridan amir Haydardan elchi kelib, tobe' qilmoqda amirdan inoyatnoma olib kelib ekan, Umarхon o'zi javobig'a bir misra' javob yozub, qaytargan ekan.” Amr – buyruq, farmon, farmoyish. “…Anda jumla sarkarda va sipohlar yakdil, bir til bo'lub dedilar: «Inon-iхtiyorimiz sizga berduk, qaysi taraf muvofiqi marom va manfaati anom bo'lsa qilsunlar, amr sizdadur», deb javob berdilar.” Download 44.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling