2 – laboratoriya ishi (2-soat) Ishning nomi: Ayollar ko‘ylagining mayda detallarini tikish. Ishdan maqsad


Download 17.69 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi17.69 Kb.
#1583009
Bog'liq
2 – LABORATORIYA ISHI



2 – LABORATORIYA ISHI (2-soat) 
1. Ishning nomi: Ayollar ko‘ylagining mayda detallarini tikish. 
2. Ishdan maqsad: Talabalarga ko„ylaklarning mayda detallarini tikishni 
o„rgatish. 
3.Ishning nazariy qismi. 
 
Kiyimni odam gavdasiga moslash va kiyimni gavdaga yaxshi yopishib 
turadigan qilish uchun asosiy detallarda vitochka qilinadi. Yengil ko„ylaklarda 
vitachkalar yaxlit bo„ladi. Vitachkalarni tikish uchun detalga 2ta belgi chiziq 
qo„yiladi. Birinchi chiziq detalning bukish chizig„i, ikkinchi chiziq detalning 
kengligini belgilovchi chiziq bo„ladi. Birinchi chiziq bo„yicha detal o„ngi ichkariga 
qaratib bukiladi va ikkinchi belgi chizig„ bo„ylab biriktirib tikiladi. 
2-rasm. Vitochkalar turlari. 
 
Kiyim old va ort bo„laklarini bezash uchun ularda kiritma va koketkalar 
bo„ladi. Ular to„g„ri oval, murakkab shaklda bo„ladi. Bu detallar asosiy detallarga 
biriktirma, quyma yoki bostirma chok bilan tikiladi. Kiritma yoki koketkalar cheti 
ochiq qilib ulanadi, kant qo„yib ulangan, quyma burma bilan ulangan, to„r qo„yib 
ulangan bo„lishi mumkin. To„g„ri yoki oval shakldagi koketkalarni asosiy detalga 
bostirma chok bilan ulashdaularni o„ngini ichkariga qaratib, qirqimlarini tekislab 
qo„yiladi va 1,5sm chok xosil qilib biriktirib tikiladi. Chok qirqimlari 
yo„rmalanadi-da koketka tomonga yotqizib dazmollanadi.Modelga ko„ra bezak 
baxyaqator bo„lsa o„ngi tomonidan yuritiladi. Ayollar ko„ylagi turli 
furnituralar, kashta choklar, quyma burmalar, turli bezak choklar, to„rlar, qoplama 
bezaklar bilan bezatiladi. Quyma kantli bezak choklarni tikishda, kant detal 2 
buklab dazmollanib, asosiy detal ustiga qo„yib bahyaqator yuritiladi, keyin 2-detal 
uning ustiga qo„yilib, 1mm qochirib, 2-bahyaqator yuritiladi. 
3-rasm. Kiritma va koketkalarni asosiy detalga ulash
 


Sutaj, jiyak, to„r 1 yoki 2 ignali mashinalarda to„g„ri yoki siniq bahyaqatorlar 
yordamida bostirib tikiladi. Bezak baykalar yalang qavat yoki 2 qavat bo„lishi 
mumkin. Ular biriktirma yoki bostirma chok bilan ulanadi. 
4-rasm. Sutaj, jiyak, turlarini detalga ulash.
 
Belbog„lar ensiz va keng, yumshoq va qattiq konstruksiyasi bo„yicha bir 
detaldan iborat yaxlit va astarli bo„ladi. Yaxlit bichilgan belbog„ yoki xlyastik 
uzunasiga ikki buklab olinadi va ikki tomonga 0,5-0,7sm kenglikdagi chok bilan 
biriktirib tikiladi. Belbog„ning ikkinchi uchini uning qirqimini teskari tomonga 
0,7-1,0sm kenglikda bukib tikiladi. Belbog„ shu ochiq qolgan tomonidan o„ng 
tomoniga maxsus moslama yordamida ag„dariladi. Ochiq qolgan tomonini 
bukilgan ziydan 0,1-0,15sm oraliqda universal mashinada tikiladi. Belbog„ni, 
xlyastiklarni qo„sh ignali choklash mashinasida maxsus buklagich ishlatib, 
bostirma chok bilan tikish xam mumkin. 
4. Ish joyini jihozlash. 
1. Tikuv mashinasi. 
2. Dazmol stoli. 
3. Dazmol. 
4. Qaychi, ip, igna, mel. 
5. Asosiy material. 
6. Flezilin. 
7. Andozalar. 
5. Ishni bajarish tartibi. 
Ishni bajarishdan oldin biz zarur bo„lgan narsalarni taxt qilib olamiz. So„ngra 
stol ustiga materialni yozib, andozalarni joylashtirib bichamiz. Asosiy detallarga 
vitachka o„rinlarini belgilab olamiz. Koketka, belbog„, xlyastik bichamiz. Ularga 
kerakli flezelinni ham bichib olamiz. Tikish uchun kerakli bo„lgan detallar tayyor 
bo„lgandan keyin tikishni boshlaymiz. Vitachkalar qanday tikilish yo„llarini 
o„rganamiz. Bichilgan koketkalarni asosiy detalga qanday ulanishini ko„rsatib 
beramiz. Xlyastik, belbog„ni tikish yo„llarini mashinada ko„rsatamiz va talabalarni 
mashinaga o„tqazib tiktirib ko„ramiz. Tikib bo„lganimizdan keyin esa bu detallarni 
dazmol qilish yo„llarini o„rgatamiz. 
6. Hisobot mazmuni. 
1. Ishni bajarish uchun boshlang„ich ma‟lumot. 
2. Andozalar qo„yib bichilgan detallar. 
3. Laboratoriya ishi davomida tikib tayyorlangan detallar. 


4. Xulosa. 
5. Ishlatilgan adabiyotlar. 
7. Nazorat uchun savollar. 
1. Kiyimga nima uchun vitachka qilinadi? 
2. Vitochkani qanday turlarini bilasiz? 
3. Koketkalar qanday shaklda bo„ladi? 
4. Koketkalar asosiy detalga qanday choklar bilan ulanadi? 
5. Kiyimni qanday bezaklarini bilasiz? 
6. Belbog„ni qanday turlarini bilasiz? 
8.Adabiyotlar. 
1. M.SH.Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent-1977yil. 
2. G.K.Kulijonova, S.S.Musaev “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi” 
Toshkent-2002yil. 

Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling