1. Mavzu: Oqava suvlarga ishlov berish usullari (20. 03)


- rasm. Ohak ombori sxemasi


Download 0.92 Mb.
bet3/6
Sana08.01.2022
Hajmi0.92 Mb.
#251733
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektr stansiyalarda suv TT 20.03dan

6.2 - rasm. Ohak ombori sxemasi:

1 – vagon; 2 – temir-beton to'siq;3 – so'ndirilgan ohak bo'lmasi;4 – greyfer;5 – ko'prikli kran;6 – nasoslar;7 – sirkulyasion aralashtirgich;8 – gidrosiklon;9 – suv keltirish quvuri;10 – siqilgan havo;11 – ohak eritmasini aylantirish nasosi;12 – dozator nasos;13 – chiqindi ohak bo'lmasi.

Hosil bo’lgan karbonat ioni СО32- Kalsiy va Ca kationlari bilan birikib СаСО3 holatida cho’kmaga cho’kadi. Bu birikmaning cho’kmaga tushishi suv tarkibidagi Са va СО3 ionlar kontsentratsiyasi ko’paytmasi СаСО3 ning eruvchanlik ko’paytmasidan katta bo’lgan holda sodir bo’ladi.

ССа+Ссо3>EKСаСО3,

EKСаСО3 – СаСо3

ning eruvchanlik ko’paytmasi. Kam eruvchan modddalarning suvdagi eruvchanligi ularning eruvchanlik ko’paytmasi bilan tavsiflanadi va EK harflari bilan belgilanadi. Moddalarning EK si qanchalik kichik bo’lsa, ularning cho’kmaga tushishi ham tez bo’ladi. Kam eruvchi moddalarning suvda erishi suv xaroratlariga bog’liq. СаСО3 ning 250С dagi EK 43×10-3 g·ekv/l bo’gani uchun suvdagi Са2+ kationlari СаСО3 holida cho’kmaga tushadi.

Shu eritma qo’shilgan suvdagi Mg kationlari esa

Mg+2OH-®Mg(OH)2

]holatiga cho’kadi.


Suvni ohak eritmasi bilan yumshatish umumiy qattiqligi ishqoriyligidan katta bo’lgan suvlarda yuqori natija beradi. Suvni koagulyat va ohak eritmasi bilan tozalash natijasida karbonatli
qattiqlik 0,7 mg·ekv/l gacha tushadi. Suvni soda eritmasi bilan yumshatishda suvga soda Na2CO3 eritmasi qo’shiladi. Bunda suv tarkibidagi karbonatli va karbonatsiz qattiqligi kamayadi. Karbonatli qattiqligi kamayishi quyidagicha ifodalanadi:
Ca(HCO3)2+NaCO3=2NaHCO3+CaCO3¯

Mg(HCO3)2+NaCO3=2NaHCO3+MgCO3¯
Karbonatli qattiqligi kamayishi quyidagicha:

CaSO4+Na2CO3=CaCO3¯+Na2SO4

CaCl2+ Na2CO3=CaCO3¯+2NaCl

MgSO4+Na2CO3=CaCO3¯+Mg2SO4

MgCl2+ Na2CO3=MgCO3¯+2NaCl
Suvga soda eritmasi Na2CO3 qo’shib yumshatish suvning karbonatsiz qattiqligi, karbonatli qattiqligidan katta bo’lgan suvlarda yaxshi natija beradi.Bu jarayonni amalga oshirishda yumshatilayotgan suv xarorati 90-950S atrofida bo‟lsa suv qattiqligi yanada ko’proq miqdorga
kamayadi. Suv tozalash inshoatlarida kam miqdordagi suvlarni ohak eritmasi bilan yumshatishda eritma tayyorlash uchun gidravlik aralashtirgichli va to’r simli so’ndirish qurilmalaridan foydalaniladi.


6.3 – rasm. Eritmalarni tayyorlash qurilmalari.

1 – so’ndiruvchi bak, 2 – aralashtirgich, 3 – ohakning erimay qolgan qisimni tutuvchi to’r, 4 –vagoncha, 5 – nasos, 6 – eritmani miqdorlovchiga yuboruvchi quvur, 7 – drenaj.

 

Qurilmaning so’ndirgichi 1 maydalangan ohak bilan to’dirilib, unga sekin oqim bilan suvberiladi va ohakning to’la so’nishi ya„ni quyuq butqa hosil bo’lguncha 2-3 soat kutiladi. So’nghosil bo’lgan butqani suv bilan yuvib, aralashtirgich 2 ga tushiriladi. Sundirgichda qolgan qoldiq tagqismidan tirqish orqali vagoncha 4 ga chiqarib olinadi. Aralashtirgichdagi ohakning quyuq eritmasidanishchi eritma tayyorlanib miqdorlovchi baklarga yuboriladi. Zamonaviy issiqlik elektr stantsiyalarida bu sxema katta inshoatlarda amalga oshirilib to’lamexanizatsiyalashtirilgan. Bu qurilmalarda ohak vagonlarda yoki mashinalarda keltirilib, ohakmaydalagich tegirmonida maydalanib, elevator orqali baklarga yuboriladi. Bu bunkerlardan ohak taqsimlovchi orqali ohak so’ndiruvchi apparatga kelib tushadi. Tayyor bo’lgan oxak eritmasi maxsus baklarga suv bilan yuvilib oqib tushadi va nasoslar orqali bakdan olinib, gidravlik aralashtigichlarga yuboriladi. Ohak aralashtirgichdagi kerakli kontsentratsiyali eritma nasos dozator orqali tindirgichga yuboriladi.



Nazorat savollari

1.Suvni qattiqligini va ishqoriyligini pasaytirishda ishlatiladigan reagentlar.

2.Suvni ohak eritmasi bilan yumshatishda Ca va Mg kationlarning cho’kishi qanday sodir bo‟’adi?

3. Suvni soda eritmasi bilan yumshatish va uning suvga qo’shiladigan dozasi.

4. Suvning qattiqligini ishqor eritmasi bilan kamaytirish.

5. Ohak eritmasini tayyorlash va reagent xo’jaligi.

6. Ohak aralashtirgichdagi kerakli kontsentratsiyali eritma nima orqali tindirgichga beriladi?

7. Suvni cho’kma hosil qilib yumshatish uchun qaysi jarayon qo’llaniladi?




Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling