Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi 10-a sinf


Download 74.4 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi74.4 Kb.
#1037663
Bog'liq
o\'zbekiston

Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi 10-A sinf

  • Bugun bizga nafaqat keksa avlod balki oʻrta avlod vakillari ham havas qilishadi. “Sizlar dorilamonlikning bolalarisiz. Bunga shukronalik keltiring. Va sizga shunday imkoniyatlar eshigini ochib bergan davlatimiz, xususan Prezidentimizga sidqidil xizmat qiling. Ularni asrab-avaylang”, deya uqtirishadi.
  • Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida bosib oʻtgan yoʻlimizga bir nazar tashlamoqlik joizki, zero qiyos dilga shukronalik soladi, bugunning qadriga yetib, ertaning omonligi uchun qaygʻurishga oʻrgatadi.
  • Mustaqillikdan oldin yurtimiz aholisining asosiy oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, goʻsht, sut va qandolat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji import hisobidan qoplangan. Hozirgi vaqtda esa bunday tovarlarning qariyb hammasi mamlakatimizning oʻzida ishlab chiqarilyapti. Yoki endilikda fermer xoʻjaliklari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 90 – 92 foizini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy harakatga va yetakchi kuchga aylanib borayotir.
  • “Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi yoʻnalishi “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan. Oʻzbekistonda mustaqillikning ilk yillaridanoq respublika hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning anʼanaviy, madaniy merosini qayta tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda turli millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil-inoq yashab, samarali mehnat qilib kelmoqdalar. Turli millatlar oʻrtasida oʻzaro mehr-oqibatni yana-da mustahkamlashga davlat tomonidan alohida eʼtibor qaratilmoqda.
  • Yangi O'zbekiston — bu oddiy balandparvoz jumla emas, bu — ishonch. Kelajakka bo'lgan yaxshi umid. Xalqimizda «Hamma narsa niyatga bog'liq», degan ajoyib naql bor. Bu ham niyat — yaxshi va ezgu niyat. Lekin ko'zimiz tushgan muammoga «mana sizga yangi O'zbekiston!» deb gapiraversak, fikrlarimiz va so'zlarimiz kabi eski bo'lib qolaveramiz. Hamma narsaga birdaniga erishib bo'lmaydi. Inson tug'ilgan zahoti o'qishni bilmagani, universitetga kirgan zahoti ishli bo'lmagani kabi hamma narsaga vaqt va tajriba kerak. 5 ta barmoqni birdaniga og'izga tiqmasdan, kimdir uni, kimdir buni yomonotliq qilmasdan, yaxshi niyat bilan hamma harakat qilsa, yangi va rivojlangan O'zbekiston qura olamiz. Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaymiz!

Download 74.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling