Germaniyaning tarixi


Download 32.5 Kb.
Sana14.11.2023
Hajmi32.5 Kb.
#1773169
Bog'liq
185 XII-XV asrlarda


Germaniyaning tarixi

Germaniya siyosiy taraqqiyotining o 'ziga x&s xususiyatlari. Shtaufenlar hukmronligi davri. Gabsburglar hukmronligi. Germa-niyada markazlashgan davlatning tashkil topmay qolganligi.


Siyosiy taraqqiyotning o'ziga xosligi. Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti Fransiya va Angliyanikidan farq qilardi. Bu ikki davlat tobora markazlashib borgan bo'lsa, Germa-niyada feodal tarqoqlik hukm surardi. Mamlakat kichik-kichik knyazliklarga bo'linib ketgan edi. Imperator hokimiyati zaif edi. Irnperator bor-yo'g'i feodallarning eng yirigi edi, xolos. Knyazliklar unga nomigagina vassal hisoblanardi. Buning asosiy sababi -Germaniya imperatorlarining bosqinchilik siyosati edi. Bunday siyosatGermaniya imperatorlarini yirik va mayda feodallarga butunlay bog'lab qo'ygan. Chunki bosqinchilik urushlarini ularning madadisiz amalga oshirib bo'lmas edi.
Fransiya va Angliyada shaharlar qirol hokimiyatining ittifoqchisiga aylangan bir paytda Germaniyada bu hodisa ro'y bermagan. Bunga bosqinchilik urushlarining imperatorlarni shaharlar taqdiriga befarq qilib qo'yganligi sabab bo'lgan.
Shtaufenlar sulolasi hukmronligi. 1125- yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga shtaufenlar sulolasi keldi.
Bu sulolaning imperatori Fridrix I Barbarossa edi. U 38 yil imperatorlik taxtida o'tirgan. Uning hukmronlik yillari bosqinchilik urushlariga to'la bo'ldi. Chunonchi, 1158- yilda Italiya bosib olindi. Bu Germaniya tomonidan Italiyani ikkinchi marta istilo qilinishi edi. Italiya erkin shahar kommunalari shaharlarga imperator noiblarining tayinlanishiga rozilik berishga majbur etilgan.
Sodiq huquqshunoslar imperator Fridrix I ni ,,yerdagi jonli qonun" deb madh etganlar.
Erkinlikka ko'nikkan Italiya shaharlari ittifoqqa birlashganlar. Bu ittifoqda Milan shahri yetakchi rol o'ynagan. Germaniya ta'sirining kuchayishidan cho'chigan Rim Papasi ham shaharlar ittifoqiga; qo'shilgan.
1176- yilgi jangda imperator qo'shini mag'lubiyatga uchraganJj Fridrix I Italiya shaharlarining erkin kommuna huquqlarini tan olgan. Buning evaziga shahar kommunalari sifatida imperatorning oliy hokimiyatini tan olganlar. Ayni paytda Fridrix I Rim Papasi davlati ishlariga aralashmaslikka rozi bo'lgan.
Biroq Fridrix I Italiyadan butunlay voz kechgan emas. U mamlakat^ janubidagi Sitsiliya qirolligini oilaviy nikoh yordamida Germaniyi ta'sirida saqlab qolishga erishgan.
Imperator hokimiyatining tushkunlikka uchrashi. 1212-yilda Rim Papasi Sitsiliya qiroli Fridrix II Shtaufen (Fridrix I najj birasi)ni Germaniya imperatori deb e'lon qildi. Ammo u Sitsiliyada yashar edi. Natijada Germaniyada hokimiyat amalda yirik feodalli qo'liga o'tgan.
Fridrix II yirik feodallarning imperatorlikka yangi nomzc ko'rsatib qo'ymasliklari uchun ularga har qanday masalada yon bosgan. Rim Papasi esa Fridrix II ni o'z vassali deb hisoblardi. Papa hatto Fridrix II ni salib yurishida ishtirok etishga ham majbur etgan. Biroq u Papa kutganidek muvaffaqiyatga erisha olmagan. Bu esa Papani ranjitgan. Rim Papasining Italiya shaharlari ittifoqini qayta tiklashi ularning munosabatlarini keskinlashtirgan. Tez orada imperator bilan Papa o'rtasida urush boshlangan. Papa Rimdan qochib ketishga majbur bo'lgan. U Fridrix II ni dindan qaytgan deb e'lon qilgan. Germaniya knyazlarini yangi imperator saylashga chaqirgan.
1245- yilda Rim Papasi Fridrix II ning barcha fuqarolarini imperatorga sodiqlik qasamlaridan xalos etgan. Imperator tarafdorlari bilan Papa tarafdorlari o'rtasidagi kurashda Fridrix II yengilgan.
1250- yilda uning vafot etishi shtaufenlar sulolasini halokatga uchratdi. 1273- yilgacha Germaniyada amalda imperator bo'l-magan. Bu holat mamlakatda ishlab chiqarishni butunlay izdan chiqargan.
XIII - XV asrlarda Germaniyadagi siyosiy ahvol. Bu davrlarda feodal tarqoqlik tobora kuchaydi. Germaniya yanada maydalashdi. Imperatorlik hokimiyati hech qachon o'z qaddini avvalgidek qayta tiklay olmadi.
1273- yilda gabsburglar sulolasi vakili imperatorlik taxtini egalladi.
1347- yilda hokimiyat lyuksemburglar sulolasi qo'liga o'tdi. Bu sulola davrida Germaniya imperatori yetti nafar saylovchi tomonidan saylanadigan tartib qaror topdi. Ularning to'rt nafari qudratli knyazlardan, uch nafari esa arxiyepiskop (oliy ruho-niy)lardan iborat bo'lgan.
Lyuksemburglar sulolasi 1437- yilgacha hukmronlik qilgan.
1437- yilda hokimiyat yana gabsburglar sulolasi qo'liga o'tgan. Bu sulola hokimiyatni 1469 yil davomida o'z qo'lida saqlab turdi.
Xususiy merosiy knyazlik yerlari gabsburglarning tayanchi edi. Ular oilaviy nikoh vositasi orqali o'z mulklarini kengaytirib borganlar. Shu yo'l bilan keyinchalik hatto Ispaniya taxtiga ham merosxo'r bo'lib olganlar. Lekin Germaniyaning gabsburglar imperatorlari hech qanday real hokimiyatga ega bo'lmagan. Ularda na doimiy qo'shin* na imperiya markaziy boshqaruv mahkamasi bo'lgan. Imperiyada umumimperiya sudi va umumimperiya solig'i ham bo'lmagan. Imperator avvalgidek birinchi feodal - knyazlarning nomigagina boshlig'i bo'lib qola bergan.
Fransiya va Angliyada markazlashgan davlat vujudga kelgan bir davrda Germaniyada feodal tarqoqiik davom etgan.
Feodal tarqoqiik Germaniyani zaiflashtirdi. Oqibatda Polsha Prussiyani, Daniya esa Klezvig-Golshteynni bosib olgan.
1481- yilda Germaniyaning tarkibidan Shveysariya mustaqil davlat bo'lib ajralib chiqqan.



  1. - Toshkent Pedagogika kolleji

Mustaqil ish
Jahon tarixi


Mavzu: Germaniyaning tarixi va hozirgi kuni.
Bajardi: A’zamova Zulfiya
Tekshirdi: To’ychiyeva Sharofat


Toshkent – 2011
Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling