Glossariy immunitet


Download 322.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.09.2020
Hajmi322.01 Kb.
#128614
Bog'liq
GLOSSARIY

background image
GLOSSARIY 

 

Immunitet  -  (lat.immunitas-ozod  bo‘lish,  qutilish)  deganda  tibbiyotda 

organizmning  doimiy  ichki  muayyanligini  saqlash,  o‘zini  turli,  shu  jumladan, 

zararli  ta’sirlardan  himoya  qilishga  qodir  bo‘lgan  hususiyatlari  majmui 

tushuniladi. 

Mafkura (arab.  —  fikrlar  majmui)  —  muayyan  ijtimoiy  guruh,  qatlam, 

millat,  jamiyat,  davlatning  manfaatlari,  orzulari,  maqsadlari  ifodalangan 

qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi.

 

Ommaviy  madaniyat  –  ko’pchilik  tomonidan  iste’foda  qilishga 

mo’ljallangan  va  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  tarqatiladigan  madaniiy 

qadriyatlarni  ishlab  chiqish  bilan  ajralib  turadigan  zamonaviy  industrial  jamiyat 

madaniyatining bir turi.

 

Madaniyat  –  jamiyat,  inson  ijodiy  kuch  va  qobiliyatlari  tarixiy 

taraqqiyotining  muayyan  darajasi.  Kishilar  hayoti  va  faoliyatining  turli 

ko’rinishlarida,  shuningdek,  ular  yaratadigan  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarda 

ifodalanadi. 

Muzey – ( yun.musion – muzalarga bag’ishlangan joy) tarixiy, moddiy va 

ma’naviy  yodgorliklarni  to’plash,  saqlash,  o’rganish  va  targ’ib  qilish  ishlarini 

amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy – ma’rifiy muassasa. 

Bayram  –  (turkiycha  kata  yig’in  ,  toy)  –  keng  nishonlanadigan  tantanali 

kun.  Ijtimoiy  –  iqtisodiy taraqqiyot  davomida  kelib  chiqishi,  mazmuni,  ijtimoiy 

hayotda  qaror  topishiga  ko’ra  an’anaviy,  diniy,  milliy  va  boshqa  bayramlar 

vujudga keldi. 



Mafkuraviy 

profilaktika 

mafkuraviy 



immunitet 

tizimini 

shakllantiruvchi  bosh  omildir.  U  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  yot  g‘oyalarning  kirib 

kelishining  oldini  olish  va  ularni  yo’qotishga  qaratilgan  chora-tadbirlar 

majmuini o‘z ichiga oladi. 

background image
Manipulyatsiya  (manus  -  qo‘l)  so‘zi,  Ya’ni  «obekt  ustidan  biror 

maqsadda ish olib borish» ma’nosida ishlatilmoqda. 



 

Download 322.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling