1-mavzu: O’qish sifatini jadallashtirish usullari fanining maqsadi va vazifalari


-mavzu. Unli va undosh tovushlar talaffuzi. Boshlang‘ich ta'limda to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish


Download 73.82 Kb.
bet5/8
Sana31.01.2024
Hajmi73.82 Kb.
#1829297
1   2   3   4   5   6   7   8
5-mavzu. Unli va undosh tovushlar talaffuzi. Boshlang‘ich ta'limda to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish.

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni to’g’ri talaffus qilishga o’rgatish savad o’rgatish jarayonida boshlanadi. O’quvchilar tovushlar bilan birga ularning qay so’zlar bilan qanday o’qilishini ham asta-sekinlik bilan o’rganib boradilar. Ularni to’g’ri talaffuz qilishini yaxshilash uchun jarangli tovushlar qatnashgan she’rlarni o’qishni, yod olishni topshiriq qilib berish yaxshi natija beradi.


HAMAL
Yondi ko’kning nayzasi,
Undi yerning maysasi.
Shamol keldi, yel keldi,
Shovqin bilan sel keldi.
Cho’mildi dala-qirlar,
Chuchmomalar qiqirlar,
Qish qasriga qamal bu,
Sog’intirgan hamal bu!

DASHTDA
Dashtda sabza barq urdi,



Qaldirg’ochlar charx urdi.
Soy suvlari shovullar,
Qizg’aldoqlar lovullar.
Oppoq tongning nafasi,
To’rg’ayning nozli sasi
Oh, naqadar gashtlidir,
Men qo’msagan dasht shudir!


6-mavzu. Urg‘u, to‘xtam, ohang, temp va ritm orqali matnni tahlil qilish. Ulardan nutq jarayonida maqsadli foydalanish.
Tovush
Ba’zi o'qituvchilarga tovush tug'ma qobiliyat sifatida berilgan, lekin bu ham mashq qilib turilmasa buziladi
Diapazon tovushning hajmi bo'lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohanglar bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi nutqni bir xi] ohangda zenkarli bo'lib qolishiga sabab boiadi.
Tembr tovushning rang-barangligi, yorqinligi hamda yumshoqligini namoyon qilib, shu bilan birga o'qituvchi nutqining chiroyli, mavin, jozibali, o'ziga hosligini ta’minlaydi.
Matnni ohang orqali tahlil qilishda dialogli matn tanlab, rollarga bo’lib o’qish maqsadga muvifiq.

Egizaklar
Arofat xola oshxonaga kirdi-yu, kechki ovqatdan so‘ng yig‘ishtirib olingan idish-tovoqlarning haligacha yuvilmaganini ko‘rib, jahli chiqdi.
– Zuhra-yu, – deb chaqirdi nevara qi­zi­ni. Zuhra eshitmadi chog‘i, hadeganda kela­ver­madi.
Arofat xola nevara qizlari – Fotima va Zuhraning xonasi tomon yurdi. Xona eshigini asta ochib, ichkariga razm tashladi. Fotima dars tayyorlayapti, butun diqqati kitobda. Zuhra esa karavotida o‘tirib, oyisining qo‘l telefonida birnimalarni ko‘ryapti.
– Bugun oshxonada kim navbatchi edi? – deya xonaga kirib bordi u.
– E-e-e, men navbatchi edim, birpas turib yuvarman o‘sha idishlarni, charchab ketyapman, – dedi Zuhra telefondan ko‘z uzmay.
– Qani, telefonni egasiga olib chiqib ber-chi qizim, – dedi buvisi Zuhraga qarab.
– Yana ozgina ko‘rib olay buvijon, zo‘r, qiziq tik-toklar bor ekan, – dedi Zuhra yalinish ohangida.
– Zuhra, yana buvimni ovora qilyapsanmi,– dedi Fotima o‘tirgan joyida ovozini ko‘tarib.
– Hozir... mana... qilaman, – dedi Zuhra noiloj ohangda o‘rnidan turib, oshxona tomonga yurdi. Ortidan buvisi ham kirdi. Zuhra sharaq-shuruq qilib, idishlarni yuva boshladi.
– Hoy-hoy-hoy, bunaqada oshxonada butun idish qoladimi qizim, hammasini cheti uchib ketadi-ku. Qiz bola yumushlarni taraq-turuq, shaqir-shuqir qilmay bajaradi. Tunov kuni senga nima degan edim. Gaplarim havoga uchib ketdimi? – so‘radi buvisi.
– Ha, qandaydir farishtalar haqida ayt­gan­dingiz.
– Ana ko‘rdingmi, gaplarimga diqqat qilganingda, bugun yana gap eshitmasding.
Zuhra esa erinchoqlik bilan, istamaygina idish-tovoqlarni yuvishda davom etdi. Buvisi uning harakatlarini kuzatar ekan, boshini sarak-sarak qilgancha nevarasiga kechagi gaplarini takrorlashni lozim topdi.
– Qizim, o‘zing oydek qizsan, faqat biroz dangasaroqsan-da! Tozalanmagan uy­lar­­­dan, idishlari yuviqsiz xona­don­lardan farishtalar qochadi. Ular ozoda, sarishta, fayz­li xonadonlarga kiradi. Gar­chi bizning ko‘zimizga ko‘rinish­masa-da, farishtali uyning fayzi o‘zgacha bo‘ladi. Ana, opangni qa­­ra, u oshxonada navbatchi bo‘lgan kuni hammayoq saranjom, joy-joyida bo‘ladi.
– U mendan katta-da buvijon, shuning uchun men­dan ko‘proq ish qilishi kerak.
– Yo‘q, sizlar baravarsizlar. Bo‘y-bastingiz, aqlingiz ham bir xil. Faqat sen “Men kichkinaman”, deb hammamizni shunga ishontirmoqchi bo‘lasan. Seni ham aql-u hushing Fotimanikidan kam emas. Biroz qunt qilsang, darslarda ham, uy ishlarida ham opangga yetib olasan.
– Shu ishlarni oyimga aytsangiz bo‘lmaydimi, buvijon,– dedi Zuhra.
– Oying ham ishdan charchab kelgan, buning ustiga ukangga dars qildiryapti. Ikkita dastyor qizi bo‘la turib, oying idish yuvadimi? Oyingga ham, menga ham bu ishlar hech gap emas, birpasda qilib qo‘yamiz. Lekin sizlar o‘rganinglar deb qilmaymiz-da, qizim. Ana, o‘tgan oyda Fotimaning qorni og‘rib, shifoxonaga tushib qoldi, 3-4 kun uyda bo‘lmadi. O‘shanda kimning qanday ish qilishi yaqqol ko‘rindi. Hovli supurilmagan, hammayoq chang, oshxonani-ku aytmasa ham bo‘ladi. Hatto, dadang oying bilan meni urishib berdi.
– Buvijon, aldamang, dadam sizni he­cham urishmaydilar.
– To‘g‘ri, dadang meni urishmaydi. Le­kin changlarni ko‘rib, “Zuhrani ham ishga solinglar, Fotima shifoxonadan chiqsa, 3-4 kun parvarish kerak bo‘ladi”, – dedi.
– To‘g‘ri, buvijon, o‘shanda rosa qiynal­gandim. Endi Fotimasiz bir o‘zim nima qila­man, deb o‘ylaganman. Lekin oyim Fotimaning o‘rniga yordamlashib yuborganlar.
– Shunisi noto‘g‘ri-da, oyingni ko‘ngli bo‘sh, darrov senga rahmi keladi. Lekin sen katta bo‘lib qolding, o‘zing ulgurishing kerak, – dedi Arofat buvi nabira qizini bag‘riga bosib, peshonasidan o‘pib qo‘yarkan.
Zahro HASANOVA


Download 73.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling