1-mavzu: O’qish sifatini jadallashtirish usullari fanining maqsadi va vazifalari
-mavzu: Nutq vositalari va nutq sifatlari: nutqning to’g’riligi, aniqligi, sofligi, izchilligi va mantiqiyligi
Download 73.82 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qog‘oz va qalam
2-mavzu: Nutq vositalari va nutq sifatlari: nutqning to’g’riligi, aniqligi, sofligi, izchilligi va mantiqiyligi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqining kamchiliksiz bo’lishini ta’minlash uchun avvalo savod o’rgatish jarayonidan boshlab bola nutqidagi nuqsonlarni bartaraf qilish zarur. Birinchi navbatda, o’quvchida o’qish malakalari to’g’ri shakllantiriladi, kitobga nisbatan bolada mehr uyg’otib, kitobxon qilib tarbiya topsa nutqida kamchiliklar bo’lmaydi. Chunki bola kitobda ko’rgan va o’qigan so’zlarida qayta xato qilmaydi. Bolalarda nutqning yaxshilash uchun quyidagicha topshiriq berish mumkin: Darsdan tashqari paytda oldindan o’quvchilarni guruhlarga bo’lib olinadi va ularga tayyorgarlik ko’rishga topshiriq beriladi. O’quvchilarga biror kunni belgilab, turli mavzulardagi hikoya beriladi va bu hikoyalarni nutq sifatlariga amal qilgan holda o’qib berishlari kerak bo’ladi. Qay tarzda o’qib berishni guruh o’zi hal qiladi. Hikoya yoki matnni o’quvchilarning Yoshi va sinfiga qarab tanlanadi. Quyida bir ikkita misolllarni ko’rishingiz mumkin. Uch kun qattiq yomg‘ir yog‘ib, jilg‘a paydo bo‘libdi. U loyqa, xashak va chirigan shox-shabbalar bilan ko‘pirib oqib kelar ekan, to‘satdan daryoga duch kelibdi. Daryo unga “Kel, menga qo‘shil, ikkalamiz katta kuch bo‘lib odamlarga elektr energiya hosil qilamiz, ekin maydonlarini sug‘oramiz”, – debdi. Shunda jilg‘a: “Yo‘q, men erkinlikni, o‘zim alohida oqishni yaxshi ko‘raman, qara, qanday kuchliman – ustimda shuncha shox-shabbani oqizib ketyapman”, – debdi. Shunda daryo “Mayli, ixtiyor o‘zingda”, – dedi. Jilg‘a hovliqib, suvlarini ko‘pirtirib, duch kelgan tarafga oqib ketdi. Quyosh tikka kelib, havo isibdi. Kunning qaynoq taftida jilg‘a sekin-asta quriy boshlabdi. Kechga borib, undan faqat ko‘lmak qolibdi. Alqissa: Qanchalik yosh va g‘ayratli bo‘lsang-da, kamtarin bo‘l. Kattalarning maslahatiga quloq tut. Ikki kitob Ikki kitob kutubxona rastasida uchrashib qolishibdi. Biri ixcham, o‘qilaverganidan varaqlari titilgan, muqovasi eskirgan. Ikkinchisi qalin, jildi tillarang naqshli, juda go‘zal ekan. U sherigiga debdi: – Oshna, usting xarob, titilib ketibsan, erta-indin seni tashlab yuborishadi. Eski kitob o‘ylanib debdi: – Gap bezakda emas, balki mazmunda, seni bezagingga qarab, bir-bir varaqlab, rastaga qaytarib qo‘yib ketishyapdi. – Sen mening bahoyimni bilasanmi? Narximga sendaqa kitobdan o‘ntasi keladi, – debdi yaltiroq kitob. Shu payt kutubxonachi yaltiroq muqovali kitobni olib maklaturaga tashlab yubordi. Eski kitobni esa qaytadan nashr qilish uchun nashriyotga jo‘natib yubordi. Alqissa: Mazmunsiz yaltiroq kitobdan, mazmunli eski kitob yaxshi. Qog‘oz va qalam Qalam va qog‘oz bir ijodkorning stoli ustida uchrashib qolibdi. Shunda qog‘oz dardini ochibdi: “Sen bilan uchrashmaganimda toza va oppoq qog‘oz edim. Birovlar tomosha qilib, ko‘zi quvonar edi. Sen ahmoq esa ustimga allanimalarni yozib tashlading, qara ahvolimni, qorayib yotibman”. Shunda qalam: “Ey nodon, senda bir asar qahramonining hayoti yozilgan, rahmat aytish o‘rniga meni koyiyapsan, men bo‘lmaganimda shuncha umr ko‘rmagan bo‘larding va katta asarning yaralishiga sababchi bo‘lmasding, aksincha, bir keraksiz buyumga aylanarding”, – debdi. Alqissa: Har doim o‘z vazifang va o‘rningni bil. Shunda odamlarga foydang tegadi. Daminjon Pirmatov Download 73.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling